Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi


GPS  su’niy  yo‘ldoshlarining  orbitasi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

GPS  su’niy  yo‘ldoshlarining  orbitasi. 
Amaliyotda  vaqtni 
o‘lchashda har doim xatoga yo‘l qo‘yiladi, bu xatolik su’niy yo‘ldosh vaqt 
shkalasi  bilan  qabul  qiluvchi  qurilma  vaqt  shkalasining  o‘zaro  mos 
kelmasligi  bilan  bog‘liq  hisoblanadi.  Shu  sababli,  qabul  qiluvchi 
qurilmada  su’niy  yo‘ldoshgacha  bo‘lgan  oraliq  masofaning  buzib 
ko‘rsatilgan  qiymati  yoki  «
yolg‘ondakam  uzoqlik  masofasi
»  hisoblanadi. 
Su’niy  yo‘ldoshgacha  bo‘lgan  oraliq  masofa  qiymati  qabul  qilish 
qurilmasining  joriy  ish  bajarish  vaqti  lahzasida,  bir  vaqtning  o‘zida 
amalga 
oshiriladi. 
O‘z 
navbatida, 
vaqt 
bo‘yicha 
o‘zaro 
nomutanosiblikning barcha o‘lchangan qiymatlarini doimiy deb hisoblash 
mumkin. Matematik nuqtai nazardan, bu xatolik qiymati nafaqat, X, Y va 


 
51 
H koordinatalarning noaniqligi, balki qabul qilish qurilmasi soatining vaqt 
qiymatiga  kiritiluvchi  tuzatish  qiymati  -  Dt  qiymatiga  xam  ekvivalent 
hisoblanadi.  Bu  qiymatlarga  aniqlik  kiritish  uchun,  uchtagacha  emas, 
balki to‘rttagacha erning su’niy yo‘ldoshlarigacha bo‘lgan yolg‘ondakam 
oraliq  masofani  hisoblash  talab  qilinadi.  Bu  o‘lchash  natijalarini  qayta 
ishlash  natijasida  qabul  qilish  qurilmasida  koordinatalar  (X,  Y  va  H)  va 
aniq  vaqt  hisoblab  topiladi.  Agar,  qabul  qilish  qurilmasi  harakatlanuvchi 
ob’ekt  ustiga  o‘rnatilgan  bo‘lsa  va  yolg‘ondakam  uzoqlik  masofasini 
o‘lchash bilan birgalikda, radio-signallar chastotasining dopler siljishlarini 
ham  o‘lchasa,  u  holda  ob’ektning  harakatlanish  tezligi  ham  hisoblab 
topilishi  mumkin.  Shunday  qilib,  kerakli  navigatsion  aniqlashlarni 
bajarish  uchun,  ob’ektning  doimiy  ko‘rinib  turishi  ta’minlanishi  bilan 
birgalikda, eng kamida to‘rtta erning su’niy yo‘ldoshlari talab qilinadi.  
Yorqin  yulduz  kabi  ko‘rinishga  ega  bo‘lgan  Erning  su’niy 
yo‘ldoshlarining to‘liq holatda bir-biridan ma’lum bir oraliq masofalarda 
joylashishi  sharoitida,  istalgan  vaqt  lahzasida  Er  yuzasidan  5  tadan  12 
tagacha su’niy yo‘ldoshni ko‘rish mumkin. Zamonaviy GPS qabul qilish 
qurilmalarida  5  tadan  12  tagacha  kanallar  mavjud  hisoblanadi,  ya’ni  bir 
vaqtning  o‘zida  ushbu  son  miqdoriga  teng  bo‘lgan  erning  su’niy 
yo‘ldoshlaridan signallarni qabul qila olish imkoniyatiga ega hisoblanadi. 
Ortiqcha  (to‘rttadan  ortiq  sondagi)  o‘lchashlar  koordinatalarning  aniqlik 
darajasini oshirish va navigatsion vazifalarning hal qilinishi uzluksizligini 
ta’minlash imkonini beradi. 
Tizim tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 

 
Erning su’niy yo‘ldoshlari (kosmik segment); 

 
Erda  joylashgan  kuzatish  va  boshqarish  stansiyalari  tarmoqlari 
(boshqarish segmenti); 

 
Xususiy GPS qabul qilish qurilmalari (iste’molchi qurilmalari). 
 
 
2.8.1.-rasm. GPS su’niy yo‘ldoshlarning orbitalari 


 
52 
GPS  -  bu  eng  avvalo,  mudofaa  tizimi  sifatida  foydalanish  uchun 
ishlab chiqilgan bo‘lib, tabiiy va su’niy radio-shovqinlar ta’siriga nisbatan 
barqaror  hisoblanadi.  Butun  tizim  quyida  keltirilgan  shakldagi  3  ta 
bloklardan (segmentlar) tuzilgan: 
Kosmik segment
: Er yuzasidan 20 000 km balandlikda joylashgan, 
deyarli doira shaklidagi orbita bo‘ylab harakatlanuvchi 24 ta erning su’niy 
yo‘ldoshlari  tizimidan  tashkil  topgan.  Bu  su’niy  yo‘ldoshlar  radio-
uzatkichlar va etalon vaqt (atom soatlari) bilan jihozlangan.  

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish