Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

Nazorat savollari: 
1. Internet GATda ishlab chiquvchilarga nima beradi? 
2. GAT va veb-texnologiyalarni integratsiya qilish jarayoni qanday? 
3. Geoportal nima? 
4. Geoportallarning asosiy vazifalari nimada? 
 
9.3. Ixcham (mobil) geografik tizimlarni o‘rganish 
 
Ixcham 
(mobil  yoki  harakatchanlik  ta’minlangan,  olib  yurish 
mumkin  bo‘lgan)
 
GAT  -  bu  ma’lumotlar  bilan  bevosita  joyning  o‘zida 
ishlash  imkonini  beruvchi,  makonga  oid  ma’lumotlarga  kirish,  ularni 
qayta  ishlash,  tahlil  qilish  va  grafik  vizualizatsiyasini  amalga  oshirishga 
mo‘ljallangan,  ixcham  (mobil)  qurilmalar  uchun  ishlab  chiqilgan  geo-
axborotlarga  oid  ilovalar  hisoblanadi.  Ixcham  (mobil)  GAT  nisbatan 
oddiy interfeysga ega bo‘lib, shuningdek, funksiyalari cheklangan tavsifga 
ega bo‘lgan (odatdagi, IBM PC yordamida funksiya bajaruvchi GAT bilan 
solishtirilganda),  uncha  katta  bo‘lmagan  o‘lchamli  ekranli  qurilmalarda 
ishlashga moslashtiriladi.  
Bundan tashqari, ushbu tavsifga ega GATlarda hal qilinishi imkoni 
mavjud  bo‘lgan  masalalar  ko‘lami  ham  unchalik  katta  qiymatga  ega 
hisoblanmaydi: 

 
Xaritalar bo‘yicha navigatsiya; 

 
Ma’lumotlarni kiritish va tahrirlash; 

 
Marshrutlarni tuzib chiqish; 

 
Foydalanuvchining xaritada joylashish joyiga aniqlik kiritish; 

 
Treklarni yozib olish; 

 
Talab  qilingan  axborotlarni  qidirish  va  boshqa  masalalarni  hal 
qilishda foydalaniladi.  
Hozirgi vaqtda smartfonlar va planshetlardan foydalanishning keng 
ommalashishi natijasida, ixcham (mobil) GATlarga nisbatan talab darajasi 
ortib borishi qayd qilinmoqda. Ko‘pincha holatlarda ixcham (mobil) GAT 


 
140 
umumiy  GAT  tarkibida  kompleks  masalalarni  hal  qilishning  uzviy 
tarkibiy qismi sifatida o‘rin tutadi va quyidagi sohalarda ishlatiladi: 

 
Ob’ektlar, resurslar va amalga oshirilishi belgilangan ishlar haqidagi 
axborotlarni  joylarda  yig‘ish,  ushbu  tavsifdagi  ma’lumotlarga  aniqlik 
kiritish  va  ulardan  foydalanish  uchun,  tegishli  tashkilot  xodimlari 
tomonidan  foydalaniladi.  Masalan,  favqulotda  chora  ko‘rish  brigadalari 
(tez tibbiy yordam, yong‘inni o‘chirish xizmati, politsiya) xaritada voqea 
yuz  bergan  joyni  aniqlab  olish  uchun  ixcham  GATlardan  foydalanishi 
mumkin,  Shuningdek  ushbu  vaziyatda  voqea  joyiga  tezkorlikda  etib 
borish  maqsadida  va  tezkor  chora-tadbirlar  haqida  axborotlarni  tizimga 
kiritish uchun foydalanilishi mumkin.  

 
Boshqaruv  faoliyatiga  tegishli  qarorlarni  qabul  qilish  uchun  talab 
qilingan  tahliliy  axborotlarning  vizualizatsiyasi  va  ushbu  axborotlarga 
qulay va tezkor tarzda kirib borish uchun, turli xil tashkilotlar va idoralar 
rahbariyati
 
tomonidan foydalaniladi. Masalan, transport vazirligi va ushbu 
sohaga oid quyi pag‘onada joylashgan tashkilotlar rahbariyati tomonidan 
joriy vaqt davomida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlari haqidagi 
axborotlarni  tezkor  tarzda  olish,  yo‘l  polotnolarning  holati,  ta’mirlash 
ishlariga sarflanuvchi moliyaviy mablag‘lar va yo‘llarda sodir bo‘layotgan 
halokatli  vaziyatlar  bo‘yicha  statistik  ma’lumotlar  va  shu  kabi  turdagi 
axborotlarni olishda foydalanilishi mumkin.  

 
Turli  xil  kompaniyalar  tomonidan  mijozlarga  ko‘rsatiluvchi 
xizmatlardan  foydalanish  qulayligini  ta’minlash  uchun  foydalaniladi. 
Masalan,  yirik  savdo  markazi  tomonidan  haridorlarga  ushbu  savdo 
markazida  mo‘ljal  olish  imkonini  beruvchi,  kerakli  savdo  do‘konlarini 
topish, bu  do‘konlarning  ish  soatlari haqidagi  ma’lumotlarni  aniqlash va 
o‘tkazilayotgan  aksiyalar  haqida,  do‘konlarga  kelish  marshrutlari  haqida 
tegishli  ma’lumotlarni  olish  imkonini  beruvchi  ixcham  ilovalarni  tadqim 
etishi mumkin.  
 
Ixcham (mobil) GATlarning asosiy afzalliklari quyidagilardan tashkil 
topgan: 

 
Statsionar kompyuterlar va Internet tarmog‘iga kirish imkoni mavjud 
bo‘lmagan, dala sharoitlarida ishlash imkonini beradi; 

 
Markazlashtirilgan 
ma’lumotlar  bazasi  bilan  o‘zgarishlarni 
uyg‘unlashtirish (
on-layn
 va 
off-layn
 rejimlarida) imkonini beradi.  
 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish