Zamonaviy
fotogrammetriya
geodeziya,
topografiya
va
kartografiya bilan uyg‘un tarzda chambarchas bog‘liqlikka ega
hisoblanadi. Bu fan sohasi texnik tavsifga ega fan sifatida fizika-
matematika
sikli
tarkibiga
kiruvchi
fanlar
bilan
chambarchas
aloqadorlikka ega bo‘lib, Shuningdek radioelektronika, hisoblash
texnikasi, qurilmalarni yaratish, fotografiya sohasida erishilgan yutuqlar
bilan bog‘liq hisoblanadi.
Fotogrammetriya hududlarni xaritaga tushirish (fototopografiya),
ilmiy tadqiqotlar, loyihalashtirish, muhandislik inshootlarini qurish va
ulardan
foydalanish
(muhandislik
fotogrammetriyasi),
kosmik
tadqiqotlarda (kosmik fotogrammetriya), miro-o‘lchamdagi ob’ektlarni
o‘rganishda (mikrofotogrammetriya) amaliy jihatdan foydalanish nuqtai
nazaridan cheklanmagan imkoniyatlarga ega fan sohasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |