Ilmiy texnika taraqqiyotini faqat fan va texnika yutuqlari majmui tarzida tushunish yaramaydi. Chunki bunday tushunish jamiyatning rivojlanish jamiyatning rivojlanish mezonlarini hisobga olmagan holda bo‘ladi. Bu tabiat va jamiyat va uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar salbiy oqibatlar fan va texnikaning ijobiy natijalardan ortib ketsa, u holda ijtimoiy tabiiy taraqqiyot muvozanati buziladi. A.Tolstoy “Nimani farovonlik deb atash mumkin?” degan savolga javob berib qo‘yidagilarni yozgan edi: Yo‘l xizmatini yaxshilash, kitoblar nashr etib tarkatish, ko‘chalarni charag‘on qilish, kambag‘al, beva-bechoralar, qariyalarg‘a xizmat qiladigan uylarni kupaytirishmi yoki tabiatning ibtidoiy boyliklari- urmon,
balik, yovvoyi kushlar, jismoniy rivojlanish, axlokiy soflik yoki boshqa narsalarmi? Insoniyat hayotning barcha tomonlariga extirossiz munosabatda bo‘lgan inson hayotining bir tomonlama taraqqiyoti xamisha uning boshqa tomondan tanazzuli hisobiga bo‘lishini kuzatishi mumkin. Bu fikrlar aytilganda ham atom bombasi kashf etilmagan va qo‘llab ko‘rilmagan edi. Demak, insoniyat o‘z taraqqiyoti yo‘lida xech qanday ziddiyatlarsiz kamolot sari to‘g‘ri ketavermas ekan.
Ekologik tanazzulning sinfiy ijtimoiy sabablari mavjudligi insoniyat taraqqiyoti an’anaviy modellar asosida etavermasligi kerak, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ammo tabiat va insoniyatning ko‘pgina qismi taraqqiyot evaziga qurbon bo‘lishi mumkinligining tasdiqlanganiga hali unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bombalar tashlanishi, urushda texnik vositalarning qo‘llanishi, texnika bilan bog‘lik fojialar, AES halokati va boshqalarni eslab ko‘raylik. Taraqqiyot evaziga qurbon bo‘lishi nafaqat ma’naviy xo‘rlik, balki ma’nosiz va foydasiz yashash demakdir. Insoniyat bugungi kunda taraqqiyot yo‘lidan ketayotgani haqida da’vo qilar ekan, ammo, aslida bu taraqqiyot unga hali o‘zi o‘ylagandek farvonlik, tinchlik, baxt keltirganicha yo‘q, aksincha, uni global tanazzul holatiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu muammoni oshkora muxokama etmaslik, hal etishga harakat qilmaslik halokat yo‘lini tanlash demakdir. Moddiy farovonlik yoki taraqqiyot evaziga tabiatni qurbon etishning oqibati boshi berk ko‘chaga kirib qolish bilan barobar.
Bu esa, moddiy farovonlikka emas, balki iqtisodii tanazzulga va insonning ahloqiy jixatdan buzilishiga, shaxs yaxlitligining parchalanishiga olib keladi. XX asrda insoniyat ma’lum bir o‘sishlarni kurdi. Ijtimoiy hayotda majburiylik, zo‘rlik va xuemdorlik asta-sekinlik bilan bulsa-da, o‘rnini erkinlik va o‘z-o‘zini an6glash holatiga bushatib bermoqda. Ammo ekologik tanazzul ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi ma’nosi yanada to‘ldirilishi tug‘rirogi, u ijtimoiy tabiiy taraqqiet tushunchasi bilan almashtirilishi kerak.
Ijtimoiy tabiiy taraqqiyot tushunchasida inson va tabiatning birgalikdagi tarakkiyoti nazarda tutiladi. Evolyusiyaning tabiiy-ilmiy konsepsiyasini inson va tabiatning o‘zaro munosabatlariga ham qo‘llash o‘rinlidir.
Ijtimoiy tabiiy taraqqiyotning tarkibiy qismiga qo‘yidagilar kiradi:
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot;
iqtisodiy taraqqiyot (ishlab chiqarish ko‘satqichlarining o‘sishi ma’nosida);
shaxs taraqqiyoti (insoniy sifatlarning rivojlanishi doirasida);
tabiiy taraqqiyoti (insonni o‘rab turgan atrof-muxit holatini nazarda tutgan holda.)
Buyuk olim V.I.Vernadskiy tabiiy muxitning rivojlanishi va insonning er tabiati (biosfera) ga ta’sirining ilmiy-nazariy g‘oyasini ishlab chiqqan edi. U birinchi bo‘lib tirik moddaning “sayyoraviy-samoviy hodisa” ekani haqida gapirib, uning geologik kuch, “faol moddiyat” tarzidagi mohiyatini ochib beradi. Olim fikricha, Erni o‘zgartiruvchi bosh omil, bu- hayotning o‘zidir. Bundan tashqari, u insoniyatga sayyora biosferadagi qudratli, butun vaqt davomida ortib boruvchi o‘ziga xos alohida unsur (element) tarzida karaydi. SHuningdek «aql qatlami» (noosfera)ga o‘tishning muqarrarligi, ya’ni insonning tabiatga ta’sirini boshqarish mumkinligini oldindian ko‘ra bilgan. Olim bora-bora inson tabiatning «tayyor» mahsulotlariga bog‘lik bo‘lmagan jonzotga aylanishi g‘oyasini ilgar suradi35.
Insoniyat sekin-astalik bilan aql qatlamiga kiradi, to‘g‘rirog‘i, uning o‘zi «aqlga aylanib ketadi». Ehtimol, aql tomonidan yaratilgan hozirgi hayvonot bog‘lari aql qatlami-noosferada yashaydigan dastlabki erliklardan kelajak uchun sovg‘adir. Inson yaratgan «aql qatlami» ya’ni biosferadagi jarayonlarning aqlan boshqarilishi biosfera taqdrining yangi tarmog‘i aynan inson tufayligina tabiat uzining kelgusi taraqqiyotining omiliga ega bo‘ladi. Insonsiz tabiatning etarli darajada taraqqiy etishi mumkin emas.
Inson asta sekinlik bilan nafaqat o‘zi yashayotgan erning rivojiga, balki butun Koinot miqyosidagi xayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bugungi kunda katta quvvat manbay, tegishli
moddalar, axborotlar to‘plangan. Akl kuchi, fan, texnika sayyoramizda uzluksiz ravishda insoniyatga xizmat qilmoqda. Lekin afsuski, har qanday texnika, har qaysi fan Erning o‘z-o‘zini tiklash quvvati va imkoniyatini uning o‘zichalik amalga oshira olmaydi. Gap shundaki, inson akli erishgan muvaffaqiyatlaridan oqilona foydalana bilish ekologik muammoni hal etishda muhimdir. Inson aklining tabiat va jamiyatga ta’sirining kuchayishi uning tabiiy jarayonlarga aralashuvi oqibati, o‘z avlodlari xayoti uchun, insoniyat kelajagi uchun mas’ulligini yanada keskin qilib qo‘yadi. Aql qatlami deyilganda ham inson aqli bilan o‘zgartiriladigan va boshqariladigan zaminiy-sayyoraviy hamda samoviy bo‘shlik tushuniladi. Bu aql insoniyatning har tomonlama rivojlanib, kamol topishini kafolatlaydi. SHuning uchun ham insoniyat ko‘plab muhim bioqatlama jarayonlarining tabiiy kechishini ta’minlashni, ularni nazorat qilib,
«sozlash»ni o‘z zimmasiga oladi. Agar, akl va texnika kuchida ularga zarur bo‘ladigan donishmandlik, yuksak ahloqiy, ekologik ong rivoji namoyon bulsagina Erning biosfera «aql qatlami noosferaga » aylana oladi. Buning uchun esa inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitini butunlay o‘zgartirish, uyg‘unlikning tanasi uchun ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratish kerak. O‘shandagina uzluksiz rivojlanish uchun kafolat yuzaga keladi. Ammo chukur ekologik ong ayni shu kunlarda juda zarurdir.
Ekologik ongsiz bioqatlamning aql kuchi jilovlanmagan kuch-qudrat misoli goh u yoqqa, goh bu yoqqa «sang‘ib» qoladi. Ekologik ong sohibi bo‘lmish inson esa ishonch ila oldinga zintiladi. Ekologik ong harakatning barqarorligi va yo‘nalganligini, aql kuchi xarakat sur’atini, hammasi birgalikda esa taraqqiyot tezligini ta’minlaydi.
Inson ekologiyasi36.
Inson ekologiyasi odamlarni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat qonuniyatlari, aholi sonining ortib borishi, sog‘liqni saqlash va yaxshilash, insonning fizik va psixik imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Inson ekologiyasining muhim vazifasi aholi sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilashning tabiiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Inson ekologiyasi oldida uchta vazifa turadi:
ITG bilan birgalikda tabiiy muhitni bir butun holda saqlab qolish;
Aholi salomatligi;
Kishilarning uzoq yashashi va faol hayotini ta’minlash.
Ilmiy texnik inqilob inson bilan biosfera o‘zaro masalasini nihoyatda dolzarb muammoga aylantirdi. Biossferaning tarkibiy qismi hisoblangan har bir tirik organizm morfologik, fiziologik va xulqiy tomonlari bilan tashki muhit bilan xayratlanarli darajada uyg‘unlik organizmning yashash muhitiga moslashishi natijasidir. Moslashish qanday namoyon bo‘ladi? Moslashish organizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud bo‘lishi jarayonlarini muammo qilib qo‘yadi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi dunyo tirik organizm oldiga ma’lum muammolarni ko‘yadi. Tirik organizm yashashi, ya’ni o‘sishi va rivojlanishi uchun, sog‘lom avlod qoldirishi uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak bo‘ladi.
Moslashish jarayoni cheksiz va to‘xtovsizdir. Ammo tirik organizm tabiiy funksiyalari va organlarini takomillashtirish imkoniyatlari cheklanganligini xisobga olish zarur. O‘sish, vazn, tananing umumiy yuzasi, shuningdek, hayot faoliyati jadalligi kabi antropologik ko‘rsatkichlar, nafaqat biologik qonuniyatlar asosida cheklanib qolmay, balki, gravitatsion, energetik, termik va boshqa iqlim geografik, geofizik omillar bilan ham cheklanadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, issiq qonli hayvonlar tana o‘lchami iqlim bilan bog‘lik bo‘lishi mumkin. (Bregman qoidasi).
Antropologlarning fikricha, odam evolyusiyasi to‘xtagan, genotipik nuqtai nazardan o‘zgarmaydi, ammo tabiiy va ijtimoiy omillar ularning morfofunksional o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin. Inson rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’sir etadi. Inson ekologiyasi umumlashtirsak u tabiat bilan ijtimoiy muhit orasidagi aloqa bog‘lanishlarni hal etishdan iborat. Ushbu bog‘lanishlar aholining salomatlik darajasi va ijtimoiy mehnat potensialini belgilab beradi.
Sof holdagi tabiiy yoki ijtimoiy yo‘q, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Inson va jamiyat ma’lumot va madaniyat, aholining o‘sishi, rivojlanishi va moslashishlari uning kelajagi haqidagi muammolardir.
Odam Er yuzidagi barcha narsaga aql-zakovat, maqsad bilan buysunadigan jonzotdir. Xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyai tufayli uning yashash chegaralari kengayib bormaqda. U yangi xom ashyo, energetik resurslarini, qidirish borasida dengiz va okenlarni, shimol va Antarktidalarni, baland tog‘ cho‘qqilari, suvsiz cho‘llarni, stratosfera va kosmik fazoni zabt etayapti. Shu bilan birga yangi tabiiy va ishlab chiqarish jarayonida, u tashqi muhitning noqulay duch kelmoqda.
Odam populyasisining salomatlik xolati faqat tibbiy biologik nuqtai nazardan emas, balki iqtisodiy kategoriya ham xisoblanadi. Aholini ko‘chib yurishining ortishi Sibir, Chekka Shimol, Uzoq Sharq, baland tog‘ kabi xududlarni tez egallamoqda. Natijada odam organizmining boshqaruv organlari doimo zo‘riqqan holda ishlamoqda. Yangi sharoitda odam bilan tabiat o‘rtasidagi muvozanatni uyg‘unlashtirishda tibbiy biologik fanlar oldida o‘lkan vazifalar to‘ribdi. Kasalliklarni oldini olishdan tashqari, hozirgi avlodni saqlash va mustahkamlash hamda kelajak avlodni sog‘lig‘igi kafolat berish bo‘ladi. Shu bilan birgalikda tabiiy muhitning etik- estetik tomonlarini ham hisobga olish kerak. Har bir kishi uchun o‘rmonlar, gullab turgan o‘simlik, inson qo‘li tegmagan landshaftlar ilhom baxsh etadi. Hozirgi sharoitda shaharlar va uning aholisi jadal o‘smoqda, qishloq xo‘jaligi uchun har kuni biosfera holatini yaxshilash
haqida qayg‘urishi lozim.
Fan-texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta’siri ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Fan va texnika yutuqlarini xo‘jalik faoliyatiga tadbiq etishda jamiyat va tabiatning uyg‘un holda rivojlanish talablari e’tiborga olinmasa, salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Fan-texnika taraqqiyotining tartibsiz, boshqarib bo‘lmaydigan rivojlarishi natijasida insoniyat shunday chegaraga etib keldiki, chang-tutun va nur kassaligi, turli toksik, allergiya, endokrin va ijtimoiy chegara bilmaydigan patalogiyaning boshqa turlari bilan bog‘liq xastalilar xavfi ko‘ndalang bo‘lib turibdi.
Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlarning ba’zi oqibatlari mutagen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta’sir ko‘rsatishi g‘oyat tashvishlidir. Birgina AQSHdagi sanoat korxonalari va atom stansiyalari har yili tabiatni yuzlab tonna radiaktiv chiqindilar bilan bulg‘anadi.
Ajal urug‘lari bo‘lmish bu moddalar yillab axlatxonalarda yotadi. Ko‘pgina hollarda zaharli chiqindilar yomg‘irlar yuvilib, saqlanish joyidan daryolar quduqlarga sizib o‘tadi va toza ichimlik suvini zaharlaydi. Bu esa aholi uchun xavf-xatar tug‘diradi.
G‘arbiy Evropa va Amerikadagi taraqqiyparvar kishilar tabiatni asrab-avaylash uchun kurashadilar. Chunki ular odamlarning sihat-salomatligini ko‘p jihatdan tashqi atrof-muhit holati darajasiga bog‘liq ekanini yaxshi tushunadilar.
Tabiatni muhofaza etish bo‘yicha dunyo miqiyosida bir qancha uyushmalar mavjud. Masalan Germaniyadagi «yashillar» partiyasi tabiat muhofazasi, yadro sinovlarini taqiqlash, qurollanish poygasini to‘xtatish uchun ko‘rashadi. Ularning bu qurashlari taraqqiyparvar kishilar tomonidan qo‘llab-quvatlanadi. Qolaversa, ijtimoiy jarayonlarning umumiy ekanini, ekologik tanglikning yagonaligini, sivlizatsiyaga xos xastaliklarning ko‘paygani, ijtimoiy va tabiiy moslashuv muammolarini ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomida salomatlik «to‘la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy holati» tarzida ta’riflanadi. Salomatlik–yuqori ijtimoiy faollik, mehnatni o‘zlashtirish va uning samaradorligini oshirish, ijtimoiy munosabatlarni taomillashtirish shuningdek, ijtimoiy va texnikaviy taraqqiyotning muhim asosi hisoblanadi. Salomatlik–har bir inson baxt-saodati, to‘laqonli ijtimoiy foydali faoliyatining zaminida yotadi. Haqiqatan ham, salomatlik borasida g‘amxo‘rlik qilish yuksak ijtimoiy qadriyatlardan biridir. Salomatliksiz inson ham, jamiyat ham o‘z maqsadlariga erisha olmaydi. Biosferadagi barcha jarayonlar o‘zaro bog‘liqdir. Insoniyat biosferaning kichik qismi bo‘lsa, inson esa organik hayot turlaridan biridir. Biosfera holatining yomonlashuvi barcha tirik majudotlar, shu jumladan inson uchun ham xavflidir. Inson va uning
atrof-olam bilan munosabatini har tomonlama o‘rganish shuni tushunishga olib keldiki, salom atlik-bu nafaqat kasallikning yo‘qligini bildiradi, balki u insonning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xotirjamligidir. Salomatlik-tuman boylik. Bizga salomatlikni tabiat ato etgan. Ammo u biz yashayotgan shart-sharoitga juda bog‘lik. Shaharlarning eng muhim xususiyatlaridan biri, uni aholisining soni va uning o‘ziga xos tomanlari ya’ni sanoat, savdo, ma’muriy markaz (talabalar shaharchasi) hosil qiladi. BMT ning ekspert demograflarining fikricha aholi soni 20 mingdan ortiq bo‘lgan aholi punktlari shahar deb qarash kerak. Bu albatta shartlidir. Hozirgi davrda yirik shaharlar, kengayib, o‘zgartirilib, yirik aglomeratsiyalar yoki megapolislar hosil qilmoqda. Ular ham o‘sib bormoqda. Agarda aholini soni zaylda o‘sishi davom etsa, er yuzi aholisining umumiy soni 150-200 yildan sung 1 km metriga 6500-7000 kishiga tzg‘ri keladi, yoki boshqacha qilib aytganda barcha er yuzi shaharlar bilan egallab olinadi. Bundan keyingi o‘sish esa 700 yildan so‘ng er shari aholisi bir–biriga tizig holda tik turishi mumkin. Albatta bularning hammasiga shartli ravishda qaralishi keorak. Ma’lum davrda sayyoramizda aholining o‘sishi to‘xtashi yoki shaharlar ozgina to‘xtashi mumkin. Shaharlar doimo biror jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari dajarasini ifodalagan, shahar jamiyat va davlatning yuzi va unda qandaydir darajada uning harakterli xususiyatlari mujassamlashgan. Urbanizatsiya tarixiy jarayon, uning ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy munosabatlari shakllari bilan chambbarchas bog‘lik. U mavjud shahar va qishloqlarning rivojlanishi yangi va sanoat, transport, qy-joy qurilishi, yalpi kommunikatsiyalar, madaniy-maishiy turmush xizmatlarnig tizimi tub o‘zshgarishlar bilan bog‘lanib ketgan. Urbanizatsiya - ko‘p qirrali jarayon u jamiyatning kuchlari, ilmiy potensial, mehnat unumdorligi, jamiyatning sinfiy va malakaviy tuzilmasi, aholining iste’molchilik va hizmat ko‘rsatish kabilarga katta ta’sir etadi.
Urbanizatsiya – XX asrdagi inqilob bilan chambarchas bog‘liq. Ammo urbanizatsiyaning jadalligi, shakl va harakteri jamiyatning ijtimoiy tuzumiga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish, irrigatsya va o‘g‘itlardan foydalanish kabilar, qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish mahsuldorligini keskin oshiradi. SHaharlarda sanoatning o‘sishi maishiy hizmat darajasini ortiradi, qishloqdan kelayotgan oqimni ish bilan ta’minlaydi.
O‘zbekistonda qishloq aholisi tuman markazlari atrofida to‘planmoqda. Ularni odatda kichikshahar tipidagi posyolkalar deyiladi. Tuman markazlari posyolkalarni (tashkil va xizmatlar) barcha qishloq joylarni qo‘shib olgan holda bajariladi. Bunday aholining joylashish tipi respublika aholisi joyini o‘ziga xos tizimini tashkil etadi.
Hozirgi vaqta respublikada 120 shahardan 89 tasi aholi salkam ya’ni 50 ming qishidan iborat kichik kategoriyadagi 14 tasi o‘rtacha (50 mingdan 100 mingtacha); 13tasi yirik (100 mingdan 250 mingtacha). 3tasi ko‘p sonli (250 ming kishidan 500 mingtacha); Respublika poytaxti Toshkent shahri yirik markaz hisoblanib, uning aholisi 2,2 mln. kishidan ortiq. XIX asr o‘rtalarida atiga 4 ta « millioner shahar bo‘lgan edi. 1920 yilga kelib 25 ta, 1950 yilda 90, 1960 yil 140, 1970 yil 150 dan ortiq shaxarlar paydo bo‘ldi. 1920 yildan 1960 yillarda er yuzi aholisi 61 % ga o‘sdi, shaxar aholisi 200%, yirik shaharlar esa 250 % o‘shdi.
Aholi soni 1 mln. dan ortiq shaharlar aholisining o‘sishi 1950 yildan 2015 yilgacha
8.1-jadval
Mintaqalar
|
|
1 mln ortiq aholisi bo‘lgan shaharlardagi aholi soni
|
1950
|
1970
|
1990
|
2015
|
Afrika
|
3
|
16
|
59
|
225
|
Lotin Amerika
|
17
|
57
|
118
|
225
|
Osiyo
|
58
|
168
|
359
|
903
|
Evropa
|
73
|
116
|
141
|
156
|
Shimoliy Amerika
|
40
|
78
|
105
|
148
|
Shunday qilib, shaharlar sonining ortish qonuniyat hisoblanib, 5-6 ming yil orasida
insoniyat harakterli xususiyat bo‘lib qoldi.
Tarix, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, IIT, urbanizatsiya kabilar bir butin holda tezlashib ketadi. Bugungi kunda uning jadalligi maksimal darajaga etdi deyish mumkin. Xo‘sh bunday o‘sishning sababi qanday?
Shubhasiz birinchi navbatda iqtisodiy rivojlanishdir. Iqtisodiy rivojlanish asosida ishlab chiqarish yiriklashtirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni o‘sishi yotadi. Shahar hozirgi davrda sivilizatsiya xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, sanot va iqtisodiy bir butin yiriklashishga yiriklashishga olib keladi. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan yirik shahar kichik shaharga nisbatan ancha afzal, chunki birgalikda energetika, transport, vodoprovod va kanalizatsiya foydalanish, ishlab chiqarish birlashmalar sanoat va fuqaro qurilishlarini yiriklashish yo‘lidagi baza hisoblanadi. Shunday qilib, hoziri davda sayyoramizda deyarli yarmidan kupi shaxarlarda yashaydi. Yirik shaxarlar odamlar uchun yuqori hayot darajasi, ya’ni xil-xil ish faolyatini tanlash va egallash imkoniyatlari, ta’lim olish va mustaqil ta’lim, moddiy o‘sish, dam olish jarayonlari bilan ta’minlaydi. Umuman olganda hozirgi davr ishlab chiqarish texnikasi, irrigatsiya va o‘gitlar, kimyolashtirish darajasi 5-10% aholi, qolgan 90-95% aholini boqish mumkin. Rivojlangan barcha mamlakatlarda XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida shaxarlarda 90% aholi istiqomat qiladi. Urbanzatsiya-ob’ektiv zaruriyat xisoblanib, jamiyatning ehtiyojidan kelib chiqqan, Ijtimoiy tarixiy qudratli dvigatelidir. Ammo ushbu jarayonning salbiy tomonlari ham mavjud. Ijtimoiy munosabatlarni ob’ektiv rivojlanishi uchun sharoit yaratsa, ikkinchi tomondan, antropogen tazyiq ta’sirida ekologik vaziyatni yomonlashuvi tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada urbanizatsiyalashgan muhitning ifloslanishi (sanoat, transport, maishiy turmush chiqindilari, oqova suvlar, avtotransportlardan chiqayotgan gazlar, zaharli kimyoviy moddalar, radioktiv chiqindilar va hokazolar) kuchayadi. Shubxasiz yirik shaharlar ekologik nuqtai nazaridan qulay emas, aksincha zararlidir.
Tabiatdan uzoqlashish;
Uy-joy tanqisligi;
Ishsizlik;
Ocharchilik;
Nevrozlar;
Nerv-pisixik kasalliklar; Shovqin;
Avtotransport (ifloslanish)smog; Transport ta’siridan shikastlanishlar.
Odamning tabiatini o‘rganish kerak. Biosferada moddalar va energiya almashinuvi- sun’iylikdan tabiiylikka yaqinlashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |