42
foydalaniladi, boshqa tugmachalar esa - to‘g‘ri kesimlarning oxirgi
uchlarini ifodalashda, uchinchi tipdagi tugmachalar - ko‘p burchaklarning
birlashtirilishini kiritishda foydalanilishi mumkin. Ma’lumotlarni raqamli
shaklga o‘tkazishda, ayniqsa yangi boshlovchilar tomonidan noto‘g‘ri
tugmachalarni bosish ta’sirida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Shuningdek, ma’lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazish jarayonida
belgilangan aniq bajarilishi talab qilinuvchi ishlar ketma-ketligi dasturda
foydalaniluvchi ma’lumotlarning strukturasiga ham bog‘liq hisoblanadi.
Bunda ma’lumotlarning ayrimlari tugunlarni ko‘rsatishni talab qiladi,
boshqalari esa - talab qilmaydi. Ayrim ma’lumotlar raqamli shaklga
o‘tkazish vaqtida topologiyani yaqqol kodlashni talab qiladi, ayrimlari esa
- ma’lumotlar bazasining tarkibi to‘ldirib bo‘linganidan keyin,
topologiyaning tuzib chiqilishi amalga oshiriluvchi dasturiy uslublardan
foydalanishni taqozo qiladi. Turli xil dasturlardan foydalanish tartib-
qoidalari o‘zaro farqlanadi va ushbu strategiyalarga oydinlik kiritish
uchun, tegishli xujjatlarni o‘z vaqtida qarab chiqish talab qilinadi. Bu
ishlar ma’lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazish jarayonini amalga oshirish
emas, balki xartalarni tayyorlash jarayonining tarkibiy qismlaridan biri
sifatida qarab chiqilishi mumkin. Vektor GAT tarkibida atribut
ma’lumotlar ko‘pincha holatlarda kompyuter klaviaturasidan foydalanib
kiritiladi. Garchi, bu jarayonni amalga oshirish chegaraviy darajada oddiy
tavsifga ega bo‘lsa-da, biroq grafik ob’ektlarni kiritishdagi kabi, diqqat-
e’tiborni talab qiladi. Buning ikkita sababi bor. Birinchisi: klaviaturada
terish jarayoni juda oson amalga oshiriladi. Ikkinchisi, ehtimol nisbatan
muammoli tavsifga ega bo‘lishi mumkin: ya’ni, atributlar grafik ob’ektlar
bilan bog‘lanishi amalga oshirilishi talab qilinadi. Bu ko‘rinishdagi
muvofiqlikni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash juda
qiyin vazifalardan biri bo‘lib, chunki bir qarashda bu tipdagi xatolarni har
doim ham ko‘rish mumkin emas va qandaydir tahlillarni amalga
oshirishdan keyingina bu xatolarni topish mumkin. Atributlarni
tekshirishning nisbatan yaxshi amaliyoti - bu ma’lumotlarni kiritish
jarayonida tekshirishdan tashkil topadi, ehtimol ma’lumotlarni kiritishda
qisqa xususiy to‘xtalishlar davomida bu ishni bajarish mumkin. Bunda
xatolarni aniqlash uchun sarflangan vaqt keyin xatolarga tuzatish kirish,
tahrirlash jarayonini amalga oshirishga sarflanuvchi vaqtga nisbatan
arzimas qiymatga ega hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: