ua=(u1+u2+u3+…+un)/n
Hisoblashlarda, ko'pincha, o'rtacha kvadrat tezlikdan foydalanishga to'g‛ri keladi.
Urtacha kvadratik tezlik u molekulalar tezliklari kvadratining yig‛indisini barcha
molekulalar soniga bo'lib, olingan natijani kvadrat ildizdan chikarish yo'li bilan topiladi:
Gazdagi molekulalarning betartib harakatiga mexanika qonunlarini tatbiq etib, bosim bilan hajmni gaz molekulalari harakatining o'rtacha kvadratik tezligi bilan bog‛laydigan asosiy tenglama olingan:
pV=Nmū2/3
bunda: N — gazdagi molekulalar soni, m — molekula massasi. Bu tenglama mol gaz
uchun quyidagicha yoziladi:
pV=N0mū2/3
bunda N0 — Avogadro soni.
Bu tenglamadan foydalanib, ideal gazlarga oid barcha qonunlarni keltirib chiqarish, molekulaning kinetik energiyasini, gaz molekulalarining o'rtacha harakatlanish tezligini va boshka kattaliklarni hisoblab topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |