Internet saytlar:
www.lex.uz - ЎзР Адлия вазирлиги сайти.
www.bilim.uz - ЎзР Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги сайти.
www.mintrud.uz – ЎзР Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлиги сайти.
http://www.kornienko-ev.ru/BCYD/index.html.
http://bezhede.ru/
http://etuit.uz/
http://ziyonet.uz/
8-MAVZU: FAN TEXNIKA TARAQQIYOTI VA EKOLOGIYA
Reja:
Tabiat va jamiyat tizimi.
Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya.
Ekologik siyosat va ekologik iqtisodiy barqaror rivojlanish.
Ekologik muammolar va ularni hal etishda fanning ahamiyati.
Texnika va inson salomatligi.
Ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri.
Tayanch iboralar: tabiat, jamiyat, atof muhit, ishlab chiqarish, tabiiy omillar, ekologiya siyosat, tabiiy resurslar, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, zamonaviy texnika va texnologiyalar, urbanizatsiya, antropogen ta’sir, ilmiy texnik taraqqiyot, inson ekologiyasi, moddiy forovonlik, ekologik tanazul, noosfera, moslashish, odam populyasiyasining salomatligi, biologik moddalar aylanishi.
Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muammosi bugungi kungakelib, nihoyatda kuchayib ketdi. Tabiat bilan inson o‘rtasidagimunosabatlar ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysungan holda boradi. Ushbuqonuniyatlarning buzilishi ekologik halokatga olib keladi. Fan vatexnikaning rivojlanish jarayoni tabiiy muhitni tubdan o‘zgartib yubordi33.
Mineral va yoqilg‘i resuslari kamayib, biosferaning ifloslanishi vabuzilishi kuzatilmoqda. Ana shularning o‘rganuvchi yangi fan atrof muhit vainson salomatligi fani vujudga keldi. Insoniyatning rivojlanishishunday davom etsa, ekologik halokat ro‘y berishiga olib keladi. Bundabizni nimalar kutmoqda.Ekologik halokat ro‘y berishi muqarror. Ushbu savollarga shubhasizatrof muhit va inson salomatligi fani javob berishi mumkin. Chunkiuning ob’ekti jamiyat-tabiat-inson tizimi hisoblanadi. Predmeti esaushbu tizimni rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
Atrof muhit va inson salomatligi fanining maqsadi aholi orasidaekologik dunyoqarash, shaxsni ekologik tarbiyalash orqali jamiyatda ekologikmadaniyatni shakllantirishdir va inson salomatligini mustaqkamlashdir. Tabiyat bu moddiy jismlar realliklar majmuidan iborat bulib, ular jamiyat negizini tashkil etadi va o‘rab turadi. Jamiyat-odamlar ishlab chikarish, iqtisodiy- madaniy tashkilotlarning o‘zaro ta’sirlari murakkab tizimlardan iborat.
Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’sirlari dastlab odamning shakllanishi jarayonida kelib chiqdi. Ular o‘rtasidagi munosabat dastlab oddiy, biologik moddalarning aylanishidan iborat edi. Odamning tabiatga qaramliligi juda yuqori darajada bo‘lib, unga ta’sir etish juda sezilarsiz bo‘lgan. Keyinchalik markaziy nerv sistemasining tez rivojlanishi natijasida odamning mehnati va ish faoliyati murakkablashib va takomillashib bordi. U asta-sekin tashki muhitdan to‘g‘ridan- tug‘ri bog‘lanishlari ozod bo‘la boshladi. Shu bilan birga tabiatga ta’siri kuchayib bordi.
Tabiatning odamga ta’siri. Tabiat jamiyat rivojlanishining doimiy sharoiti bo‘lgan va bunda keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bunda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari
o‘zgarishi kuzatilgan, hamda tabiatning roli ham o‘zgargan. Shuni ta’kidlash lozimki jamiyatning rivojlanishida tabiiy resurslar o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Tabiiy sharoit jamiyatning rivojlanishi tezlashtirishi yoki sekinlashishi mumkin. Ammo u xech qachon ijtimoiy munosabatlarni o‘zgarshi uchun sabab bo‘laolmaydi. Ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra jamiyatning rivojlanishida geografik muhit muhim rol o‘ynaydi deb qaraladi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |