kuchlari ortadi;
v) eng mayda chang zarrachalari bir-biriga yopishib. yirik zarrachalarni hosil qiladi;
g) zarrachalar o‘z sathlariga tashqi muhitdan ionlarni, molekulalarni, suv bug‘larini singdirib, ularni jamlanishiga sabab bo‘ladi;
bunday zarrachalardan har xil belgili zaryadlar paydo bo‘ladi;
aerodispers tizim yorug‘likni kuchli tarqalishiga sabab bo‘ladi; Zarrachalar katta-kichikligiga qarab ikki hususiyatga ega bo‘ladi:
muallaq osilib turish va tez cho‘kish hususiyatiga ega bo‘lganlar;
nafas yo‘llariga kirish hususiyatiga ega bo‘lganlar.
Masalan, zarrachalar diametri 10-100 mkm ga teng bo‘lsa ular uzoq vaqt
mobaynida osilib tura olmaydi, ular tez cho‘kadilar. Zarrachalar diametri 10-0.1 mkm gacha bo‘lsa inson salomatligiga ancha xavf tug‘diradi. Ular havoda ancha turib qoladi. nafas yo‘llari orqali o‘pka alveolariga tushadi. uning chuqur joylariga etib boradi va o‘zining zararli ta’sirini ko‘rsatadi.
Sanoati rivojlangan katta shaharlar va sanoat markazlarining atmosfera havosidagi chang, tutun, qurum va tumanlar ba’zi vaqtlarda quyosh nurlarini to‘sib er yuziga ultrobinafsha nurlarini o‘tkazmay qo‘yadilar.
Ultrobinafsha nurlarning er yuziga etarli darajada etib kelmasligi o‘z navbatida turli kasalliklarga ayniqsa bolalarda raxit kasalini keltirib chiqaradi.
Katta shaharlardagi atmosfera havosi tarkibidagi chang miqdori har xil bo‘lishi shaharni obodonlatirishda, daraxtlar va o‘rmonlarning bo‘lishiga. sanoat korxonalarning katta-kichikligiga hamda ularni shahar hududida joylashishiga bog‘liqdir.
F.F.Erisman nomidagi ilmiy-tadqiqot instiuti bergan ma’lumotga qaraganda. havodagi yillik o‘rtacha chang miqdori dalalarda 1 m
3 havoda 0.01 mg, turar joylarda 0.12 mg, shahar markazida 0.13 mg, sanoat korxonalari joylashgan joylarda 0.15 mg ga teng bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonning yirik shaharlar va sanoat markazlarida atmosfera havosining ifloslanishi asosiy muammolardan biri hisoblaniladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlili shuni ko‘rsatadiki. 1999 yilda atmosferaga chiqarilgan chiqindilarning umumiy hajmi 2296900 tonnani tashkil etadi, undan 776900 tn. yoki 34% chiqindi turg‘un manbalarga to‘g‘ri keladi. 1999-2004 yillar mobaynida. Atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning umumiy hajmi 14.8% ga yoki 1957400 tn. ga qisqargan. Bu asosan sanoat va energetikaning sektorlarida ba’zi qisqarishlar, rekanstruksiya va qayta shakllanish o‘tkazilishi hamda havo muhofazasi bo‘yicha tadbirlar bajarilishi bilan izohlaniladi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi bo‘lgan sanoat ob’ektlari Toshkent 42.7%, Qashqadaryo 14.6%, Buxoro 10.9%, Navoiy 8.1%, Farg‘ona 6.8% viloyatlarda jamlangan.
Sanoat salohiyati eenergetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft – kimyo sanoati, gaz sanoati, neftni qayti ishlash zavodlari, sement va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar ob’etalaridan iborat.