158
foydalanish bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu ortiqcha sarf-harajatlar
qiymatini kamaytirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:
Texnikalarning barcha harakatlanishlarini avtomatik tarzda hisobga
olish, jumladan bosib o‘tilgan yo‘l va ishlov berilgan er maydonlarini
hisoblash;
Yoqilg‘i-moylash materiallarining (YOMM) talon-taroj qilinishining
oldini olish (YOMM sarfini monitoring qilish tizimini joriy qilish);
Texnikalarni bazadan ishlov beriluvchi ekin dalalarigacha olib
borishning optimal marshrutlarini
aniqlash;
Xosilning yig‘ib olinish joyidan qabul qilish punktiga etkazilishida
optimal marshrutlarni aniqlash;
Dala ishlarini bajarishda texniklarning joyini o‘zgartirish tezligini
nazorat qilish.
«
Aniq dehqonchilik
» (Precision Farming) deb nomlangan - qishloq
xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishda kompleks texnologiyalar
horijda 1990-yillardan boshlab faol holatda tashkil qilina boshlangan va
dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi fani sohasida ushbu yo‘nalishdagi
texnologiyalar agrar tarmoqqa tegishli tadbirkorlikni (biznes) nisbatan
yuqori sifat darajasiga olib chiqish imkonini beruvchi ilg‘or
texnologiyalardan biri hisoblanadi. Bu texnologiyalar zamonaviy bozor
sharoitida muvafaqqiyatli faoliyat olib borishda quyidagi keltirilgan 3 ta
asosiy masalalarni hal qilishni ta’minlab berish quroli sifatida o‘rin tutadi
- ya’ni, bunda o‘z vaqtida ta’minlanuvchi ob’ektiv axborotlarning
mavjudligi, ishonarli boshqaruvga oid qarorlarning qabul qilinishi
imkoniyatlari va bu qarorlarni amaliyotda ro‘yobga oshirish imkoniyatlari
masalalari nazarda tutiladi.
Ixtisoslashtirilgan texnik vositalar va dasturiy ta’minot yordamida ushbu
keltirib o‘tilgan, uchta o‘zaro chambarchas aloqadorlkidagi masalalarni
hal qilish mumkin. Shuningdek, quyidagi keltirilgan kenja tizimlarni o‘z
tarkibiga qamrab oluvchi, majmuaviy dasturiy-texnik vositalarni tuzib
chiqish natijasida maksimal samaradorlikka erishiladi:
1. Aniq dehqonchilik uchun apparatlarga oid vositalar - parallel holatda
quyidagi jarayonlarni amalga oshirish tizimi:
Tuproq sinov namunalarini olish va tuproq tahlillarini bajarish;
Differensial
kiritish tizimlari;
Xosil datchiklari.
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini monitoring qilish:
Er maydonlarining ishchi holatdagi uchastkalari chegaralarini
monitoring qilish;
Er maydonlarining agrokimyoviy monitoring qilinishi;
159
Xosil holatini
xaritaga tushirish;
Joyning shart-sharoitlarini
tahlil qilish;
3. Texnikalarni monitoring qilish:
GPS-navigatsiya asosida ma’lumotlarni avtomatik tarzda yig‘ishni
amalga oshirish;
Texnikalarning joyini o‘zgartirish jarayoni vizualizatsiyasi;
Qishloq xo‘jaligi ishlarini
tezkor tavsifda hisobga olish;
4. Texnologik rejalashtirish va boshqarish:
Texnik-iqtisodiy
rejalashtirish;
Tezkor rejalashtirish;
Qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini
tezkor tavsifda hisobga olish;
5.
Ma’lumotlarning nashr qilinishi va Internet tarmog‘i orqali
tarqatilishi.
Nazorat savollari:
1. "Aniq dehqonchilik" nima?
2. Kompleks dasturiy - texnik vositalar qanday imkoniyyatlar
beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: