O‘g‘itlarni solish bo‘yicha ko‘rsatma-tavsiyalar
. Tuproq tahlili
bo‘yicha yakuniy natijalar - bu har bir ekin maydoni va har bir ekin turi
bo‘yicha talab qilingan o‘g‘itlarni solishni aniqlab beruvchi aniq
tavsiyalarni ishlab chiqishdan tashkil topadi.
Foydalaniluvchi tuproq sinov namunalarini olish qurilmalari
avtomatik tarzda ish bajarish va sinov namunalarini olishni ko‘p marta
takroriylikda va tezkorlikda bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, navbatdagi
bosqichda olingan tuproq namunalari tuproq tarkibidagi kimyoviy
moddalarning taqsimlanish holatiga aniqlik kiritish elektron xaritalarni
tuzib chiqish maqsadlarida tahlil qilinadi.
Yig‘ib olingan tuproq sinov namunalari tartib raqamlari bilan
belgilab chiqiladi va boshqa laboratoriyaga junatiladi yoki bevosita,
Sizning kompaniyangizda tashkil qilingan laboratoriyada tahlil qilinishi
mumkin. Amalga oshirilgan tadqiqot-tahlil jarayonida tuproq tarkibida
mavjud bo‘lgan, nisbatan muhim ahamiyatga ega ozuqa moddalar -
10.7.3.2-rasm. Avtomobil kabinasi ichidagi yoki kuzoviga maxkamlangan
sinov namuna olish qurilmasi
162
birinchi navbatda, N, P, K, shuningdek bir qator holatlarda boshqa
elementlar va kimyoviy birikmalar aniqlanadi, bunda olingan natijalarni
qayta ishlash imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minotdan
foydalaniladi va tuproq tarkibida kimyoviy moddalarning taqsimlanish
holati bo‘yicha natijalar xaritaga tushiriladi. Ushbu ishlab chiqilgan xarita
ekin maydonlariga o‘g‘itlarning differensial tavsifda solinishi bo‘yicha
texnologik xaritalarni tuzib chiqish maqsadlarida va shuningdek, talab
qilingan o‘g‘itlar miqdori va o‘simliklarni himoya qilish vositalari
hajmiga aniqlik kiritish, hisoblash ishlarida foydalaniladi.
Xosil datchiklaridan foydalanish ekin maydoni birligiga nisbatan,
xosildorlik qiymati va don xosilining tarkibi namlik qiymatini aniqlash
imkonini beradi, Shuningdek kombaynning joylashish joyi va ekin
maydonining notekislik darajasiga ham aniqlik kiritib beradi. Bu tizim har
qanday hoxlagan modeldagi kombaynlarga o‘rnatilishi mumkin va uning
tarkibini GPS-qabul qilish qurilmasidan tashqari, bunkerdagi don hajmini
optik usulda aniqlash datchigi, donning namlik darajasini aniqlash
datchigi, ko‘ndalang va bo‘ylama yo‘nalishda me’yoridan og‘ish
qiymatini aniqlash datchiklari, xosildorlik qiymatini elektron-hisoblash
moduli, bortga o‘rnatilgan axborot berish tizimi, xotira kartasi, kalibrator
qurilamalari tashkil qiladi.
Datchiklarning ko‘rsatkichlari asosida kombayn elevatorida don
hajmi qiymati aniqlanadi va Shuningdek, donning namlik miqdori qayd
qilinadi. Ushbu tizimni joriy qilishning ijobiy ta’siri - bu agrokimyoviy
tahlillar va xosildorlik xaritasini hisobga olish orqali, purkovchi va
sepuvchi tipda ishlangan qurilmalarning funksiya bajarish texnologik
xaritasini tuzib chiqish asosida, o‘g‘itlar va kimyoviy moddalar miqdori
maqsadga muvofiq holatda kamaytirish imkoni tug‘iladi. Tahlil qilish
jarayoni xosildorlik va namlik miqdori xaritasi asosida, maxsus
ixtisoslashtirilgan dastur bilan ta’minlangan kompyuter yordamida
bajariladi.
10.7.3.3-rasm. Hosil datchigi
163
Do'stlaringiz bilan baham: |