KO’M 18.1 ABDURAXMONOVA UMIDA
Mavzu- 1 : Fizik kolloid kimyo faniga kirish
1. Физик кимё фани предмети ва вазифалари ҳақида тушунча беринг.
Fizik kimyo - moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini, fizikaviy va
kimyoviy hodisalarni, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni bir-biriga bog’lab
о’rganuvchi fandir.
YOki: Fizik kimyo - materiyaning fizikaviy va kimyoviy xarakat shakllarini
bir-biriga uzviy bog’liq xolda о’rganuvchi fandir
Fizik kimyo fani — atom, molekula, moddalardagi kimyoviy xodisalar,
kimyoviy o'zgarishlar va tuzilishlarni fizika usullarida o'rganib, fizika qonunqoidalari asosida yechib beradigan fan sifatida 1750 yilda vujudga kelgan.
2. Физик кимё фанининг бошқа фанлар билан боғлиқлиги.
Физикавий кимёнинг аҳамияти кун сайин ортиб бормоқца; бунинг сабаби шундаки, физик-кимёвий тадқиқотлар металлургия, нефт саноати, қурилиш материаллари
ишлаб чиқариш ва қишлоқ хўжалигини ривожлантиришдаги масалаларни ечишда катта ёрдам кўрсатмоқда.
Агрокимё, тупроқшунослик, ўсимликлар физиологияси,
микробиология, биокимё, ўсимликларни ҳимоя қилиш, қолаверса, экология ва бошқа жуда кўп фанлар физикавий, коллоид ва юқори молекуляр бирикмалар кимёсининг методлари ва асосий назарий ҳолатларидан кенг фойдаланадилар.
3. Физик кимё фанининг асосий бўлимларини тасвирлаб беринг.
Fizik kimyo qóyidagi bо’limlarga bо’linadi:
1. Modda tuzilishi (atom, molekula)
2. Kimyoviy termodinamika
3. Kimyoviy muvozanat
4. Eritmalar
5. Fizik kimyoviy analiz
6. Elektr kimyo
7. Kimyoviy kinetika va kataliz
4. Физик кимёнинг текшириш услубларидан термодинамик услуб ҳақидаги
тушунчангизни изоҳлаб беринг.
Hozirgi vaqtda fizik kimyo fanining rivojlanishiga yuzlab rus olimlari o'z
hissalarini qo'shmoqdalar va fanda erishilgan yutuqlarni xalq xo'jaligining
barcha tarmoqlariga tatbiq etmoqdalar.
Qishloq xo'jaligining ko'p sohalarida, chunonchi agronomiyada,
agrokimyoda, tuproqshunoslikda, zooinjeneriyada fizik-kimyoning zamonaviy
analiz metodlaridan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Masalan, xromatografiya,
radioxromatografiya, rentgenografiya, elektron mikroskopiya, infraqizil
spektroskopiya, potentsiometriya, krioskopiya, fotometriya va boshqa usullar
keng qo'llanilmoqda.
Fizik kimyo moddani tekshirishning fizika ishlab chiqqan nazariy va
eksperimental metodlaridan keng foydalanadi. Bular orasida gazlarning
molekulyar-kinetik nazariyasi, kvantlar mexanikasi, kimyoviy termodinamika,
nishonlangan atomlar-metodlari ayniqsa ahamiyatlidir. Fizik kimyoning amaliy
ahamiyati ham katta. Masalan, qishloq xo'jaligida samarali yangi o'g‛itlar
chiqarish, o'simliklarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashning
kimyoviy usullarini takomillashtirish, tuproqning agronomik xususiyatlarini
yaxshilash va boshqalarda fizik-kimyoning muhim roli bor. Tekshirishning eng
yangi fizik-kimyoviy metodlari - rentgenografiya elektronmikroskopiya,
infraqizil spektroskopiya, termik analiz va boshqalar yordamida tuproqdagi turli
xil minerallarning strukturasi o'rganilgan. Kolorimetriya elektro yurituvchi
kuchlar metodi (pH metriya); xromatografiya, nishonlangan atomlar metodi,
alanga fotometriyasi, refraktometriya kabi fizik-kimyoviy analiz metodlaridan
o'simliklarni, tuproqni, o'g‛itlarni, zaharli kimyoviy moddalar va boshqalarni
analiz qilishda foydalaniladi
Termodinamika turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turiga va sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o'tishini, shuningdek, berilgan sharoitda jarayonlarning o'zo'zicha borish yo'nalishi va chegarasini o'rganadigan fandir.
Termodinamika fan sifatida o'tgan asrning birinchi yarmida paydo bo'ldi va issiqlik
jarayonlari hamda bug‛ mashinalarining ishini o'rganish natijasida rivoj topdi.
Kimyoviy termodinamika qonunlarini chuqur bilish turli kimyoviy jarayonlarni biz
istagan yo'nalishda olib borish imkonini beradi. Masalan, azotni biriktirish muammosi bilan ko'pgina olimlar shug‛ullangan, ya'ni NH3 olish reaksiyasi ko'p vaqtgacha amalga oshmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |