Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


I bob. Taqsimlangan tizimlarning arxitekturasi va



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

I bob. Taqsimlangan tizimlarning arxitekturasi va 
 funksional  xususiyatlari 
 
1.1. Taqsimlangan tizimlar va tarmoqlar, ta’rifi va tarkibi 
 
Taqsimlangan  tizim  (TT)  deganda,  foydalanuvchi  nuqtai  nazaridan  yagona 
tizim  shaklida  tasavvur  qilinadigan  mustaqil  kompyuterlarning  to‘plami 
tushuniladi.  E.  Tanenbaum  o‘zining  “Taqsimlangan  tizimlar.  G‘oyalar  va 
tamoyillar”  nomli  fundamental  monografiyasida  taqsimlangan  tizimga  shunday 
ta’rif  beradi:  “Taqsimlangan  tizim  –  bu  aloqa  kanallari  yordamida  mustaqil 
kompyuterlarning  o‘zaro  bog‘langan  to‘plami  hisoblanib,  foydalanuvchi  nuqtai 
nazaridan  maxsus  dasturiy  ta’minot  asosidagi  yagona  tizim  ko‘rinishida  tasavvur 
etiladi”. 
Bu  ta’rifdan  taqsimlangan  tizimning  ikki  muhim  jihatini  keltirish  mumkin: 
dislokatsiyalangan  kompyuterlarning  avtonom  bo‘lishi  va  ular  yagona  tizim 
shaklida tasavvur etilishi. Bunda asosiy bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib maxsus dasturiy 
ta’minot va tarmoq texnologiyalari hisoblanadi. 
Taqsimlangan tizimning asosiy maqsadi tizim doirasidagi kompyuterlarni va 
ulardagi  hisoblash  va  xotira  resurslarini,  dasturiy  ta’minot  va  ilovalar  faoliyatini 
yagona  tizim  sharoitida  tashkil  etish.  Boshqa  so‘z  bilan  aytganda,  taqsimlangan 
tizimlar bir xona doirasida, bino, shahar, davlat doirasida, yoki boshqa davlatlar va 
planetamizning  boshqa  qit’alari  doirasida  dislokatsiya  qilingan  axborot  qayta 
ishlash  tizimlarining  hisoblash,  xotira  va  axborot  resurslarini  birlashtirib  yagona 
bir  resurs  sifatida  shakllantirib  foydalanuvchiga  taqdim  etish  imkonini  yaratib 
beradi  (1.1  –  rasm).  Resurslar  tarkibiga  hisoblash  resurslari,  xotira  resurslari, 
axborot resurslari va tarmoq resurslari kiradi. 
Foydalanuvchi taqsimlangan tizimga bog‘lanib, o‘ziga kerak bo‘lgan resurs 
to‘g‘risida  ma’lumot  beradi,  tizim  resursni  dunyoning  istalgan  nuqtasidan  topib 
unga  taqdim  etadi,  foydalanuvchi  ushbu  resursdan  xuddi  o‘zini  kompyuterida 
joylashtirilganidek foydalanadi. Umuman olganda, foydalanuvchi tomonidan talab 



 
etilgan  resurs  dunyoning  bir  nechta  nuqtalarida  joylashgan  resurslarning 
yig‘indisidan tarkib topishi mumkin. Bunda tizim ushbu resurslarni topadi, ularni 
jamlab,  «kompozit»  resurs  shakllantiradi  va  foydalanuvchiga  bitta  resurs  sifatida 
taqdim etadi. 
Ushbu imkoniyatlar axborotni qayta ishlash vositalari (ya’ni, katta quvvatga 
ega kompyuter vositalari) telekommunikatsiya vositalari, tarmoq texnik qurilmalari 
va  maxsus  jahon  andozalariga  asoslangan  dasturiy  ta’minotlari,  hamda  elektron 
shakldagi  axborot  resurslarini  yaratishda  qo‘llaniladigan  zamonaviy  dasturlar  va 
ma’lumotlar baza va banklarini boshqarish tizimlari asosida yaratiladi. 
Taqsimlangan  tizimlarga  misol  qilib  Internet  tarmog‘ining  asosini  tashkil 
etuvchi  «Jahon  o‘rgimchak  to‘ri»,  ya’ni  «World  wide  web»  texnologiyasini 
keltirish  mumkin.  Web-texnologiyasi  taqsimlangan  hujjatlarni  bir  butun  yaxlit 
shaklda  ko‘rinishini  ta’minlaydi,  ya’ni  har  xil  kompyuterlarda  saqlanayotgan 
hujjatlardan  yagona  hujjat  shakllantirib,  alohida  bir  butun  hujjat  ko‘rinishida 
taqdim  etadi.  Foydalanuvchi  hujjatni  ko‘rish  uchun  sichqon  tugmasini  ishorat 
ustida bosishi kifoya - hujjat ekranda ko‘rinadi. 
Taqsimlangan  tizimlar  tarmoq  texnologiyalari  negizida  yaratilgan  bo‘lib, 
murakkab  strukturaga  ega.  Ular  tarmoq  sharoitida  har  xil  turdagi  xizmatlarni 
taqdim etish imkoniyatiga ega, jumladan: 
- ma’lumotlarni saqlash va uzatish; 
-  «nuqta-nuqta»  ulanish  prinsipidan  «har  biri  har  biri  bilan»  prinsipiga 
o‘tish; 
-  turli  ilovalarga  xizmat  ko‘rsatishning  universal  xizmatidan  foydalanish 
(Internet, VPN (virtual private network - virtual xususiy tarmoq) misolida); 
-  xizmatlarning  kerakli  to‘plami  va  hajmini  shakllantirish  hamda  ularni 
belgilangan sifat darajasida taqdim etilishiga erishish; 
- xizmatlar sotuvchisi va xaridori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘liq va 
aniq tashkil etish. 
 


10 
 
 
 
1.1 – rasm. Taqsimlangan tizimning tarkibiy tuzilishini 
 ko‘rsatuvchi sxema 
 
Taqsimlangan  tizimlar  tarkibidagi  ma’lumotlarni  qayta  ishlashga 
mo‘ljallangan  tizim  va  tarmoqlar  umumiy  ravishda  taqsimlangan  tizimlar  tashkil 
etish qoida va andozalariga asoslanadi [1]. 
Taqsimlangan  tizimlar  ma’lumotni  qayta  ishlash  va  kelib  chiqishining 
hududiy  taqsimlanishi  bilan  bog‘liq  ob’ektlarning  quyidagi  funksiyalarini 
belgilaydi: 
-  resurslarga  (hisoblash  quvvatlariga,  dasturlarga,  ma’lumotlarga)  kirish  va 
ulardan foydalanishga ruxsat berish; 
- «mijoz-server» rejimida vazifalarni bajarish; 
- tizimning ishlashi to‘g‘risida statistika to‘plash; 
- tizimning ishonchliligini ta’minlash. 
Shu  sababli,  taqsimlangan  tizim  (TT)  lar  har  xil  platformadagi  texnik 
vositalar, operatsion tizimlar bilan ishlash imkoniga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Taqsimlangan  tizimlarning  muhim  maqsadi  bog‘lovchi  dasturiy  ta’minot 
(DT) sathini ta’minlagan  holda ilovani asosiy bazaviy tizimdan ajratishdan iborat. 
Bunday sathni qo‘llash muhim arxitekturaviy yechim hisoblanadi va uning asosiy 
maqsadi taqsimlanish shaffofligini ta’minlashdan iborat, o‘z navbatida shaffoflikka 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish