Kolloid eritmalarning elektrokinetik xossalari. Reja
Kolloid eritmalarning elektrokinetik xossalari.
Reja:
Qo`sh elektr qavat xaqida tushuncha
Qo`sh elektr qavatning tuzilishi xaqidagi nazariyalar
Elektr-kinetik potentsial.
Elektroforez va elektroosmos. Elektr-kinetik xodisalarning tabiatda va texnikadagi axamiyati.
Kolloid zarrachalarning tuzilishi xaqidagi mitsellyar nazariya.
Qo`sh elektr qavat xaqida tushuncha
Fazalararo sirtda sodir bo`ladigan elektr xodisalarning ortiqcha sirt energiyasining mavjudlik oqibati va fazalar orasidagi o`zaro ta`sirlarning samarasi deb qarash mumkin. Geterogen sistema o`zining sirt energiyasini kamaytirishga intilishi natijasida sirt qavatdagi qutbli molekula, ion va elektronlarning xarakati ma`lum yo`nalishda o`zgaradi, masalan, ionlar kimyoviy potentsiali katta bo`lgan fazadan kimyoviy potentsiali kichik bo`lgan fazaga o`tadi. Oqibatda bir-biriga tegib turgan fazalar chegarasida kattalik jixatdan o`zaro teng, lekin qarama-qarshi ishorali zaryadlar xosil bo`ladi. SHuning uchun o`zining potentsialiga, zaryadiga va boshqa xossalariga ega bo`lgan qo`sh elektr qavat vujudga keladi va muvozanat xolati qaror topadi. Fazalararo elektr xodisalar dispers sistemalarning stabillanishi, koagullanish, elektrokapillyar va elektrokinetik xamda ion almashinish xossalarini tushunish uchun axamiyatga ega, shuning uchun bu jarayonning umumiy nazariyasi mufassal o`rganiladi.
Qo`sh elektr qavat xaqida tushuncha
Qo`sh elektr qavatning xosil bo`lishi xaqida uch xil mexanizm mavjud. Ularning birinchisi- ion yoki elektron tarzidagi zaryadning bir fazadan ikkinchi fazaga o`tishdan iborat. Masalan, gaz faza bilan chegaralanib turgan metall o`z ionlarini gaz fazaga bera oladi. Metaldan elektronni chiqib ketish intensivligi temperatura ortgan sari orta boradi. Bu xodisa fizika kursida termoelektron emissiya deb ataladi.
Uning oqibatida metall musbat zaryadga, gaz faza manfiy zaryadga ega bo`lib qoladi. CHegara sirtda xosil bo`lgan elektr potentsial elektronlarning metalldan yanada chiqib ketishiga qarshilik ko`rsatadi va sistemada muvozanat qaror topadi. Gaz fazada metall sirtidagi musbat zaryadga teng manfiy zaryad paydo bo`ladi; binobarin, qo`sh elektr qavat xosil bo`ladi. Bir xil zaryadli ionning bir fazadan ikkinchi fazaga ko`proq o`tishi natijasida qo`sh elektr qavat xosil bo`lishi uchun suvda kam eriydigan kumush yodid cho`kmasi bilan suv orasidagi sirt, qavat misol bo`la oladi. Kumush ionlari yod ionlariga qaraganda ko`proq gidratlanishi tufayli kumush ionlari suv fazaga nisbatan ko`proq o`tadi. SHuning uchun kumush yodid sirtiga manfiy zaryadli yod ionlari ko`proq adsorbilanib qoladi. Ana shu manfiy ionlar chegara qavatda musbat zaryadli kumush ionlarini o`ziga tortib neytrallanib turadi. endi suvga kumush nitrat (ya`ni suvda yaxshi eriydigan kumush tuzi) qo`shsak, kumush ionlarining elektrokimyoviy potentsiali ortib ketadi. SHuning natijasida kumush yodid sirtida yod ionlari eritmaga ko`proq o`ta boshlaydi. CHo`kma sirti musbat zaryadli bo`lib qoladi, yod ionlari esa qarshi ionlar vazifasini o`tay boshlaydi; ba`zan bu xodisa avtoadsorbtsiya deyiladi, chunki bunday chegara sirtga o`sha sirt moddasi tarkibidagi element ioni ko`proq adsorbtsiyalanadi.