Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Nazorat savollari: 
1.Elektron xarita va vizual kartografik materiallar o'rtasidagi farq nimada? 
2. Elektron kartaning ramzlari nimani o'z ichiga oladi? 
3. Kompyuter yordamida kartografik mahsulot qanday yaratiladi? 
4.  Raqamli  xaritalarni  elementlarning  tarkibiy  yoki  GAT  faoliyatining 
natijasi sifatida ko'rib chiqilishi mumkinmi? 
 
7.6. Plotterdan foydalanish 
 
Grafa  tuzib  chiquvchi 
(grek  tilida  - 
γράφω
  so‘zi 
yozaman, 
chizaman
  degan  ma’noni  anglatadi)  plotter
 
-  bu  rasmlar,  sxemalar, 
murakkab  tavsifga  ega  bo‘lgan  chizmalar,  xaritalar  va  boshqa  grafik 
axborotlarni  qog‘ozga  yuqori  darajada  aniqlikda  avtomatik  ravishda 
chizish  uchun  mo‘ljallangan  qurilma  hisoblanadi.  Grafa  tuzib  chiquvchi 
qurilmalar  tasvirni 
pero
  (chizuvchi  blok)  yordamida  chizishni  amalga 
oshiradi.  Grafa  tuzuvchi  qurilmalaring  kompyuter  bilan  bog‘lanishi  o‘z 
navbatida,  ketma-ketlikda  o‘rnatilgan  port,  Shuningdek  parallel  port, 
SCSI-interfeys
  va 
Ethernet
  orqali  amalga  oshiriladi.  Grafa  tuzish 
qurilmalarining  ayrim  modellari  tarkibi  o‘rnatilgan  bufer  (o‘lchamlari  1 
Mbayt va undan ortiq bo‘lgan) bilan jihozlanadi.  
Dastlabki  ishlab  chiqarilgan  plotterlar  (masalan,  1959-yilda  ishlab 
chiqarilgan  -  «
Calcomp  565
»  rusumidagi  model)  tamoyil  jihatidan, 
qog‘ozning  rolik  yordamida  siljishi  asosida  ish  bajargan,  bunda 
X
  va 
Y
 
koordinatalar 
belgilanishi 
peroning 
harakatlanishi 
yordamida 
ta’minlangan. Boshqa bir navbatdagi yondoshuvda (ya’ni, dastlabki CAD-
tizimi hisoblangan va Computervision’s Interact I orqali amaliyotga joriy 
qilingan  yondoshuv)  modernizatsiyalangan  pantograf  tipida  ishlash 
funksiyasi  nazarda  tutilgan  bo‘lib,  bunda  qurilma  funksiyalari  hisoblash 
mashinasi  orqali  boshqarilishi  ta’minlangan  va  qurilma  tarkibida 
chizuvchi element sifatida sharikli perodan foydalanilgan.  
Bu  uslubning  kamchiligi  shundaki,  ya’ni  chizilishi  belgilangan 
tegishli  soha  uchun  mos  keluvchi,  tegishli  makon  mavjud  bo‘lishi  talab 
qilinadi.  Biroq,  uning  kamchiligidan  kelib  chiqib,  ushbu  uslubning 
afzalligi - peroning joylashish pozitsiyalarining aniqlik darajasini osonlik 


 
127 
bilan  oshirish  va  mos  ravishda,  qog‘ozga  tushirilayotgan  chizilayotgan 
rasmning  aniqligini  ta’minlash  imkoniyati  mavjudligi  bilan  bog‘liq 
hisoblanadi.  Keyinchalik  ushbu  qurilmaning  tarkibi  qo‘shimcha  maxsus 
kasetta tipida ishlangan tutqich bilan ta’minlangan va o‘z navbatida, turli 
xil qalinlik va ranglardagi perolar jamlanmasi bilan jihozlangan.  
 
 
 
7.6.1-rasm. Grafa tuzib chiquvchi - plotterning umumiy ko‘rinishi 
 
1970-yillarga  kelib, 
Hewlett  Packard
 va 
Tektronix
  firmalari 
tomonidan  o‘lchamlari  standart  ishchi  stolining  o‘lchamlari  bilan  mos 
keluvchi, planshet plotterlar ishlab chiqarila boshlangan. 1980-yillarda esa 
-  yanada  kichikroq  o‘lchamdagi  va  shu  bilan  birgalikda,  nisbatan  engil 
bo‘lgan  -  NR  7470  modeli  ishlab  chiqilgan,  bu  model  tarkibida 
qog‘ozning  siljishi  uchun  innovatsion  texnologiya  -  «
donador 
g‘ildirak
»dan foydalanilgan.  
Ushbu  maishiy  maqsadlarda  foydalanishga  mo‘ljallangan, 
o‘lchamlari unchalik katta bo‘lmagan plotterlar ishga oid ilovalarda ham 
foydalanilishi keng ommalashgan, biroq ish bajarish unumdorligi pastligi 
sababli,  umumiy  maqsadlarga  mo‘ljallangan  nashrlarni  tayyorlash  uchun 
deyarli amaliy jihatdan foydasiz hisoblangan.  
Yuqori  ruxsat  etilish  qiymatiga  ega  bo‘lgan,  sepuvchi  va  lazer 
printerlar  ishlab  chiqilishi  va  keng  tarqalishi,  shuningdek  kompyuter 
xotira  qurilmalarining  arzonlashishi  va  rastr  tasvirlarni  qayta  ishlash 
tezligining  ortishi  ta’sirida  grafa  tuzish  qurilmalari  amaliyotda 
foydalanishdan  siqib  chiqarilgan  va  foydalanish  sohalarida  deyarli 
butunlay yo‘qolgan.  
Grafa tuzish qurilmalarining quyidagi tiplari ishlab chiqarilgan:  

 
Rulonli va planshetli; 

 
Peroli, sepuvchi va elektrostatik; 


 
128 

 
Vektor va rastr tavsifga ega. 
Grafa  tuzuvchi  qurilmalar  grafik-chizma  shaklida  axborotlarni  yuqori 
darajada sifatli xujjatlashtirilishi uchun mo‘ljallangan.  
Grafa  tuzuvchi  qurilmalarni  umumiy  holatda  quyidagi  ko‘rinishda 
tasniflash mumkin: 

 
Chizmani  shakllantirishi  bo‘yicha  -  ya’ni,  ihtiyoriy  ravishda 
skanerlovchi va rastr tavsifda skanerlovchi; 

 
Manbani  joylashtirish  uslubiga  ko‘ra  -  ya’ni,  planshet,  barabanli  va 
aralash tavsifdagi (friksion, abraziv boshchali); 

 
Foydalaniluvchi qurollar bo‘yicha (chizuvchi boshcha tipiga ko‘ra) - 
peroli, foto-tuzib chiquvchi moslamali, skreyb boshchali, frazer boshchali. 
Shuningdek,  keng  formali  printerlar  va  katterlar  (ingliz  tilida  - 
cutter
)  ham  umumiy  nom  bilan  plotterlar  deb  nomlanadi.  Albatta,  ushbu 
qurilmalarning bu ko‘rinishdagi nomlanishi to‘liq mos kelmaydi, biroq bu 
nomlanish  hozirgi  vaqtda  standartga  aylanib  o‘lgarganligi  ham  rad  etib 
bo‘lmaydigan dalil hisoblanadi.  

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish