Molekulyar-kinetik nazariyasi. Gazlarning molekulyar-kinetik
nazariyasiga quyidagi printsiplar asos qilib olingan:
1. Gaz zarrachalari to'xtovsiz betartib harakatda bo'ladi. Zarrachalar bir yo'nalishda
xarakatlanmaydi, ularning hamma yo'nalishlarda harakatlanish ehtimolligi bir xil.
2. Zarrachalar xarakatlanayotganda elastik sharlar qonuniga muvofiq bir-biriga va idish devorlariga uriladi; bu to'qnashuvlarda energiya almashinuvi sodir bo'lmaydi.
3. Zarrachaning bir to'qnashuvdan ikkinchi to'qnashuvgacha o'tgan yo'li (erkin
xarakatlanish masofasi) zarrachaning o'lchamlaridan ancha katta bo'ladi. Shu sababli
zarrachalarni massasi m bo'lgan matematik nuqtalar sifatida qarash mumkin.
Kinetik nazariyaga kura gaz bosimini zarrachalarning idish devorlariga urilishining
yig‛indisi deyish mumkin. Umuman olgaida, gaz molekulalari turlicha tezlik bilan
harakatlanadi, lekin xar qaysi gaz uchun muayyan temperaturada molekulalarning o'rtacha arifmetik tezligi o'zgarmas kattalikdir. O'rtacha arifmetik tezlik ua berilgan temperaturadagi molekulalar tezliklari yig‛indisini barcha molekulalar soniga bo'lish yo'li bilan topiladi: