Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Elektron xarita 
(EX) - bu tarkibi ma’lum bir aniq turdagi ko‘rinish 
va  masshtabga  ega  bo‘lgan  xaritalar  tarkibida  mavjud  bo‘lgan 
axborotlarga mos keluvchi, axborotlarning maxsus ishlab chiqilgan shartli 
belgilar  tizimi  asosida,  ushbu  axborotlarni  aks  ettiruvchi  qurilmalar 
ekranida  ko‘rish  uchun  (vizualizatsiya)  mo‘ljallangan  tarzda  ishlab 
chiqilgan  yoki  kuzatiluvchi  kartorafik  raqamli  model  hisoblanadi 
[
https://ru.wikipedia.org/
 ]. 
Bunda  elektron  xarita  tarkibida  shartli  belgilar  tizimi  o‘z  tarkibiga 
maxsus  shriftlarni  qamrab  oladi,  elektron  xaritalarning  tasniflanishi  esa  - 
xaritalarning:  masalan,  elektron  topografik  xaritalar,  elektron  aviatsion 
xaritalar, elektron geologik xaritalar, elektron kadastr xaritalar va boshqa 
turdagi xaritalarning umumiy klassifkatsiyalanishiga mos tushadi.  
Umumiy  holatda,  tuproqshunosikka  oid  GAT  o‘z  tarkibiga 
xo‘jaliklarning ko‘p qavatlardan tashkil topgan elektron xaritasi va barcha 
agrotexnik  chora-tadbirlar  bajarilishi  hisobga  olingan,  er  maydonlarining 
tarixi  ma’lumotlari  bo‘yicha  atributlar  bazasini  qamrab  olishi  talab 
qilinadi.  Elektron  xaritalar  tarkibida  mavzularga  oid  qavatlarning  son 
miqdori 
ekologik-landshaftlarning 
shart-sharoitlariga 
va 
agrotexnologiyalarning  intensifikatsiya  darajasiga  (har  bir  gektar 
maydonga  nisbatan  sarflanuvchi  sarf-harajatlar  miqdori  va  xosildorlik 
qiymati  bo‘yicha  aniqlanadi)  bog‘liq  hisoblanadi.  Umumiy  holatda,  er 


 
124 
maydonlarining  elektron  xaritalari  o‘z  tarkibiga  quyidagi  qavatlarni 
qamrab olishi belgilanadi: 

 
Mezorelef  (relefning  mezoshakllarini,  nishabliklarning  shakllarini 
ko‘rsatish bilan birgalikda); 

 
Yonbag‘irlarning qiyaligi; 

 
Yonbag‘irlarning ekspozitsiyasi (issiq, sovuq, neytral tavsifda); 

 
Mikrorelef  (u  yoki  bu  shakllardagi  mikrorelefning  ustunlik  qilishi, 
mavjud  bo‘lgan  agrokimyoviy  jihatdan  ahamiyati  kabilarni  ko‘rsatish 
bilan birgalikda); 

 
Mikroiqlim; 

 
Er  osti  suvlarining  sathi  va  ularning  tarkibi  va  ma’danlashish 
(mineralizatsiya) darajasi; 

 
Tuproq xosil qiluvchi va er yuzasiga ko‘tarilib turuvchi jinslar; 

 
Tuproq qoplamining mikro-strukturasi (tuproq xaritalari); 

 
Tuproq tarkibidagi gumus miqdori; 

 
O‘simliklarning  mineral  oziqlanishi  tarkibining  harakatchan 
shakldagi elementlar va mikro-elementlar bilan ta’minlanganlik darajasi; 

 
Tuproqlarning 
rN
 qiymati; 

 
Tuproqlarning fizik xossalari; 

 
Og‘ir metallar, radionuklidlar va boshqa toksikant (zaharli) moddalar 
ta’sirida ifloslanish darajasi; 

 
Tuproqlarning eroziyaga uchrash darajasi, eroziyaga uchrash havfi va 
boshqa fizik degradatsiya turlari (ko‘chish, sel va boshqalar); 

 
Tuproq  tarkibida  namlik  miqdorining  me’yoridan  ortiqcha  darajada 
ortishi  va  botqoqlashishi,  jumladan  -  ikkilamchi  gidromorfizm,  suv 
bosishi va boshqalar. 

 
Tuproqlarning sho‘rlanishi (sho‘rlanish tiplari va darajasi); 

 
Tuproqlarga quyosh nuri tushishi darajasi; 

 
Tabiiy  em-hashak  ekinlarining  holatini  baholash  bilan  birgalikda, 
o‘simliklar qoplami; 

 
Tabiiy  o‘rmonzorlar  va  su’niy  ekilgan  o‘rmonzorlarning  holatini 
baholash bilan birgalikdagi o‘rmon o‘simliklar qoplami; 

 
Foydali  hayvon,  qushlar  turlari,  Shuningdek  foydali  entomofaglar 
turlarining tarqalishi, ularning hududi ta’sirini baholash; 

 
Ekin dalalarining fitosanitariya nuqtai nazaridan holati.  
Yuqorida  eslatib  o‘tilganidek,  kompyuter  yordamida  kartografik 
maxsulotlarni  yaratish  turli  xil  uslublar  asosida  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Jumladan,  bir  qator  grafik  tahrirlovchilar  (Corel  Draw,  Adobe 
Illustrator, Adobe Indesign va boshqalar) juda ham yuqori darajada sifatli 


 
125 
bo‘lgan  va  tarkibi  jihatidan  murakkab  tavsifga  ega  xaritalarni  ishlab 
chiqish  imkonini  beradi.  Biroq,  hatto  har  qanday  hoxlagan  grafik 
tahrirlovchilar yordamida yaratilgan, aniq tavsifga ega bo‘lgan kartografik 
tasvirlarni  ham 
geoaxborotlar  tizimi
  deb  nomlash  mumkin  emas.  Bu 
ko‘rinishdagi tasvirlar - 
raqamli xaritalar
 deb nomlanadi va GAT turkibiy 
elementlari  yoki  uning  funksiya  bajarishining  natijasi  sifatida  qarab 
chiqiladi.  Juda  ko‘pincha  holatlarda 
raqamli  xaritalar
  tushunchasi 
kompyuter  xaritalari
  tushunchasi  bilan  chalkashtiriladi.  Shu  bilan  bir 
vaqtda, agar ularning tashqi chegaralari o‘zaro mos tushgan holatda ham, 
har  doim  raqamli  xaritalarni  GAT  tarkibiga  oddiy  yo‘l  bilan  kiritish 
mumkin emas. Bunda qog‘oz yoki plastik shaklida ko‘p miqdorda (adad) 
nashr  qilish  uchun  va  Shuningdek,  GAT  uchun  tayyorlangan  raqamli 
xaritalarni  o‘zaro  farqlash  talab  qilinadi.  Odatda,  GAT  uchun  ishlab 
chiqilgan  raqamli  xaritalarni  nashr  qilish  uchun  mo‘ljallangan  raqamli 
xaritalar  maketlaridan  farqlash  imkonini  beruvchi  bir  qator  belgilarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. GATning muhim hisoblangan belgilaridan biri 
-  bu ob’ektlarning geografik  jihatdan bog‘lanishi  bilan  bog‘liq bo‘lib, bu 
holat yagona koordinata asosidagi makondan foydalanish imkonini beradi.  
Proeksiyalarni 
bitta 
koordinatalar 
tizimidan 
boshqasiga 
transformatsiyalash  va  o‘zgartirishni  yakuniy  maxsulotning  xossa- 
xususiyatlariga  tayangan  holatda  amalga  oshirish  mumkin.  Qat’iy 
tartibdagi  koordinatalar  asosidagi  bog‘lanishlardan  foydalanib,  bir  xil 
qavatlarda  ifodalangan  yoki  turli  xil  tipdagi  va  masshtabdagi  GAT 
ob’ektlarini osonlik bilan boshqarishni amalga oshirish mumkin. Umumiy 
holatda, foydalanuvchiga turli xil uslublardan foydalanish asosida yig‘ish 
jarayonini  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  turli  xil  tarkibiy  qismlar 
to‘plami  taqdim  etiladi,  tayyor  holatdagi  GAT  esa  -  faqatgina  ushbu 
yig‘ish  jarayoniga  ijodiy  yondoshishda  foydalanuvchi  qobiliyatlarining 
namoyon  bo‘lishini  belgilab  beradi.  GATning  boshqa  bir  fundamental 
belgilaridan  biri  -  bu  tahliliy  qayta  ishlashdan  foydalanish  bilan  bog‘liq 
hisoblanadi. Bu holatda tahlil qilish algortmi (bajarilishi belgilangan ishlar 
ketma-ketligi)  so‘rovlar  asosida  foydalanuvchining  o‘zi  tomonidan  tuzib 
chiqiladi.  Makonga  oid  tahlil  bo‘yicha  bir  nechta  ketma-ketlikdagi 
operatsiyalarni  (buferizatsiya,  birlashtirish,  kesib  olish,  joylashtirish) 
bajarish  orqali  deyarli  har  doim  talab  qilingan  yakuniy  natijalar  xosil 
qilinishi mumkin.  
Navbatdagi  qismlarda  bu  ko‘rinishdagi  opreratsiyalarni  amalga 
oshirish  jarayonini  nisbatan  alohida  tarkibiy  qismlari  bo‘yicha  batafsil 
holatda  qarab  chiqamiz  va  ularning  ishlashini  misollarda  ko‘rsatib 
beramiz.  GATning  nisbatan  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 


 
126 
funksiyalaridan  biri  -  bu  u  asosida  modellashtirish  imkoniyatlari 
mavjudligi bilan bog‘liq hisoblanadi. Tamoyil jihatidan odam tomonidan 
faqat  «
agar,  ...  bo‘lsa,  u  holda  nima  yuz  beradi
?»  tipidagi  so‘rovlar 
seriyasi tuzib chiqilishi mumkin va o‘z navbatida, ushbu so‘rovlar asosida 
joyning oddiy modeli yoki geografik ob’ekt modeli ishlab chiqiladi.  
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish