Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613





 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
 
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT 
 AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
Nishonboev T.N., Usmanova N.B.  
 
 
 
 
 
 
 
 
TAQSIMLANGAN TIZIMLAR 
 
O’quv qo’llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 2018 
 



 
Mualliflar: T.N. Nishonboev, N.B. Usmanova 
“Taqsimlangan tizimlar”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: TATU. 2018. ____b. 
Referat 
AXBOROT,  ARXITEKTURA,  INTERNET,  MA’LUMOT,  MA’LUMOT 
UZATISH  TARMOQLARI,  TARMOQ  TEXNOLOGIYALARI,  DASTURIY 
TA’MINOT, TARMOQ ARXITEKTURASI, AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA 
TARMOQLARI,  TELEKOMMUNIKATSIYA  TARMOQLARI,  DASTURIY  – 
KONFIGURATSIYALANADIGAN 
TARMOQLAR, 
INFRASTRUKTURA 
SATHI,  BOSHQARUV  SATHI,  ILOVALAR,  ILOVALAR  SATHI,    TARMOQ 
RESURSLARI,  TARMOQ  XIZMATLARI,  TARMOQ  OPERATORI,  MODEL, 
MODELLASHTIRISH, PROTOKOL, INTERFEYS, OSI MODELI, OPENFLOW 
PROTOKOLI, 
TAQSIMLANGAN 
TIZIMLAR, 
GRID, 
GRID 
TEXNOLOGIYASI, GRID TEXNOLOGIYASI ASOSIDAGI TAQSIMLANGAN 
TIZIMLAR,  BULUT  TETEXNOLOGIYASI,  BULUT  TEXNOLOGIYASI 
ASOSIDAGI  TAQSIMLANGAN  TIZIMLAR.  SERVISGA  YO‘NALTIRILGAN 
ARXITEKTURA  NEGIZIDAGI  TAQSIMLANGAN  TIZIMLAR,  MA’LUMOT 
QAYTA ISHLASH MARKAZI. 
 
O‘quv  qo‘llanmada  taqsimlangan  tizim  (TT)larning  arxitekturasi  va 
funksional    xususiyatlari,  samarali  ishlashini  belgilaydigan  ko‘rsatkichlar,  TT 
larning  turlari  va  imkoniyatlari,    taqsimlangan  fayl  tizimlarini  tashkil  etish 
tamoyillari  yoritilgan.  Qo‘llanmada  servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura 
konsepsiyasi  hamda  “Grid”  va  “Bulut”  texnologiyalari  negizidagi  taqsimlangan 
tizimlar,  ularda  virtuallashtirish  texnologiyasini  qo‘llash  tamoyillari,  TT 
xususiyatlari  negizida  bulutdi  ma’lumot  qayta  ishlash  markazlarini  yaratish 
mavzulariga alohida urg‘u berilgan. 
O‘quv  qo‘llanma  axborot-kommunikatsiya  tarmoqlari  yo‘nalishida  tahsil 
olayotgan  bakalavr  va  magiistrlar  uchun  mo‘ljallangan,  u  AKT    sohasida  ilmiy-
tadqiqot  ishlari  olib  borayotgan  mustaqil  izlanuvchilarga  ham  foydali  bo‘lishi 
mumkin.  



 
O‘zbekcha va inglizcha  qisqartmalar hamda atamalar 
ro‘yxati 
Belgilanishi 
Kengaytmasi 
AKT 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari 
AT 
Axborot texnologiyalari 
AHX 
Axborot hisoblash xizmati 
BT 
Bulut texnologiyalari 
BT SYTT 
Bulut texnologiyalari asosidagi servisga yo‘naltirilgan 
taqsimlangan tizim 
GT 
Grid texnologiyalari  
GT SYTT 
Grid texnologiyalari  asosidagi servisga yo‘naltirilgan 
taqsimlangan tizim 
DKTT 
Dasturiy konfiguratsiyalangan taqsimlangan tizim 
DKT 
Dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq 
ITT 
Integrallashgan taqsimlangan tizimlar 
MUBS 
Ma’lumot uzatilishini boshqarish sathi 
MUS 
Ma’lumot uzatish sathi 
SYA 
Servisga yo‘naltirilgan arxitektura 
CYTT 
Servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim 
TOT 
Tarmoq operatsion tizimi 
TT 
Taqsimlangan tizim 
TX 
Terminal xizmati 
API 
Application programming interface 
HTML 
Hyper Text  Markup Language
 
HTTP 
Hyper Text Transfer Protocol 
ICMP 
Internet Control Message Protocol 
IP 
Internet Protocol
 
NUMA 
Nonuniform Memory Access 
OSI 
Open System Interconnection 



 
QoS 
Quality of service
 
SCTP 
Stream Control Transmission Protocol 
SDN 
Software Defined Networks 
SIP 
Session Initiation Protocol 
 
TCP 
Transmission control protocol
 
UDP 
User Datagram Protocol 
 
UMA 
Uniform Memory Access 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
Kirish 
Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  ijtimoiy  hayotga 
kiritilishi  yangi  turdagi  xizmatlar  va  murakkab  amallarni  talab  qiladigan 
masalalarni  keltirib  chiqaradi. Bunda  axborotni qayta  ishlash va  uzatish   tizimlari  
murakkab    infokommunikatsiya    majmuasi    bo‘lib,    ularni    boshqarish  va  
imkoniyatlaridan    to‘liq  foydalanishni  ta’minlaydigan    mas’ul  mutaxassislardan 
chuqur bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.  
     Taqsimlangan  tizimlar  yo‘nalishining  tarixi  qisqa  bo‘lishiga  qaramasdan 
bugungi  kunda  juda  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanayotgan  va  yangidan  –  yangi 
g‘oyalar va yondoshuvlar paydo bo‘layotgan yo‘nalish hisoblanadi.  
«Servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura»,  «Grid  texnologiyalari»  va  «Bulutda 
hisoblash»  fanlari  axborot  texnologiyalari  (AT)  sohasining  eng  yangi 
yo‘nalishlaridan  hisoblanadi.  Ularning  imkoniyatlari  asosida  taqsimlangan 
tizimlarni shakllantirish, resurs va xizmatlarini taqdim etish usullarini o‘rganish va 
ular  asosida  yangi  samarali  usullarni  ishlab  chiqish  muhim  ilmiy  va  amaliy 
axamiyat kasb etadi. 
Taqsimlangan 
infokommunikatsiya 
tizimlarini 
ishlab 
chiqish 
va 
rivojlantirishning maqsadli orientatsiyasi hisoblangan global axborot infrastruktura 
(GAI)si  quyidagi  asosiy  funksiyalar  to‘plamini  tavsiflovchi  kommunikatsiya, 
axborotni saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini o‘zida birlashtiradi: 
•  foydalanuvchi  uchun  zarur  bo‘lgan  axborot,  kommunikatsiya  va 
muammoga yo‘naltirilgan xizmatlarni akkumulyatsiyalash va integrallash
•  xizmat  va  tarmoq  resurslariga  personal  murojaatini  vaqt  va 
foydalanuvchining joylashuvidan qat’iy nazar ta’minlash; 
•  qo‘llash,  qurish  va  amalga  oshirishning  tashkiliy-texnik  va  tizimli-texnik 
o‘zgarishlariga ochiqlikni ta’minlash. 
Birlashish  va  o‘zaro  muloqotda  bo‘lish  jarayonlarini    o‘zida  aks  ettiruvchi 
taqsimlangan  tizimlar    komponentalarining  o‘zaro  funksional  ishlashini  tashkil 
qilish  jarayoni  bilan  bog‘liq  jihatlarni  tizimlashtirish,  klassifikatsiyalash  va 
standartlashtirishni amalga oshirilishini talab etadi.  



 
Taqsimlangan  tizim  doirasida  tanlangan  tarmoq  arxitekturasi  amalga 
oshirilishiga bog‘liq turli funksional yo‘naltirilgan elementlar (ob’ektlar) mavjud. 
Elementlar  infrastrukturaning  ham  axborot  qayta  ishlash,  ham  tarmoq  tashkil 
etuvchilariga  tegishli  bo‘lishi  mumkin,  bunda    elementlarning  o‘zaro  ishlashi 
uchun oraliq muhit (oraliq dasturiy ta’minot) kerak bo‘ladi. 
Bugungi  kunda  mavjud  bo‘lgan  oraliq  muhitlar  ochiq,  kengaytirilishi 
mumkin  bo‘lgan  va  barqaror  taqsimlangan  tizimlarni  yaratishga  imkon  beradi: 
buning uchun oraliq muhit taqsimlangan tizim komponentalarining o‘zaro ishlashi 
uchun ularni servislar bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi.  Bu yo‘nalishda yaratilgan 
ilmiy – amaliy ishlanmalarni o‘rganish va yangi usullarini ishlab chiqish axborot –
texnologiyalari sohasiningdolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 
Mazkur  o‘quv  qo‘llanma  ushbu  dolzarb  muammoga  bag‘ishlangan  bo‘lib, 
kirish, 5 ta bob va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismlaridan iborat. 
Birinchi  bob  “Taqsimlangan  tizimlarning  arxitekturasi  va  funksional  
xususiyatlari”,  deb  nomlanib,  uning  bandlarida  taqsimlangan  tarmoq  va 
tizimlarning    ta’rifi  va  tarkibi,  taqsimlangan  tizim  (TT)  -    larning  arxitekturaviy 
xususiyatlari,  TT  oraliq    muhit    (Middleware)  ining  o‘rni  va  axamiyati,  TT 
komponentalarini  Ethernet  va    dasturiy  konfiguratsiyalanadigan  tarmog‘i  asosida 
o‘zaro  bog‘lanish  modellari,  TT  ning  samarali  ishlashini  belgilaydigan 
ko‘rsatkichlar  qatorida  TTlarda  jarayonlar  va  aloqalar,  sinxronizatsiya,  xavfsizlik 
masalalari  hamda    TTlarda  ishonchlilik  masalalari  va  replikatsiya  usullari 
yoritiladi. 
Ikkinchi  bob  “Taqsimlangan  tizimlarning  turlari  va  imkoniyatlari”,  deb 
nomlangan, uning bandalarida mijoz-server texnologiyasi, va R2R texnologiyalari, 
ob’ektga yo‘naltirilgan va Web  – texnologiyalar asosidagi taqsimlangan  tizimlar 
yoritilgan hamda taqsimlangan fayl tizimlarini tashkil etish tamoyillari to‘g‘risida 
ma’lumotlar keltirilgan. 
Uchinchi  bobning  nomi  “Servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura  konsepsiyasi 
asosidagi  taqsimlangan  tizimlar”,  unda  servisga  yo‘naltirilgan  arxitekturaning 
konseptual  modeli,  taqsimlangan  tizimlarni  servisga  yo‘naltirilgan  arxitektura 



 
konsepsiyasi  asosida  shakllantirish  asoslari,  axborot-kommunikatsiya  tarmoqlari 
resurs  va  xizmatlarini  servisga  yo‘naltirilgan  taqsimlangan  tizim  negizida  taqdim 
etish masalalari yoritilgan. 
To‘rtinchi bobda “Grid” va “Bulut” texnologiyalari negizidagi taqsimlangan 
tizimlar, ularda virtuallashtirish texnologiyasini qo‘llash tamoyillari kabi mavzular 
sistemalashtirilgan  holda  tavsiflanadi.  Bobning  bandlarida  grid  texnologiyalari 
imkoniyatlari negizida taqsimlangan tizim infrastrukturasini shakllantirish asoslari, 
grid  texnologiyalari  asosidagi  TT  resurslarini  SYA  asosida  taqdim  etish 
tamoyillari,  “Bulut”  texnologiyasining 
mazmuni  va  mohiyati,  “Bulut” 
texnologiyasining  afzalliklariga  asoslangan  taqsimlangan  tizimlarni  shakllantirish 
modeli kabi mavzular o‘z aksini topgan. 
Beshinchi bob “Taqsimlangan  tizim xususiyatlari negizida ma’lumot qayta 
ishlash  markazlarini  yaratish  asoslari”  da  ma’lumot  qayta  ishlash  markazlarining 
maqsad  va  vazifalari,  dasturiy  konfiguratsiyalanadigan  tarmoq  negizidagi 
taqsimlangan  ma’lumot  qayta  ishlash  markazining  infratuzilmasi  tushuntiriladi, 
axborot-kommunikatsiya  tarmog‘i  resurs  va  xizmatlarini  taqsimlangan  tizimlar 
asosida  taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. 
O‘quv  qo‘llanma  mualliflarning  Muxammad  Al-Xorazmiy  nomidagi 
Toshknt  axborot  texnologiyalari  universiteti  talabalariga  “Taqsimlangan  tizimlar” 
nomli  fan  bo‘yicha  bir  necha  yil  davomida  olib  borgan  ma’ruza  va  amaliy 
mashg‘ulotlari  materiallari  hamda  ushbu  yo‘nalishda  bajarilgan  Grant 
loyihalarining natijalari asosida yozilgan. 
Mualliflar  kitobni  nashrga  tayyorlashda  va  chop  ettirishda  faol  ishtirok 
etganligi  uchun  Muxammad  Al-Xorazmiy  nomidagi  Toshkent  axborot 
texnologiyalari  Universiteti  “Ma’lumotlar  uzatish  tarmoqlari  va  tizimlari” 
kafedrasining assistenti M. Abdullaevga o‘z minnat-dorchiligini bildiradi. 
 
 
 
 



 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish