Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Arcview  GIS
 -  yaqin  davrlarda  ishlab  chiqilgan  va  nisbatan  juda 
ommalashgan  GAT  bo‘lib,  mukammal  tezlik  ko‘rsatkichlariga  egaligi, 
kengaytmalar  modellarining  keng  ko‘lamdagi  bazasi  mavjudligi  va 
qo‘shimcha  dasturiy  ta’minotga  egaligi  kabi  jihatlari  ko‘zda  tutilganligi 
uchun,  hozirgi  kunga  qadar  ko‘p  sondagi  foydalanuvchilar  tomonidan 
ishlatiladi.  Bu  GAT  tarkibida  ma’lumotlarning  formati  xususiy  tavsifga 
ega  bo‘lib,  bu  holat  ushbu  kompaniya  tomonidan  qarab  chiqilayotgan 
yo‘nalishda  ishlab  chiqariluvchi  boshqa  dasturiy  maxsulotlarda  xam 
e’tiborga olinadi.  
ARC/INFO
 -  hozirgi  kunda  nisbatan  eskirgan  GATlardan  biri 
bo‘lib, o‘zining mavjudlik tarixini ESRI korporatsiyasi tomonidan ishlab 
chiqarilishi  asosida  boshlangan  va  yaqin  davrlargacha  topologik  o‘zaro 
aloqadorlik  bog‘lanishlarini  nazorat  qilish  bilan  birgalikda,  keng 
ko‘lamdagi  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  va  tahlil  qilish  masalalarini  hal 
qilish  uchun  mo‘ljallangan,  kuchli  va  ish  unumdorligi  yuqori  bo‘lgan 
GAT  dasturiy  ta’minoti  turlaridan  biri  sifatida  foydalanib  kelingan.  Bu 
dasturiy  ta’minot  ko‘pincha  holatlarda  ArcView  GIS  bilan  juftlikda 
foydalanilgan bo‘lib, bunda ArcView GIS dasturiy maxsuloti ARC/INFO 
yordamida  tayyorlangan  ma’lumotlarning  vizualizatsiyasini  ta’minlash 
funksiyasini  bajargan.  Bu  GAT  ma’lumotlar  bo‘yicha  o‘zining  xususiy 
formatiga ega hisoblanadi.  
ArcGIS
 - bu hozirgi kunda nisbatan keng tarqalgan GATlardan biri 
hisoblanadi.  Bu  dasturiy  maxsulot  Arcview  GIS  va  ARC/INFO 
dasturlarining  takomillashtirilishida  navbatdagi  qadam  sifatida  o‘rin 
tutadi.  Jumladan,  nisbatan  do‘stona  tavsifga  ega  interfeysga  egaligi, 
Microsoft  kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqariluvchi  barcha  dasturiy 
maxsulotlar bilan o‘zaro tanishligi, ma’lumotlarni tahrirlash va boshqarish 
bo‘yicha  mukammallashtirilgan  boshqaruv  vositalariga  egaligi  bilan 
farqlanadi.  ArcGIS  va  Arcview  GIS  bir-biri  bilan  atamashunoslik  nuqtai 
nazardan  va  shuningdek,  formatlar  bo‘yicha  ham  chambarchas 
integratsiyalangan  (masalan,  ArcGIS  tarkibida  ArcView  GIS  va 
ARC/INFO  dasturlarida  foydalaniluvchi  formatlardan  foydalanish 
mumkin).  
Mapinfo
 (Mapinfo  Corp)  -  unchalik  murakkab  bo‘lmagan 
kartografik  ishlarni  va  tahlillarni  bajarishda  keng  ommalashgan  va 


 
130 
jumladan, Rossiya miqyosida keng miqyosda foydalaniluvchi GATlardan 
biri  hisoblanadi.  Bu  dasturiy  maxsulot  ArcGIS  ishlab  chiqilgunga  qadar, 
eng  qulay  interfeyslardan  biriga  ega  dastur  sifatida  qayd  qilingan  va 
shuningdek, Mapinfo bevosita Arcview va ARC/INFO dasturlaridan o‘zib 
ketuvchi  farqlanishlarga  ega  hisoblanadi.  Bu  dastur  horijda  nisbatan 
kamroq  darajada  tarqalgan.  Dastur  o‘zining  til  ishlanmalariga  ega 
hisoblanadi.  Oldingi  dasturiy  maxsulotlar  bilan  solishtirilganda,  boshqa 
formatlar  bilan  ishlash  imkoniyatlari  nisbatan  sezilarli  darajada  kamtarin 
tavsifga ega hisoblanadi  

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish