164
11.
TANAZZULGA
UCHRAGAN
TUPROQLARNI
O‘RGANISHDA
GAT
TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISHNING BATAFSIL SHARHI
11.1. Tuproq kartografiyasi konsepsiyasi
Er resurslaridan oqilona foydalanish masalasining hal qilinishi
sifatli tuproqshunoslik xaritalarini tuzib chiqishga ob’ektiv yondoshishni
talab qiladi va bunda xarialarni tuzib chiqish jarayoni ko‘p vaqtni va
vositalarni talab etadi. Ushbu ishlarni tezlashtirish va ularni nisbatan
samarali darajada bajarishni zamonaviy texnik vositalar yordamida -
ya’ni, aero-fototavsir va GAT-texnologiyalar materiallaridan foydalanish
asosida amalga oshirish mumkin.
Ko‘pgina ilmiy yo‘nalishlarning zamonaviy rivojlanish bosqichi
tizimlashtirish, tasniflash, nazariy jihatdan umumlashtirish, to‘plangan
keng ko‘lamdagi bilimlarni sintezlash kabi jarayonlar bilan tavsiflanadi,
o‘z navbatida hozirgi vaqtda ushbu masalalarni hal qilishda an’anaviy
uslublar va yondoshuvlardan foydalanish samara bermaydi. Jumladan,
turli xil ilmiy yondoshuvlarni uyg‘unlikda umumiy konsepsiya asosida
birlashtirish imkonini beruvchi yagona uslubiy asoslarni yaratish ehtiyoji
yuzaga kelishi qayd qilinadi. GATning mazmun-mohiyati - bu
axborotlarning kartografik ob’ektlar bilan semantik shaklda (matn
shaklida, jadval va Shuningdek grafiklar shaklida) bog‘lanishini amalga
oshirishga qodirlik bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonni amalga oshirish
ushbu axborotlar o‘rtasida makonga oid aloqadorlikni qaror toptirishga
asoslanadi. Har qanday hoxlagan hududda er maydonlaridan foydalanish
tizimi rivojlanishi davomida er maydonlarining potensial resurslariga
muvofiq kelishi talab qilinadi, ya’ni ushbu tushuncha orqali tabiiy
landshaftlarning qo‘shimcha sarf-harajatlarsiz holatda barqarorligini
ta’minlash va shuningdek, salbiy ekologik vaziyatlarning yuzaga kelishi
ehtimolligi darajasini nol qiymatgacha tushirishga intilish nazarda tutiladi.
Hududlarning resurs potensiali qiymatini tahlil qilish asosi sifatida
o‘rganilayotgan hududga tegishli bo‘lgan geografik axborotlar tizimi o‘rin
tutadi, bu axborotlarning tarkibida er maydonlarining haqiqiy mavjud
holati haqidagi ma’lumotlar, erdan foydalanishning asosiy turlari nuqtai
nazaridan ushbu hududa joylashgan er maydonlarining yaroqlilik
darajasini tahlil qilish, Shuningdek bu er maydonlariga qishloq xo‘jaligi
ekinlari va alohida ekin turlarini joylashtirishni optimallashtirish
texnologiyalari haqidagi ma’lumotlar mavjud hisoblanadi. Bunda asosiy
diqqat-e’tibor erdan foydalanish bo‘yicha maqsadga muvofiq modellarni
166
xosildorlik va donli ekinlarning almashlab ekilishi joylashtirib
chiqilishining rentabelligi asosida ishchi uchastkalarni modellashtirib
chiqishning asosi sifatida o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: