25-MA’RUZA
Mavzu:.Atom fizikasi.
Reja:
Atom yadrosining asosiy xarakteristikalari. Atom massasi.
Tayanch iboarlar
Nuklon, yadroning magnit momenti, yadro kuchlari, yemirilishlar.
Atom yadrosining tuzilishi.
Tabiatdagi hamma moddalar atomlardan tashkil topgan bo‘lib, ular elektron va atom yadrosidan iboratdir. Atom yadrosining asosiy xarakteristikalari bo‘lib ularning zaryadi, massasi, spini va yadro magnit momenti hisoblanadi. Atom yadrosi proton va neytronlardan iborat bo‘lib, bular yadro nuklonlari deyiladi. Atomlar neytral zarracha ekanligini e’tiborga olsak, ularda nechta proton bo‘lsa, ya’ni musbat zarracha bo‘lsa, yadro atrofida xuddi shuncha elektron bo‘lishi kerak.
Yadrodagi nuklonlar - proton (R) musbat va neytron (n) esa neytral, ya’ni zaryadsiz zarrachalardir. Protonning zaryad miqdori elektron zaryadiga teng bo‘lib ga tengdir. Erkin holda proton barqaror musbat zarrachadir. Atom massasini massaning atom birliklarida (m.a.b.) o‘lchash ancha qulaydir. Uglerod atomining 1/12 massasi, massaning atom birligi qilib qabul qilingan.
Protonning massasi
.
Bu massa elektron massasidan 1836 marta kattadir (mp = 1836 me). Proton spinga va xususiy magnit momentiga ega . - yadroning magnit momenti deyiladi va uning magnetoni Bor magnetonidan 1836,5 marta kichikdir.
Neytron elektr zaryadga ega emas, massasi 1,0086 m.a.b. ga teng va proton massasidan biroz kattaroqdir. Proton kabi, neytronning spini va xususiy magnit momenti –1,91 ga teng (bu erda manfiy ishora xususiy mexanik va magnit momentlarining yo‘nalishlari qarama-qarshi ekanligini ko‘rsatadi).
Neytron erkin holatda beqaror (radioaktiv) zarracha bo‘lib, uning yarim emirilish davri 12 min ga teng, u o‘z-o‘zidan bo‘linib, parchalanib ketadi:
(1)
Parchalanish natijasida 1 proton, 1 elektron va 1ta antineytrino hosil bo‘ladi. Neytrino juda kichik zarracha bo‘lib, neytronga o‘xshash zaryadsizdir.
Yadrodagi protonlar soni +Ze, yadroning zaryadlar sonini ham belgilaydi. Z - Mendeleyev davriy tizimida ximiyaviy elementning tartib nomerini yoki yadrosining zaryadlar sonini ko‘rsatadi.
Yadrodagi nuklonlar soni A bilan belgilanadi va yadroning massa soni deb ataladi. Neytronlar soni N = A - Z orqali aniqlanadi.
Yadrolar – simvol bilan ko‘rsatiladi. X – ximiyaviy elementning simolidir.
Yadrolardagi nuklonlarning tarkibiga qarab yadrolar 3 ta guruhga bo‘linadilar.
1. Zaryadlar soni bir xil, neytronlar soni har xil bo‘lgan yadrolar izotoplar deyiladi. Masalan: vodorodning 3 ta izotopi bor – odatdagi vodorod ba’zan protiy deb ataladi (Z = 1, N = 0) . - og‘ir vodorod yoki deyteriy (Z = 1, N = 1), - (Z = 1, N = 2) esa tritiy deb ataladi.
Kislorodning 3 ta izotopi bor , , .
2. Massalar soni bir xil, zaryad va neytronlar soni har xil bo‘lgan yadrolar izobarlar deyiladi. Misol qilib massa soni bir xil bo‘lgan va larni ko‘rsatish mumkin.
3. Neytronlar soni N bir xil, zaryad va massalar soni har xil bo‘lgan yadrolar izotonlar deyiladi. Masalan . bularda neytronlar soni N = 7 tengdir.
Yadro juda kichik zarrachadir. Yadroning radiusi: ga teng. Ushbu ifodaga ko‘ra yadroni shar shaklida deb faraz qilib, massasini bilgan holda, zichligini hisoblab ko‘rish mumkin:
, (2)
, (3)
Bu nihoyatda katta qiymat bo‘lib, bunday zichlikni tasavvur qilish juda qiyin. Solishtirish uchun tabiatda uchraydigan ba’zi zichligi eng katta bo‘lgan moddalarni keltiramiz: qo‘rg‘oshin , simob , uran , oltin , platina va iridiy Tabiatda Z soni 1 dan 92 gacha bo‘lgan elementlar uchraydi (texnitsiy Ts Z = 43 va prometiy Pm Z = 61 lardan tashqari).
Hozirgi vaqtda, tabiatda uchraydigan elementlardan tashqari, ja’mi Z = 117 gacha bo‘lgan elementlar aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi sun’iy yo‘l bilan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |