Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

 
 
2.7. Raqamli fotogrammertiyadan axborotlarning olinishi 
 
 
 
Fotogrammetriya  ob’ektning  makonda  joylashish  koordinatalarini  unga 
tegish  amalga  oshirilmagan  sharoitda  aniqlash  vositasi  hisoblanadi. 
Fotogrammetriya  asosini  makonning  turli  xil  nuqtalaridan  olingan 
Fotogrammetriya
- bu turli xil ob’ektlarning ularning fotografik tavsirlari
bo‘yicha shakli, o‘lchamlari, makonda (fazoda) joylashish holati va vaqt
davomidagi o‘zgarish darajasini aniqlash uslublarini o‘rganuvchi fan
sohasi hisoblanadi.


 
44 
ob’ektning  ikkita  tasviri  -  ya’ni,  stero-juftliklar  bo‘yicha  modelini  qayta 
tiklash imkoniyatlari tashkil qiladi.  
 
Fotogrammetriya  va  masofadan  turib  zondlashdan  nisbatan 
aerotopografiya  sohasida,  topografik  va  kadastr  xaritalarini  tuzib  chiqish 
va 
yangilashda, 
Shuningdek 
gaoaxborot 
tizimlarini 
yaratishda 
foydalaniladi.  
 
 
2.7.1.-rasm. Fotogrammetriya uslubi 
 
Fotogrammetriya  fotografiya  kashf  qilinganidan  13  yildan  keyin 
shakllangan.  1852-yilda  Fransiyalik  injener  Emme  Lossed  tomonidan 
joyning  rejasini  tuzib  chiqish  uchun  Parij  hududining  dastlabki  tasviri 
olingan.  Bu  tasvir  havo  shari  yordamida  olingan.  Keyinchalik, 
Halqaro fotogrammetriya va masofadan turib zondlash jamiyati (
ISPRS
)
tomonidan
amalga
oshirilgan
zamonaviy
ta’riflashga
ko‘ra,
«
fotogrammetriya
va
masofadan turib zondlash
- bu bevosita tegish
amalga oshirilmagan holatda tasvirga olish vositalari va boshqa turdagi
sezgir moslamalar (datchik) yordamida va qayd qilish, o‘lchash, tahlil
qilish va aks ettirish asosida, Er haqida va uni o‘rab turgan muhit haqida,
shuningdek boshqa fizik ob’ektlar haqida ishonchli axborotlarni olishni
nazarda tutuvchi - sa’nat, fan va texnologiya hisoblanadi».


 
45 
stereokomparator  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  bu  qurilma  ma’lum  bir  bazada 
(ma’lum  bir  masofadan  turib)  olingan  ikkita  tavsirni  o‘zaro  steroskopik 
tavsifda qoplanishini qarab chiqish imkonini beradi. Bu baza - fotografiya 
bazisi
 
deb  nomlanadi,  o‘zaro  bir-birini  qoplovchi  tasvirlar  esa  -  tasvirlar 
sterojuftligi  deb  nomlanadi.  Kuzatuvchi  tomonidan  chap  va  o‘ng  ko‘z 
bilan  alohida  qarab  chiqishda,  tasvir  qo‘shilgan  shaklda,  bitta  yagona 
ko‘rish tasviri tavsifida xosil qilinadi. Shu sababli, stereokomparator kashf 
qilinganidan  keyin,  yuqori  darajada  aniqlikda  tasvirlar  nuqtalari 
koordinatalari  va  parallakslarini  o‘lchash  imkoni  yuzaga  kelgan.  Agar, 
stero-ko‘rish  sharoitida  tasvirlarning  ko‘rinish  maydoniga  o‘lchash 
markalari  kiritilsa,  u  holda  uning  yordamida  chap  tasvirning  nuqtalari 
koordinatalari  va  o‘zaro  o‘xshash  nuqtalar  bo‘yicha  gorizontal 
parallakslarini  (o‘lchanuvchi  abssissalarning  o‘zaro  farqi)  va  vertikal 
parallakslarni (o‘lchanuvchi ordinatalar farqi) o‘lchashni amalga oshirish 
mumkin. 
Har  ikkala  tasvirni kuzatish  davomida  ularning  siljishi va  qo‘shilib 
ketishi,  bitta  tasvir  xosil  qilishi  qayd  qilinadi.  Haqiqiy  mavjud  makonda 
proeksiya  nurlarining  o‘zaro  kesishishi  va  tasvirlarning  bu  ko‘rinishda 
qo‘shilib  ketishi  nuqtalarning  makonda  joylashish  koordinatalarini 
hisoblab chiqish imkonini beradi. Agar, tasvirlarni tasvirga olish vaqtidagi 
kabi holatda joylashtirilsa, ya’ni o‘zaro muvofiqlikdagi va tashki mo‘ljal 
olish  jarayoni  bajarilishi  ta’minlansa,  u  holda  stereoskopik  model  xosil 
qilinishi  mumkin.  O‘zaro  muvofiqlikdagi  mo‘ljal  olish  tavsifiga  ega 
bo‘lgan  tasvirga  olish  -  bu  tasvirlarning  bir-biriga  nisbatan  joylashishi 
burchagi  va  foto-tasvirga  olish  asosiga  (bazis)  aniqlik  kiritish  mumkin 
bo‘lgan  jarayon  hisoblanadi.  Natijada  tasvirlarning  bir  xil  nomlanuvchi 
nuqtalari  uchun  asos  tekislikni  o‘tkazish  mumkin,  bu  tekislikda  o‘zaro 
kesishuvchi loyihalashtiriluvchi nurlar joylashadi. Tashqi mo‘ljal olingan 
tasvirga olish - bu tasvirlarning tayanch nuqtalari koordinatalari va tasvir 
koordinatalari  berilgan  makonga  oid  koordinatalar  tizimida  makon 
bo‘ylab tasvirlarning joylashish burchak qiymatini va chiziqli qiymatlarini 
aniqlash imkonini beruvchi jarayon hisoblanadi.  
Hal  qilinishi  belgilangan  vazifalarga  bog‘liq  holatda,  makonga  oid 
(fazoviy)  tizim  koordinatalarining  boshlanishi  va  koordinata  o‘qlarining 
yo‘nalishi  belgilangan  vazifalar  va  qayta  ishlash  qulayliklaridan  kelib 
chiqib,  tanlab  olinadi.  Makonda  tasvirlarning  joylashish  holati  tashqi 
mo‘ljal  olish  elementlari  orqali  aniqlanadi.  Tashqi  mo‘ljal  olishning 
chiziqli  va  burchak  tavsifiga  ega  elementlarini  o‘zaro  farqlash  qabul 
qilingan.  Tashqi  mo‘ljal  olish  elementlariga  tasvirga  olish  kamerasining 
(yoki  ushu  kamera  yordamida  joriy  vaqt  lahzsida  olingan  tasvir) 


 
46 
joylashish  markaziy  holati  ham  kiritiladi.  Makonga  oid  koordinatalar 
tizimida  har  bir  joylashtirish  markazi  uchta  makonga  oid  koordinatalar 
orqali  aniqlanadi,  tasvirga  olish  tizimining  makonga  oid  joylashish 
burchak qiymati esa - uchta ketma-ketlikda amalga oshiriluvchi burilishlar 
asosida  aniqlanadi.  Fotogrammetriyada  masalalarning  tahliliy  echimida 
ketma-ketlikda amalga oshiriluvchi burilishlar alohida ahamiyatga ega rol 
o‘ynamaydi,  bu  qiymatlar  belgilangan  an’analar  yoki  ularni  aniqlash 
qulayligidan  kelib  chiqib  tanlanadi.  Tasvirga  olish  kamerasining 
joylashtirilishi  (loyihalashtirilishi)  markazi  va  tasvirga  olinayotgan 
ob’ektning  joylashish  nuqtasi  orqali  o‘tuvchi  nurlar  - 
loyihalashtirish 
nurlari
  deb  nomlanadi.  Tasvirni  xosil  qiluvchi  loyihalashtiruvchi 
nurlarning  yig‘indisi  - 
nurlar  tutami
  deb  nomlanadi.  Loyihalashtirish 
markazi  orqali  tasvir  tekisligiga  perpendikulyar  holatda  o‘tuvchi  nur  - 
asosiy  nur
  deb  nomlanadi.  Odatda,  asosiy  nurlar  tutami  tasvirga  olish 
kamerasining asosiy optik o‘qiga mos tushadi.  
Har  bir  tasvir  tashqi  mo‘ljal  olish  elementlaridan  tashqari,  ichki 
mo‘ljal olish elementlari (tarkibiy qismlari) bilan ham tavsiflanadi. Asosiy 
nurning tasvir tekisligi bilan kesishish nuqtasi  - 
tasvirning asosiy nuqtasi
 
deb nomlanadi. Loyihalashtirish markazidan tasvir tekisligigacha bo‘lgan 
oraliq  masofa  - 
fotogrammetrik  fokus  masofa
  (
ff
)  deb  nomlanadi. 
Loyihalashtirish  nurlarining  qabul  qilingan  loyihalashtirish  modeli 
qiymatidan chetga og‘ishi - 
tizimli tavsifga ega xatolik 
deb nomlanadi.  
 
  
         
 
 
 
2.7.2.-rasm. WILD C2 firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 
aerofotokamera (1927-yil) 
 


 
47 
 
2.7.3.-rasm. Zamonaviy dronlar 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish