Kolloid zarrachalarning tuzilishi xaqidagi mitsellyar nazariya.
Rus olimlari A.V.Dumanskiy, N.P.Peskov. S.M.Lipatov., A.N.Frumkin xamda chet ellik olimlar Fayans, Kroyt va boshqalar qo`sh elektron qavat nazariyalari asosida kolloid zarrachalarning tuzilishi xaqidagi mitsellyar nazariyalar yaratishga muvaffaq bo`ldilar. Dastlab bu nazariyani kolloid kimyoda o`rganiladigan barcha ob`ektlar uchun tadbik etish mumkin, deb faraz kilindi. Lekin keyinchalik olib borilgan tekshirishlar nazariyaning faqat liofob kolloidlarga taalluqli ekanligini aniq ko`rsatdi. Liofil zollar, ya`ni yuqori molekulyar va polimer moddalarning eritmalari tamomila boshqa tuzilishda ekanligi aniqlandi.
Mitsellyar nazariyaga muvofiq xar qanday liofob (gidrofob) kolloid eritma ikki qismdan iborat bo`lib, ularning biri - mitsellalar bo`lib, ikkinchisi intermitsellyar suyuqlikdir. Mitsellalar aloxida kolloid zarrachalar bo`lib, ular zolning dispers fazasini tashkil etadi. Intermitsellyar suyuqlik esa o`sha zolning dispersion muxitidan iborat. Uning tarkibida erituvchidan tashkari yana boshqa erigan moddalar (elektrolit va elektrolitmaslar) mitsella tarkibiga kirmaydigan yoki o`zgarmaydigan birikmalar bo`ladi.
Kolloid zarrachalarning tuzilishi xaqidagi mitsellyar nazariya.
Mitsella-oddiy molekulalarga qaraganda ancha murakkab tuzilishga ega. Unda ikki qism - neytral modda - yadro va qo`sh qavatdan iborat sirtqi ionogen qism mavjud. Mitsellaning yadrosi juda ko`p atom yoki molekulalardan tarkib topgan neytral modda bo`lib, uni ionlar qurshab turadi. Liofob kolloid eritma tarkibida bo`lgan elektrolit ionlari zolni barqaror qilib turadi, shuning uchun xam ular ionli stabilizatorlar deb ataladi. Mitsella yadrosini qarama-qarshi ishoraga ega bo`lgan ionlar qurshab turadi. Bu ionlar ikki yoki bir necha qochiqlikda joylashgan bo`lib, yaqin joylashgan qismi bilan mitsella yadrosi birgalikda kolloid zarracha yoki granulani tashkil qiladi. Granula (kolloid zarracha) ma`lum zaryadga ega bo`ladi, uning ishorasi adsorbtsion qavatda joylashgan ion ishorasi bilan belgilanadi. Granula atrofida qarama-qarshi zaryadli ionlar yig’iladi. Lekin bu ionlar zarrachaga zaifroq totilib turadi va dispertsion muxitning bir qismini tashkil etadi. SHunday qilib, mitsella-granuladan va uning atrofidagi qarama-qarshi zaryadli ionlardan iborat sistemadir. Mitsella elektr maydon ta`sir etmagan sharoitda elektroneytral bo`ladi. Uni intermitsellyar suyuqlik qurshab turadi. Bularni quyidagicha sxema shaklida yozish mumkin: granula, ya`ni kolloid zarrachaqyadro+qo`sh adsorbtsion qavat, mitsellaqgranula+qarama-qarshi zaryadli ionlarning diffuz qavati, zol’qmitsella+intermitsellyar suyuqlik;granula (kolloid zarracha) va mitsellani quyidagi sxema shaklida tasvirlash mumkin:
Metsella
Agar AgBr zolini xosil qilishda AgNO3 dan ortiqsa olingan bo`lsa, granula (kolloid zarracha) musbat zaryadlanadi:
AgNO3 + KBr AgBr + KNO3 AgNO3 Ag+ + NO-3
Mitsellani sferik shakldagi sxemasini xam yozish mumkin.
1-YAdro
2-Kalloid zarracha
3-Mitsella
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |