Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

trilateratsiya
 deb nomlanadi.  
 
 
10.6.1-rasm. Trilateratsiy 
 
Agar,  bunda  su’niy  yo‘ldoshlardan  birigacha  bo‘lgan  A  oraliq 
masofa aniq bo‘lsa, u holda qabul qilish qurilmasi yordamida ob’ektning 
joylashish  koordinatalarini  aniqlash  mumkin  emas  (ya’ni,  ob’ekt  su’niy 
yo‘ldoshning atrofida aylana bilan tavsiflanuvchi, A radiusga ega bo‘lgan 
sferaning  hohlagan  nuqtasida  joylashgan  bo‘lishi  mumkin).  Aytaylik, 
qabul  qilish  qurilmasidan  ikkinchi  su’niy  yo‘ldoshgacha  bo‘lgan  oraliq 
masofa V aniq bo‘lsin. Bu holatda ham qabul qilish qurilmasi yordamida 
joylashish  koordinatalarini  to‘liq  aniqlash  mumkin  emas  -  ya’ni,  bunda 
ob’ekt  berilgan  ikkala  sferaning  o‘zaro  kesishish  sohasida  (bu  soha 
yuqoridagi  9.9-rasmda    ko‘k  rang  bilan  belgilangan)  qaerdadar 
joylashganligini  tahmin  qilish  mumkin.  Uchinchi  su’niy  yo‘ldoshgacha 


 
153 
bo‘lgan  oraliq  S  masofa  aniq  bo‘lgan  vaziyatda,  ob’ektning  joylashish 
koordinatalarini  aniqlash  2  ta  nuqtagacha  qisqaradi  (bu  holat  9.9-rasmda 
ikkita  ko‘k  katta  o‘lchamdagi  nuqtalar  bilan  belgilangan).  Bu  holat 
ob’ekning  joylashish  koordinatalarini  to‘liq  aniqlash  uchun  etarli 
hisoblanadi - gap shundaki, berilgan ushbu 2 ta nuqtadan faqat bittasigina 
Er  yuzasida  (yoki  bevosita  unga  juda  yaqin  sohada)  joylashgan  va 
ikkinchisi  esa  -  yolg‘ondakam  koordinata  bo‘lib,  erning  chuqur  ichki 
qismiga  yoki  er  yuzasidan  juda  baland  nuqtaga  to‘g‘ri  keladi.  Shunday 
qilib, nazariy jihatdan uch o‘lchamli navigatsiyani amalga oshirish uchun, 
qabul  qilish  qurilmasidan  uchta  su’niy  yo‘ldoshgacha  bo‘lgan  orqali 
masofani aniq bilish etarli hisoblanadi.  
Biroq,  haqiqiy  hayotda  barchasi  ushbu  keltirilgan  misoldagidek, 
oddiy  ko‘rinishga  ega  emas.  Yuqorida  keltirilgan  misolda  kuzatish 
nuqtasidan  su’niy  yo‘ldoshlargacha  bo‘lgan  oraliq  masofa  mutloq 
darajada aniqlikda bo‘lishi holatidagi xulosa chiqarish ifodalangan.  
Ma’lumki,  muhandislikda  ma’lum  darajadagi  me’yoriy  holatdan 
chetga  og‘ish  qiymati  (yuqoridagi  bo‘limlarda  ko‘rsatib  o‘tilgan,  qabul 
qilish 
qurilmalari 
va 
su’niy 
yo‘ldoshlarga 
o‘rnatilgan 
soat 
mexanizmlarning  bir-biriga  uyg‘unlashtirilishidagi  aniqlik  darajasi, 
yorug‘lik  nuri  tezligining  atmosfera  holatiga  bog‘liqligi  va  hakozo 
sabablarga  ko‘ra)  ham  sezilarli  darajada  ta’sirga  ega  hisoblanadi.  SHu 
sababli,  qabul  qilish  qurilmasining  joylashish  joyini  aniqlash  uchun, 
kamida uchta su’niy yo‘ldoshgacha bo‘lgan oraliq masofani o‘lchash talab 
qilinadi.  
To‘rtta  (yoki  undan  ortiq  sondagi)  su’niy  yo‘ldoshlardan  signal 
qabul  qilish  orqali,  qabul  qilish  qurilmasi  tegishli  sferalarning  o‘zaro 
kesishish  nuqtasini  topishni  amalga  oshiradi.  Agar,  bu  tavsifdagi  nuqta 
mavjud  bo‘lmasa,  u  holda  qabul  qilish  qurilmasining  protsessori  ketma-
ketlikdagi yaqinlashtirish uslubi  yordamida, ushbu qurilmaga o‘rnatilgan 
soat  mexanizmini  barcha  qarab  chiqilayotgan  sferalarning  bitta  nuqtada 
kesishishiga  erishilgunga  qadar  korreksiyalashni  amalga  oshirish 
funksiyasini ishga tushiradi.  
Qayd 
qilish 
kerakki, 
joylashish 
koordinatalarini 
aniqlash 
jarayonining  aniqlik  darajasi  nafaqat  qabul  qilish  qurilmasidan  su’niy 
yo‘ldoshgacha bo‘lgan oraliq masofani nozik aniqlikda o‘lchash bilangina 
bog‘liq  bo‘lib  qolmasdan,  balki  su’niy  yo‘ldoshlarning  joylashish  joyi 
haqidagi  ma’lumotlardagi  me’yoridan  chetga  og‘ish  holatlariga  ham 
bog‘liq 
hisoblanadi. 
Orbitalarning 
va 
su’niy 
yo‘ldoshlarning 
koordinatalari nazorat qilinishi erda joylashgan 4 ta nazorat stansiyalarida 
va  shuningdek,  AQSH  Mudofaa  vazirligi  nazorati  ostida  faoliyat  olib 


 
154 
boruvchi  Aloqa  tizimlari  va  boshqaruv  markazi  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Nazorat  stansiyalari  barcha  mavjud  su’niy  yo‘ldosh 
tizimlarining  holatini  doimiy  ravishda  kuzatib  boradi  va  ularning 
orbitalari  haqidagi  ma’lumotlarni  boshqaruv  markaziga  uzatadi,  bu  erda 
su’niy yo‘ldoshlar traektoriyalari hisoblab chiqiladi va ularga o‘rnatilgan 
soat  mexanizmlariga  tegishli  tuzatishlar  kiritiladi.  Ko‘rsatib  o‘tilgan 
ko‘rsatkichlar almanax tipidagi ma’lumotlar tarkibiga kiritiladi va su’niy 
yo‘ldoshga  uzatiladi,  o‘z  navbatida  bu  ma’lumotlar  barcha  funksiya 
bajarayotgan qabul qilish qurilmalariga uzatib beriladi.  
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  tizimlardan  tashqari,  yana  bir  qator 
navigatsiya  jarayonini  amalga  oshirish  aniqligini  kuchaytiruvchi  tizimlar 
ham  mavjud  hisoblanadi  -  masalan,  signallarni  qayta  ishlashning  alohida 
sxemalari interferensiya ta’sirida (su’niy yo‘ldoshdan bevosita uzatiluvchi 
signallar bilan qaytuvchi, masalan inshootlardan qaytuvchi signallar bilan 
o‘zaro  ta’sirlashishi)  yuzaga  keluvchi  xatoliklar  darajasini  kamaytirish 
imkonini  beradi.  Ushbu  o‘rinda  matnni  ortiqcha  murakkablashtirib 
yubormaslik  uchun,  biz  ushbu  qurilmalarning  funksiya  bajarish 
tamoyillariga batafsil holatda to‘xtalib o‘tirmaymiz. 
Yuqorida  keltirilganidek,  tizimga  kirish  qat’iy  nazorat  qilinishi 
rejimi  olib  tashlanganidan  keyin,  fuqarolik  maqsadlarida  foydalaniluvchi 
navigatsion qabul qilish qurilmalari yordamida joylashish joyini aniqlash 
3-5  metrgacha  xatolik  bilan  (balandlik  10  metr  atrofidagi  aniqlik 
darajasida) amalga  oshirilishidan keng miqyosda foydalanila boshlangan. 
Ushbu keltirilgan ko‘rsatkichlar raqamlari bir vaqtning o‘zida qabul qilish 
qurilmasining 6-8 tagacha su’niy yo‘ldoshdan signal qabul qilishi holatiga 
tegishli  hisoblanadi  (ko‘pgina  zamonaviy  apparatlarla  12  kanalli  qabul 
qilish  qurilmasi  mavjud  bo‘lib,  bir  vaqtning  o‘zida  12  ta  su’niy 
yo‘ldoshdan keluvchi signallarni qayta ishlash imkonini beradi).  
Joylashish  koordinatalarini  aniqlashda  xatoliklarni  sifatli  darajada 
kamaytirish  (bir  necha  santimetrgacha)  imkonini  beruvchi  rejim  - 
differensial korreksiya
 (DGPS - Differential GPS) tizim deb nomlanadi.  
Differensial  rejim  ikkita  qabul  qilish  qurilmasidan  foydalanishni 
nazarda tutadi - ya’ni, bunda ulardan bittasi joylashish koordinatalari aniq 
bo‘lgan nuqtada joylashadi  va  «
baza  sifatidagi
» qurilma  deb nomlanadi, 
ikkinchisi  esa  -  oldingidek,  mobil  qurilma  sifatida  funksiya  bajaradi. 
«
Baza  sifatidagi
»  qabul  qilish  qurilmasi  orqali  olingan  ma’lumotlar 
harakatchan  (mobil)  apparat  orqali  yig‘ilgan  axborotlarga  tuzatishlar 
kiritish 
uchun 
foydalaniladi. 
Bunda 
tuzatish 
kiritish 
jarayoni 
ma’lumotlarni  qayta  ishlashning  joriy  vaqt    (
on-layn
)  rejimida  va 


 
155 
shuningdek,  «
off-layn
»  rejimida,  masalan  kompyuter  yordamida 
bajarilishi asosida amalga oshirilishi mumkin. 
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish