Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi


KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING YAKUNLANISHI



Download 36,41 Kb.
bet3/3
Sana29.07.2021
Hajmi36,41 Kb.
#131751
1   2   3
Bog'liq
klassik iqtisodiy maktab

KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING YAKUNLANISHI
J.S. Mill (1806–1873) nafaqat iqtisodiyotga, balki iqtisodiyot bilan bir qatorda siyosiy fanlarga va falsafa fanlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan tug’ma qobiliyat egasi bo’lgan. Uning ulkan zakovat egasi bo’lishiga sabab yoshligida olgan kuchli ta‘limi edi. Chunki uning otasi Jems Mill o’g’liga ta‘lim berishni yoshligidan boshlagan. U 3 yoshligida grek tilini o’rgandi va 8 yoshidan boshlab lotin tilini o’rgana boshladi. Shu bilan birga 13 yoshida matematika, kimyo, fizika, mantiq ilmini o’rganib bo’lgandan so’ng siyosiy iqtisodni o’rganishni boshladi. Uning rasmiy ta‘lim olishi 15 yoshigacha tugallandi va keyingi 4 yilni Benhamning 5 tomli asarini tahlil qilishga bag’ishladi. Bu noodatiy kuchli ta‘limning psixologik ta‘siri oqibatida u 20 yoshida ruhiy tushkinlikka tushib qoladi, ammo ruhiy tushkunlik davridan so’ng Mill
132

o’zini qo’lga oldi va o’z davri hamda barcha davrning yetuk namo-yondasiga aylandi.


J.S.Mill o’zining birinchi siyosiy iqtisod bo’yicha «tajriba»sini 23 yoshida, ya‘ni 1829-yilda nashr etdi. 1843-yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari «Siyosiy iqtisod tamoyillari…» bo’lib, u 1848-yili chop etilgan. Bu asar beshta kitobdan iborat: (1) ―Ishlab chiqarish‖, (2) ―Taqsimot‖, (3) ―Ayirboshlash‖, (4) ―Jamiyat rivojlanishining ishlab chiqarish va taqsimotga ta‘siri‖, (5) ―Davlatning bozor iqtisodiyotiga ta‘siri to’g’risida‖. Bu asarning so’zboshida yozilishicha, J.S.Mill iqtisodiy bilimlar darajasining yuksalib borishini va ilg’or zamonaviy g’oyalarni hisobga olgan holda A.Smitning ―Odamlar boyligi...‖ va D.Rikardoning ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi‖ning yangilangan variantini yaratishni o’ziga maqsad qilib qo’ygan. Asarning ushbu yuqoridagi ko’rinishda tuzilishi esa muallifning fikricha, Smit-Rikardo iqtisodiy nazariyalarini izohlashda muayyan tartib va aniqlik kiritadi. J.S.Mill nafaqat iqtisodiy bilimlarni tizimlashtirdi va ommalashtirdi, balki uning tomonidan bir qator qoidalar rivojlantirildi va ularga aniqlik kiritildi, xulosa va yakuniy dalillar bilan yana ham ishonarli qilib asoslab berildi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta‘riflaydi. Shu bilan birga uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi.
Garchi J.S. Mill yuksak darajada iqtisodiy nazariyaning eksperti (mutaxassisi) bo’lishiga qaramay, u o’zining aqliy qobiliyatini iqtisodiyotchilarni qiziqtirgan odatdagi muammolaridan ko’ra ancha kengroq ijtimoiy masalalarga yo’naltirdi. Jamiyatda insonlar rolini yaxshilashga harakat qilganligi sababli Millni ijtimoiy faylasuf, deb ham atashadi. Mill otasi va Rikardoning pessimizm (kelajakka ishonchsizlik) fikrlari o’rniga jamiyatni rivojlantirish borasidagi optimizm (kelajakka ishonch)ni ilgari surdi. Uning ta‘lim doirasi keng bo’lishiga qaramay Millning fikrlariga asosan klassik iqtisodiyotdagi otasi Mill, David Rikardo, Adam Smit va Benxamning ta‘limotlari tasir ko’rsatgan. Mill iqtisodiyotga inson ijtimoiy faoliyatining bir ko’rinishi sifatida qaraydi. Mill klassik liberal hamda ijtimoiy islohotchi edi.
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta‘limotlar rivojidagi o’rnini aniqlash qiyin. U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta‘limotlarini o’zgartirishga

133


sabab bo’ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o’zida klassik iqtisodiyotning yetuklik davri hamda iqtisodiy g’oyalarning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki yildan kamroq vaqtda yozilgan ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ asari birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo’lsada, kitobda uning iqtisodiy qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qancha muammolar mavjudligi ta‘kidlab o’tilgan. Mill Rikardo ta‘limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta‘limotlarga 19-asrning ikkinchi chorigida paydo bo’lgan yangi ta‘limotlarni qo’shishni o’zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini rivojlantirishga hissa qo’shgan buyuk tafakkur egasi bo’lgan.
Jon Styuart Mill o’zining ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ (1848-y) asarida (D.Rikardo tomonidan 1817-yilda ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish‖ asari chop etilganidan so’ng boshlangan kuchli tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlaridagi muhim g’oyalarni qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning g’oyalarining eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki uning asarlarida klassik iqtisodiy ta‘limotning qaytadan ko’rib chiqilishi hamda Rikardo ta‘limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini bartaraf etilishini ko’rishimiz mumkin. Millning iqtisodiyotga qo’shgan hissasini aytishdan oldin Rikardoning ko’plab tanqidlaridan bir nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta asosiy manbaga asoslangan.
Birinchisi ingliz iqtisodiyoti borasida to’plangan amaliy ma‘lumotlarning Rikardo iqtisodiy ta‘limotlaridan farqlanishi: Jumladan, Maltusning ―Nufus qonuniga‖ asosan aholi sonining o’sishi bilan daromad kamayishi ta‘kidlangan, lekin Mill bunga zid g’oyani, yani texnologiyalar rivojlanishi natijasida daromad o’sishini isbotladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyot fani borgan sari kasbga aylanib borayotganligi va mos ravishda qabul qilingan ta‘limotlarga ko’proq tanqidiy fikrlar bildiriladi. Iqtisodchilar Rikardoning nazariy g’oyalari, ya‘ni qiymatning mehnat nazariyasi va narxlarni belgilashda foydaning rolini hamda uning talabga bo’lgan ta‘sirini aniqlash asosida ishlashni boshlashdi.
Uchinchidan iqtisodiy g’oyalarning texnik tarkibiga e‘tibor bermasdan kelayotgan bir qator gumanitar va jamiyatshunos yozuvchilar
134

Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlarini o’zida aks ettirgan va rivojlanayotgan kapitalistik iqtisodiy ta‘limotlarni tanqid qilishdi.

Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yil 5-mayda Germaniyaning Trir shahrida tug’ilgan. Uning otasi advokat, yahudiy bo’lib, 1824-yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, ma‘rifatli bo’lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so’ng dastlab, Bonndagi, so’ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani o’rgandi. 1841-yilda Epikur falsafasi to’g’risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi.
1842-yili K.Marks Bonnga ko’chib keldi va shu yilning oktabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo’ldi va Bonndan Kyolnga ko’chib o’tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqea sodir bo’ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko’chib o’tdi.
Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariya, falsafani chuqur o’rganishning boshlanish davri bo’ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do’stlashdi.
K.Marks 1845–1848-yillari Bryusselda bo’ldi. O’sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, «Nemis ideologiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o’zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so’ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o’zining ko’p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan ―Kapital‖ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to’rt jilddan iborat bo’lib, birinchi jildi 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlari
157

K.Marks o’limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jildi 1885-yil, uchinchi jildi 1894-yil) chop etildi. To’rtinchisi tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko’rib chiqmoqchi bo’lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi jildining mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi jildida kapitalning muomala jarayoni tadqiqot etiladi. Uchinchi jildida yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To’rtinchi jildi («Qo’shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga bag’ishlangan.


K.Marks «Kapital»ga yozgan so’zboshisida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya‘ni kapitalistik jamiyati harakatining iqtisodiy qonunini ochib berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu munosabatlarning paydo bo’lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz tutishini ko’rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta‘limotining asosini tashkil etadi. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi.
Qiymat nazariyasi. Marks ta‘limotiga binoan har bir tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan o„lchanadi. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo’ladi. Lekin qiymat o’zida ijtimoiy mehnatni mujassam-lashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o’lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste‘mol qiymatiga ega bo’lgan qiymat miqdori,
– deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori bilangina, ya‘ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilangina belgilanadi. Har bir ayrim tovar o’z jinsidan bo’lgan tovarlarning faqat o’rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». Ijtimoiy zarur ish vaqti me‘yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va intensivligining darajasi o„rtacha bo„lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtdir. Ushbu tushunchalar yordamida qiymat qonuni shakllanadi: almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar o’zining qiymati bo’yicha ayirboshlanadi (ularda mujassamlashgan ijtimoiy zarur ish vaqti bo’yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo’lishi mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, ayni jamiyatda o’rtacha mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Bu ayirboshlanadigan
158

tovarlarni taqqoslashning yagona o’lchovi mehnat ekanligini bildiradi. Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o’lchov bo’la olmaydi, negaki, ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi.


K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat nazariyasidan farqlanishiga e‘tibor berish zarur. D.Rikardo tovarlarning nisbiy qiymati to’g’risida so’z yuritadi: A va B tovarlar bir-biriga ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish taxminan bir xil mehnat sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos obyektiv xususiyatdir.
Download 36,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish