KO’MIR, NEFT, TABIIY GAZ VA ATOM ENERGIYASI ZAHIRALARI
Reja:
Konlarning zaxiralarini tasnifi, neft va tabiiy gazlarning istiqbolli va bashoratlangan resurslari
Neft zaxiralarini hisoblash usullari
Gaz zaxiralarini hisoblash usullari
Konlarning zaxiralari va neft va gazning istiqbolli resurslari geologik qidiruv ishlari va konlarni ishlatish natijalari bōyicha hisoblanadi. Konlarning zaxiralari va neft va gazning istiqbolli resurslari haqidagi ma’lumotlardan xalq xujaligi tarmoqlarini rivojlanish va joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish, geologik qidiruv ishlarini rejalashtirishda foydalaniladi, konlar bōyicha zaxiralar haqidagi ma’lumotlar esa qazib chiqarish tashqilotlarini, neft va gazni tashish va kompleks qayta ishlash korxonalarini loyihalashda foydalaniladi.
Neft va gaz resurslarining mavjudligi umumiy geologik tuzilmalar, ilmiy izlanishlar, geologik, geofizik va geoximik tadqiqotlar natijalari asosida yirik regionlar, neftgazli xududlar, viloyatlar, tumanlar, maydonlar chegarasida taxmin qilinadi.
Konlarning zaxiralarini aniqlashda neft, gaz, kondensat va ularning tarkibidagi ajratib olish texnologik va texnik iqtisodiy hisoblashlar bilan asoslangan komponentlar (etan, propan, butan, oltingugurt, geley, metallar) alohida hisoblanadi va qayd etiladi. Neft, gaz, kondensat va ularning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bōlgan komponentlarning zaxiralarini hisoblash har bir uyum bōyicha alohida va butun kon bōyicha amalga oshiriladi.
Istiqbolli resurslar hisoblanadi va qayd qilinadi, bashoratlangan resurslar esa neft, gaz va kondensat bōyicha alohida baholanadi.
Neft, gaz va kondensat sifati ulardan kompleks foydalanishni ta’minlovchi davlat talablari, tarmoq standartlari va qazib chiqarish hamda qayta ishlash texnologiyasini hisobga olgan texnik sharoitlarga muvofiq baholanadi.
Neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bōlgan komponentlar zaxiralari ōrganilganlik darajasiga kōra qidirilgan – A, B, S1 toifalar va birlamchi baholangan – S2 toifa turlarga bōlinadi.
Neft va gaz resurslari asoslanganlik darajasiga kōra istiqbolli – S3 toifa va bashoratlangan – D1 va D2 toifa turlarga ajratiladi.
Neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bōlgan komponentlar zaxiralari xalq xōjaligi ahamiyatiga kōra alohida hisoblanadigan va qayd qilinadigan ikki guruhga bōlinadi:
Balans - hozirgi kunda ishga tushirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bōlgan konlarning zaxiralari.
Balansdan tashqari – ishga tushirish hozirgi kunda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofik bōlmagan yoki texnik va texnologik nuqtai nazardan imkoni bōlmagan, lekin kelajakda balans zaxiralarga ōtkazilishi mumkin bōlgan konlarning zaxiralaridir.
Balans zaxiralar ichida olinadigan zaxiralar hisoblanadi.
Olinadigan zaxiralar – zamonaviy texnik vositalar va qazib chiqarish texnologiyasidan xarajatlarning yōl qōyilgan darajasini hisobga olgan holda oqilona foydalanilganda va atrof muxit va yer osti muxofazasi talablariga rioya qilib yer baĝridan qazib chiqariladigan balans zaxiralarning bir qismidir.
Qurikxonalar, suv havzalari, aholi punktlari, inshoatlar, qishlok xōjaligi ob’ektlari, tarixiy va madaniy yodgorliklar chegarasida joylashgan neft va gaz konlarining zaxiralari ob’ektlarni kōchirishga sarflanadigan xarajatlar yoki konlarni ishlatishning maxsus usullaridan foydalanishga sarflanadigan xarajatlarning texnik-iqtisodiy hisoblariga asoslanib balans yoki balansdan tashqari zaxiralarga kiritiladi.
Zaxiralar qanchalik ōrganilganligiga qarab quyidagi toifalarga bōlinadi:
A toifadagi zaxiralar. Uyum barcha loyihalash hujjatlari bōyicha tōliq burĝulab bōlingan, kon ishlash jarayonida bōlib tōliq ōrganilgan.
B toifadagi zaxiralar. Uyum texnologik tarx asosida burĝulab bōlingan, kon ishlash jarayonida bōlib, yitarli darajada ōrganilgan.
S1 toifadagi zaxiralar. Qidirish ishlari bōyicha tasdiqlangan zaxiralar. Uning neftgazliligi qidiruv quduqlari orqali tasdiqlangan bōlib, uyumning chegaralari yitarli darajada aniqlangan. Uyumga tegishli ma’lumotlar texnologik tarx tuzish uchun yitarli.
S2 toifadagi zaxiralar. Oraliq yoki yuqorida yotuvchi qatlamlardagi uyumlar bōlib, qidiruv quduqlari orqali aniqlangan, lekin hali sinalmagan uyumlar. Bunday uyumlar qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlarda ham bōlishi mumkin. Umumiy holda burĝulangan quduqlarning geologik va geofizik tahlili asosida aniqlangan bōlib, texnologik tarx tuzish uchun olingan ma’lumotlar yitarli emas.
S3 toifadagi zaxiralar. Qidiruv ishlari tugallangan yoki ishlatilayotgan konlardagi ochilishi taxmin qilinayotgan, yaqin atrofdagi boshqa konlarda aniqlangan uyumlar. Asosiy ma’lumotlar yaqin atrofdagi xuddi shu qatlamda ochilgan uyumlarning ma’lumotlariga asoslanib olinadi.
Bulardan tashqari bashorat toifasidagi manbalar ham tasniflangan. Ular ikki toifada bōlib, quyidagilardan iborat:
1) D1 toifadagi manbalar. Ōlkaviy tuzilmalarning litologik - stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar. Bunday uyumlar juda katta ōlkaviy tuzilmalarda ōz tasdiĝini topgan bōladi va manbalarning miqdoriy bahosi geologik, geokimyoviy va geofizik tahlillarga asoslangan bōladi.
2) D2 toifadagi manbalar. Ōlkaviy tuzilmalarning litologik -stratigrafik jamlamalaridagi taxminiy uyumlar bōlib, juda katta ōlkaviy tuzilmalarda hali ōz tasdiĝini topmagan bōladi. bunday manbalarning miqdoriy bahosi boshqa shu kabi konlarning ma’lumotlariga qarab, taxminiy asoslanadi.
Neft va gaz konlari aniqlangan zaxiralarning miqdoriga qarab quyidagicha tasniflanadi:
- noyob konlar, neft zaxirasi 300 mln. tonnadan va gaz zaxirasi 300 mlrd. m3 dan yuqori;
-juda katta konlar, neft zaxirasi 100 dan 300 mln. tonnagacha, gaz zaxirasi 100 dan 300 mlrd. m3 gacha;
-katta konlar, neft zaxirasi 30 dan 100 mln. tonnagacha va gaz zaxirasi 30 dan 100 mlrd. m3 gacha;
-ōrtacha konlar, neft zaxirasi 3 dan 30 mln. tonnagacha va gaz zaxirasi 3 dan 30 mlrd. m3 gacha;
-mayda konlar, neft zaxirasi 3 mln tonnadan va gaz zaxirasi 3 mlrd.m3 dan kam bōlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |