Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Namunalarni saqlash. Тahlil uchun olingan siydik bir soat
davomida tekshirib ko‘rilishi kerak. Biror sababga ko‘ra, tekshirish
birmuncha keyinroq muddatga qoldiriladigan bo‘lsa, siydikdagi
bakteriyalar ko‘payib, glukozani sarflab qo‘yishi mumkin. Buning
natijasida:
— siydikdagi glukoza miqdori noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi;
— siydikdagi pH ishqoriy tomoniga suriladi;
— eritrotsitlar lizisga uchraydi;
— silindrlar yemirilib ketadi.
Yig‘ilgan siydik namunalarini tekshirish boshlangunicha ularni
sovitgichda saqlash kerak.
3.3.2. Siydikni fizik-kimyoviy tekshirishga tayyorlash
A. Zaruriy materiallar:
 yangi siydik namunalari.
B.
 Ishni boshlashdan oldin har bir namunaga tartib raqami
qo‘yib chiqiladi. Har bir namuna yaxshi yorug‘likda ko‘zdan
kechiriladi.Siydikning tashqi ko‘rinishi va rangi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar yozib olinadi.
D. Siydik rangining normal ko‘rsatgichlari. Normal siydikning
rangi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— rangli yoki juda ochiq rangli (juda suyulib ketgan siydik);
— somondek sariq;
— sariq (pigmentlar bilan bo‘yalgan siydik);
— to‘q sariq (juda konsentrlangan, tarkibida pigmentlar –
uroxrom, urobilin, porfirinlar ko‘p bo‘ladigan siydik).
Yangi yig‘ib olingan normal siydik, odatda, rangsiz yoki ochiq
rangli bo‘ladi. Siydik birmuncha vaqt turib qolgan bo‘lsa, quyidagi
o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin:
— ishqoriy reaksiyali (pH 7 dan ortiq) siydikda oq fosfat
cho‘kma paydo bo‘lishi mumkin;
— kislotali reaksiyali (pH 7 dan kam) yoki konsentrlangan
siydikda pushti rangli urat kislota (siydik kislota)si cho‘kmasi hosil
bo‘lishi mumkin;
— shilimshiqsimon g‘ubor paydo bo‘lishi mumkin.
E. Patologiyasi.


35
Patologik holatlardagi siydik
Miqdori
A. Kerakli materiallar va asboblar: yangi siydik namunalari;
o‘lchov silindri.
B. A n i q l a s h u s u l i :
1. Yig‘ilgan siydik o‘lchov silindriga ohista quyib olinadi.
2. Silindrning siydik meniskiga (yuzasiga) to‘g‘ri keladigan belgisi
aniqlanadi.
3. Natija yozib olinadi (3-rasm).
D. Siydik miqdorining normal ko‘rsatgichlari. Bir kecha-
kunduzda odam, odatda, 1–2
litr miqdorida siydik ajrata-
di. Bir kecha-kunduzlik siydik
hajmi ichilgan suyuqlik miq-
dori, ovqat xiliga, iqlimga,
odamning qanchalik terlashi va
boshqa fiziologik omillarga
bog‘liq bo‘ladi.
E. Patologiyasi.
1. Poliuriya. Siydik miq-
dorining ko‘payishi aksari qandli
va qandsiz diabetda, yurak va

Rangi
Patologik elementlari
Nimani
ko‘rsatadi?
1.
2.
3.
4.
5.
Sariq-jigarrang
Jigarrang
Jigarrang, loyqa
Qizil
Loyqa
O‘t (safro)
Eski qon, o‘t (safro)
Erkin gemoglobin
Eritrotsitlar
Yiring hujayralari va
bakteriyalar
Sariq kasalligi
qo‘zg‘atgan bezgak
Bakterial infeksiyalar, o‘t-
kir glomerulonefrit, infek-
sion endokardit, siydik yo‘l-
lari toshlari, siydik yo‘llari
xavfli o‘smalari, gemorragik
holatlar
Siydik yo‘llari infeksiyalari
3- rasm.
Siydik miqdorini
aniqlash.
Plazmodium falci farium


36
buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlardagi shishlar davolash
ta’sirida kamayganida kuzatiladi va hokazo.
2. Oliguriya buyrakda qon aylanishining susayishi va yoki
glomerlarning filtrlanishi izdan chiqishi tufayli siydik miqdorining
kamayishidir. Buyrakda qon aylanishining susayishiga odam
vujudining ancha suvsizlanib qolishi yoki yurak yetishmovchiligi
natijasida qon bosimining pasayib ketishi sabab bo‘lishi mumkin.
Glomerular filtrlanishning kamayishi o‘tkir glomerulonefritda,
shuningdek, o‘tkir kanalchalar nekrozining ilk bosqichlarida
kuzatilishi mumkin.
3. Anuriya ko‘pincha o‘tkir kanalchalar nekrozi natijasida
boshlang‘ich og‘ir oliguriya tufayli butunlay siydik kelmay qolishidir
(og‘ir giрotenziyada yoki dori preparatlarining buyrak kanalchalariga
bevosita zaharli ta’sir ko‘rsatishi natijasida).

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish