Kolloid zarrachalarning sirti katta bo`lgani uchun ionlarni adsorbtsiyalash qobilyati yuqori bo`ladi. Adsorbilangan shu ionlar kolloid eritmalarning barqarorligiga ma`lum ta`sir ko`rsatadi. CHunki suyuqlik qattiq zarrachaga nisbatan (yoki zarracha suyuqlikka nisbatan) xarakat qilganda qo`sh elektr qavatning adsorbtsion va diffuzion qavatlari chegarasida xosil bo`ladigan potentsial-elektrokinetik potentsial vujudga keladi. U dzeta ()xarfi bilan belgilanadi va dzeta-potentsial deb yuritiladi.
Elektrokinetik potentsialdan tashkari yana termodinamik potentsial xam mavjud. Termodinamik potentsial qattiq zarracha sirti bilan suyuqlik ichidagi umumiy potentsiallar ayirmasini ko`rsatadi.
Demak, elektrokinetik potentsial termodinamik potentsialning faqat ma`lum qismini tashkil etadi, ya`ni adsorbtsion qavat bilan diffuzion qavat chegarasidagi potentsial kattaligi ( potentsial) elektrokinetik potentsialni ko`rsatadi.
Elektrokinetik potentsial dispers sistemalarning barqarorligini aniqlovchi belgilardan biri bo`lib, unga tashki sharoitning ta`siri barqarorlikni kamayishiga yoki oshishiga sababchi bo`ladi.
Qo`sh elektr qavatning xozirgi zamonda qabul qilingan sxemasi.
Elektroforez va elektro osmos. Elektrokinetik xodisalarning axamiyati.
Kolloid zarrachalar ma`lum bir zaryadga ega bo`lganligi uchun kolloid eritmaga tashkaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon xarakat qiladi:manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrodga tomon boradi. Kolloid zarrachalarning tashki elektr maydon ta`sirida xarakat qilish xodisasi elektroforez yoki katoforez deyiladi.Bu xodisani 1807 yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo`lib kashf etgan. Reyss bir parcha loyga ikki nayni o`rnatib, bu naylarga tozalab yuvilgan qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv quydi. So`ngra bu suvga o`sha vaqtda elektrning birdan bir manbai bo`lgan Vol’t ustuni elektrodlarini tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o`tgach, musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalanadi: loy zarrachalari sekin asta ko`tarilib, suvda suspenziya xosil qila boshladi. Lekin shu bilan bir vaqtda bu naydagi suv kamaya bordi, manfiy elektrod tushirilgan nayda esa suv ko`tarila boshladi. Reyss bu tajribasi bilan loy zarrachalri manfiy zaryadli ekanligini isbotladi. SHu yo`l bilan elektroforez usulida zarrachalarning zaryadlarini aniqlash mumkin bo`ldi.