Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi


R  tip  -  reflektor  tipidagi  datchiklar  (nur  qaytuvchi  katafot  orqali  qabul  qilinadi);  D tip



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

R  tip 
-  reflektor  tipidagi  datchiklar  (nur  qaytuvchi  katafot  orqali  qabul 
qilinadi); 
D tip 
- diffuzion tipdagi datchiklar (nur ob’ektdan tarqoq holatda qaytishi 
asosida qabul qilinadi).  
To‘siq  tipidagi  datchiklarda  nurlantirgich  va  qabul  qilish qurilmasi 
alohida  korpuslarda  va  bitta  o‘qda  bir-biriga  qarama-qarshi  holatda 
joylashtiriladi.  Bunda  ushbu  korpuslarning  o‘zaro  joylashtirilish  oraliq 
masofasi  100  metrga  etishi  mumkin.  Optik  datchikning  faol  zonasiga 
tushuvchi  predmet  nurning  uzilib  qolishiga  olib  keladi.  Qabul  qilish 
qurilmasi  yordamida  qayd  qilinuvchi  signal  xosil  qilinganidan  keyin, 
boshqaruvchi qurilmaga qayta ishlash uchun uzatiladi.  
Reflektor tipida ishlangan datchiklarda nurlantirgich va qabul qilish 
qurilmalari bitta tashqi korpus ichiga o‘rnatiladi. Nurning qaytishi uchun 
reflektordan  (katafot)  foydalaniladi.  Bu  tipda  ishlangan  datchiklar  ishlab 
chiqariluvchi maxsulotning son miqdorini hisoblash uchun, konveyerlarda 
keng  miqyosda  foydalaniladi.  Kuzgusimon,  silliq  metal  yuzalarga  ega 
bo‘lgan  ob’ektlarni  aniqlashda  reflektor  tipida  ishlangan  datchiklarda 
polyarizatsion  filtrlardan  foydalaniladi.  Reflektor  tipida  ishlangan 
datchiklarning ta’sir ko‘rsatish uzoqlik masofasi 8 metrdan oshadi.  
Diffuzion  datchiklarda  optik  signalni  tarqatuvchi  va  qabul  qiluvchi 
qurilma 
bitta 
korpusga 
joylashtiriladi. 
Qabul 
qilish 
qurilmasi 
o‘rganilayotgan  ob’ektdan  qaytuvchi  nurlanish  tutami  intensivligini 
hisoblash funksiyasini bajaradi. Bu tipdagi datchiklarda aniqlik darajasini 
ta’minlash  uchun,  fonning  susaytirilishi  funksiyasidan  foydalanish 
nazarda  tutilgan.  Bu  datchiklarda  ta’sir  ko‘rsatish  uzoqlik  masofasi 
ob’ektning  nurni  qaytarish  xossasiga  bog‘liq  hisoblanadi  va  bu  qiymat 
tuzatish  kiritish  koeffitsenti  yordamida  aniqlanishi  mumkin  va  standart 
nishondan foydalanish sharoitida 2 metrdan ortishi mumkin.  
Optik  datchiklarda  ishchi  holat  indikatori  mavjud  bo‘lib,  o‘z  navbatida 
sezgirlikni  boshqarish  moslamasi  noqulay  fonda  joylashgan  ob’ektni 
o‘rganishda  o‘lchash  jarayonini  rostlash  imkonini  beradi.  Zamonaviy 
optik  datchiklarda  nurlantirish  manbai  sifatida  nur  diodlaridan 
foydalaniladi.  
Optik  datchiklar  avtomatik  funksiya  bajaruvchi  boshqarish 
tizimining tarkibiy qismlaridan biri sifatida predmetlarning mavjudligi va 
ularning son miqdorini aniqlash, ularning yuzasiga tegishli tamg‘alarning 
yopishtirilganligi 
yoki 
yopishtirilmaganligiga 
aniqlik 
kiritish, 
yopishtirilgan 
maxsus 
yorliqlar 
yoki 
belgilarning 
mavjudligi, 
predmetlarning  joylashish  holati  va  saralanishini  amalga  oshirish  uchun 
keng  miqyosda  foydalaniladi.  Optik  datchiklar  yordamida  oraliq  masofa, 


 
157 
umumiy  tashqi  o‘lcham  (gabarit),  rang  va  shaffoflik  darajasi  kabilarni 
nazorat  qilish  mumkin.  Bu  ko‘rsatkichlar  yoritilishni  avtomatik 
boshqarish  tizimi  orqali  o‘rnatiladi,  shuningdek  muhofaza  qilish 
(qo‘riqlash)  tizimlarida  masofadan  turib  boshqariluvchi  qurilmalar 
strukturasida foydalaniladi.  
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish