-MASHG’ULOT L A B O R A T O R I YA I S H I
ELEKTR O’LCHOV ASBOBLARINI TUZILISHINI, ISHLASHINI O’RGANISH VA AMPERMETRNI DARAJALASH
Savol 1
Asbobning sezgirligi, tok va kuchlanish bo’yicha bo’lim qiymati deb nimaga aytiladi?
Javob 1
Elektr zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni o’lchaydigan elektr o’lchov asboblarini mos holda ampermetr
va voltmetr deyiladi. Ampermetr elektr zanjiriga ketma-ket, voltmetr esa zanjirga parallel ulanadi.
Shuning uchun ampermetrning ichki qarshiligi juda kichik, voltmetrniki esa juda katta bo’ladi.
Ampermetr va voltmetrdan boshqa elektr o’lchov asboblari ham mavjud, lekin biz faqat ampermetr va
voltmetr bilangina tanishamiz holos. Elektr o’lchov asboblari asosan ularning sezgirligi, o’lchash darajasi,
aniqlik klassi va qaysi sistemaga kirishi bilan xarakterlanadi. Bu xarakteristikalar asbobning shkalasida
maxsus belgilar orqali ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |