Ko’M 8. Abduraxmonova umida mavzu- : Fizik kolloid kimyo faniga kirish



Download 165,5 Kb.
bet3/8
Sana30.12.2021
Hajmi165,5 Kb.
#93455
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Ma`ruza Fizik kolloid kimyo fanidan

ua=(u1+u2+u3+…+un)/n
Hisoblashlarda, ko'pincha, o'rtacha kvadrat tezlikdan foydalanishga to'g‛ri keladi.
Urtacha kvadratik tezlik u molekulalar tezliklari kvadratining yig‛indisini barcha
molekulalar soniga bo'lib, olingan natijani kvadrat ildizdan chikarish yo'li bilan topiladi:
Gazdagi molekulalarning betartib harakatiga mexanika qonunlarini tatbiq etib, bosim
bilan hajmni gaz molekulalari harakatining o'rtacha kvadratik tezligi bilan bog‛laydigan
asosiy tenglama olingan:
pV=Nmū2/3
bunda: N gazdagi molekulalar soni, m molekula massasi. Bu tenglama mol gaz
uchun quyidagicha yoziladi:
pV=N0mū2/3
bunda N0 Avogadro soni.
Bu tenglamadan foydalanib, ideal gazlarga oid barcha qonunlarni keltirib chiqarish,
molekulaning kinetik energiyasini, gaz molekulalarining o'rtacha harakatlanish tezligini va
boshka kattaliklarni hisoblab topish mumkin.
6. Физик кимё фанининг асосчилари ва уларнинг бу соҳада қилган ишлари
ҳақида маълумот беринг.

1840 yilda G.I.Gess Fizik kimyoning asosiy krnunlaridan biri — kimyoviy oʻzgarishlarda issiklik yigʻindisining doimiyligini kashf kildi. 19-asr oʻrtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar


X.Tomsen reaksiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qoʻshdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887 yil Leypsig universitetida ilk bor Fizik kimyo kafedrasini tashkil qildi.
Fizik kimyo 19-asr oxirlarida mustakil fan sifatida ajralib chikdi. Fizik kimyoning 19-asrning 2yarmi va 20-asr boshlarida rivojlanishining oʻziga xos tomoni makroskopik, yaʼni bevosita tekshirilayotgan sistema va jarayonlarni oʻrganishdan iborat boʻldi. Ideal gazlar holat tenglamasi uzilkesil aniklab berildi (B. Klapeyron, S.I.Mendeleyev). Termodinamika qrnunlari kimyoviy va
fazalar muvozanatlariga tatbiq etildi (J.Gibbs, Ya.VantGoff, V.Nernst, A.Le Shatelye, N.S.Kurnakov, G.Tamman), makroskop ik kinetika asoslari (K.Guldberg , P.Vaage, N.I.Beketov, Ya.VantGoff) ishlab chiqildi, reaksiyaning aktivlanish energiyasi xakidagi tasavvur kiritildi (S. Arrenius).
M.Faradey asos solgan kataliz haqidagi tasavvur yanada rivojlantirildi. Adsorbsiyaning asosiy krnunlari taʼriflab berildi (J.Gibbs). Suyultirilgan eritmalarning termodinamik nazariyasi olgʻa
suriddi (F.Raulʼ, Ya.VantGoff, S.P.Konovalov). Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi yaratildi (S.Arrenius). Galvanik elementlar uchun elektrod potensiallari tushunchasi kiritildi (V. Nernst).
Fizik kimyoningshutaraqqiyot bosqichida qoʻlga kiritilgan tadqiqot natijalari sanoatga tatbiq etildi (ammiak sintezi, tuz qazib olish, baʼzi metallurgiya jarayonlari, haydash, rektifikatsiya va boshqalar)

1836 yili rus olimi G. I. Gess kimyoviy reaksiyalar vaqtida umumiy issiqlik


effekti doimiy qiymatga ega bo'lib, u oraliq reaksiyalar issiqlik effektlariniig
yig‛indisiga teng bo'lishi qonunini kashf etadi. Bu qonun fizik kimyoda
termokimyoning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi.
Rus olimlaridan N. N. Beketovning 1865 yildan boshlab fizik kimyo
kursidan ma'ruza o'qishi, N. N. Lyubavinning shu fandan birinchi darslik
yozishi, A. M. Butlerovning moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini
yaratishi, 1869 yili D. I. Mendeleyev tomonidan kimyoviy elementlar davriy
qonunining kashf etilishi fizik kimyoning taraqqiyotiga keng yo'l ochib berdi.
D. I. Mendeleyev birinchi bo'lib qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun
kimyodan keng foydalanish kerakligini vazifa qilib qo'ydi va shu bilan
agrokimyo faniga asos soldi.


7. Физик кимё фанининг ривожланиш тарихига тўхталинг.

Rus olimi M. V. Lomonosov fizik kimyo fanining asoschisi hisoblanadi, u


fizik kimyo terminini birinchi bo'lib ishlatgan. 1751 yil Peterburgda Fanlar
akademiyasining talabalariga fizik kimyodan ma'ruza o'qiydi. Shu ma'ruzalar
asosida 1754 yili M. V. Lomonosov birinchi marta «Haqiqiy fizik kimyoga
kirish» o'quv qo'llanmasini va «Fizik kimyodan tajribalar» nomli eksperiment
ishlar uchun programma yozadi. M. V. Lomonosov ta'rifi bo'yicha, «Fizik
kimyo - kimyoviy operatsiyalar natijasida murakkab moddalarda sodir
bo'ladigan o'zgarishlarni fizika qonun-qoidalari va tajribalari asosida tushuntiribberuvchi fan‖dir.
M. V. Lomonosov kimyoda fizik tekshirish metodlarini qo'llab, o'zining
fanda eng katta ahamiyatga ega bo'lgan «modda massasi va energiyasining
saqlanish qonuni» ni kashf etdi. Bu qonuniyat bilan borliq materiyadan tashkiltopganligi, materiya doimo harakatda, o'zgarishda ekanligi va bir holatdanikkinchi holatga o'tib turishi tushuntirildi.
U, eritma-erigan modda molekulalari bilan erituvchi modda
molekulalarining o'zaro ta'siri mahsulotidir, deydi. Eritma muzlash
temperaturasining pasayishi kontsentratsiyaga bog‛liqligini ko'rsatadi M. V.
Lomonosov birinchi bo'lib molekula to'g‛risida tushuncha yaratib, molekula
bilan atom o'rtadagi tafovutlarni aniqlab berdi.
U yuqorida qayd etilgan kashfiyotlari bilan dunyoda birinchi fizik-kimyogar
bo'lib tanildi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida tibbiyot fanlari sohasidagi yirik kashfiyotlar — rentgen nurlari, elektron, radioaktivlik hodisasining ochilishi, spektroskopiyaning rivojlanishi Fizik kimyoning yangi bosqichi uchun zamin boʻldi. Elektronlarning atom va molekulalarda harakatlanishi
qonunlarining (kvant mexanika krnunlari) ochilishi kvant kimyosining paydo boʻlishiga olib keldi,
bu oʻz navbatida, kimyoviy bogʻlanish, valentlik, kimyoviy birikmalarning tuzilishini yangicha talkin
qilib berishga imkoniyat tugʻdirdi.
Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarning
molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik
kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham
nazariy asos boʻdsi. 20-asrning 50— 70-yillarida Fizik kimyoning koʻpgina sohalari tez rivojlandi
va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal
oʻrganadigan yangi yoʻnalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya
energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaksiyalar, quyi trali plazmadagi jarayonlar
(plazmalar kimyosi), sirt hodisalarining qattiq jismlar xossalariga taʼsiri (fizik kimyoviy mexanika) muvaffaqiyatli oʻrganildi, polimerlar Fizik kimyosi gazlar elektrokimyosi va boshqa rivojlandi. Oʻzbekistonda Fizik kimyoning rivojlanishida ~Q.U.Usmonov, h.R.Rustamov, N.A.Parpiyev va boshqalarning xizmatlari katta.


8. Газларнинг агрегат ҳолатлари ҳақида тушунча беринг.

Gaz holatida moddaning zarrachalari (atomlar, molekulalar) orasidagi masofa ancha katta bo'ladi. Shu sababli ayrim zarrachalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari juda kam bo'lib, gaz holatidagi moddani istalgancha siyraklashtirish, yoki, aksincha, suyuq yoki qattiq holatga o'tgunga qadar siqish mumkin. Modda gaz holatida ikki, uch va undan ko'p zarrachalardan tarkib topgan komplekslar hosil qilishi ham mumkin. Gaz modda suyuq holatga o'tkazilganda uning hajmi minglab marta kamayadi. Bunda gaz molekulalarining hajmi o'zgarmaydi, balki ular orasidagi masofa qisqaradi, xolos.


Gazlarda molekulalar orasidagi masofa katta va molekulalarning hajmi juda kichik
bo'lganligi sababli gazlarga oid qonunlarni keltirib chiqarishda gaz molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir kuchlari va molekulalarning hajmi hisobga olinmagan. Molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir kuchini va molekulalari hajmini hisobga olmasa ham bo'ladigan gazlar ideal gaz deb ataladi. Asosiy gaz qonunlari ana shunday ideal gazlar uchun keltirib chiqarilgan.


9. Ҳолат функциялари ва ҳолат тенгламалари ҳақида тушунча беринг.\


Download 165,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish