Majburiy fan ona tili testlaridan O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin



Download 17,62 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi17,62 Kb.
#829865
Bog'liq
Majburiy 67 variant javobli


Majburiy fan ona tili testlaridan O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin

1. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog’liq xatolik mavjud emas?


A) Najot ikki narsa: taqvo bilan niyatda ekanligini biling.
B) Qadamingni o’rinsiz tezlashtirsang: qoqilib yiqilishing mumkin.
C) Tinchlik eng bebaho ne’mat, u baraka keltiradi.
D) Muhammad Yusufning Osmonning oxiri dostonini o’qiganmisiz?
2. Qaysi gapda sodda so’zi “laqma, go’l” ma’nolarida qo’llangan?
A) Maqola oddiy, ravon, sodda tilda yozilgan edi, bu esa muallifning so’z qo’llash mahorati bilan bog’liq.
B) Olimning sodda va aniq, chuqur ma’noli iboralar bilan gapirishi tinglovchilarning diqqatini jalb etdi.
C) Kelinchakning uyi juda sodda, ammo did bilan bezatilgan edi.
D) Men – sodda odam, shuning gapiga ishonibman, aylanay, nimasini so’raysiz endi?!
3. Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’z hol vazifasini bajargan?
A) Bu qizning harakatlarini kuzatar ekan, birdan o’z bolaligi esiga tushdi.
B) Qizcha yelib-yugurib mehmonlarga xizmat qilardi, barchaga birday tabassum bilan boqardi.
C) Men O’zbekistonni juda sevaman, uning farzandi ekanligimdan faxrlanaman.
D) Sershovqin ko’chalarda odamlar daryoday oqadi, xalq shahar maydoni tomon shoshadi.
4. Qaysi gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’z ko’chma ma’noda qo’llangan?
A) Bir chekkada uni kuzatib turgan kishilarni ko’rib ularning oldiga borishga qaror qildi.
B) O’rik daraxti orqasida yashirinib turgan bolakayni imlab yoniga chaqirdi.
C) Quvonchdan kuladi osmonning yuzi,
Quyosh ham, qamar ham betakror bugun.
D) U bu xushxabarni aytib bobosini xursand qilish uchun yugurib ketdi.
5. Qaysi gapda ravishning faqat payt ma’no turi qatnashgan?
A) Shu vaqt nima uchundir ichkarida o’tirganlar sharaqlab kulib yubordi.
B) Endi suv ichaman deb engashgan edim, changalzor asta shitirlangandek bo’ldi.
C) O’ylab qarasam, avvallari yashash uchun yozgan ekanman, endi esa yozish uchun yashayman.
D) Keyin sal hushimni yig’ib qarasam, oyoqlarim go’yo o’zidan o’zi yugurib ketyapti.
6. To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini toping.
A) isnod, daromad B) torovat, inshaot
C) suxbat, tamon D) sanaot, manaviyat
7. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni toping.
A) fikirlash, xaloyiq B) hukm, maorif
C) bahona, sovodsiz D) qazonchi, uyushiq
8. Qaysi gapda ajratib ko’rsatilgan so’z “avval” so’zi bilan o’zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydi?
A) Bu haqida gapimning boshida ta’kidlagan edim.
B) Dastlab buning sababini tushuntirib berishga to’g’ri keldi.
C) Yig’ilishimizning yetakchi masalalaridan biri shu edi.
D) Bu keng xonaga ilgari ham kirganman.
9. Qaysi gapda jo’nalish kelishigi qo’shimchasining noo’rin qo’llanishi uchraydi?
A) Agar sizda rahmdillik ko’rsatishga imkoniyat bo’lsa, bu ishni kechiktirmay bajaring.
B) Yoshlarga bepisand bo’lmaslik kerak, ulg’ayganda ulardan buyuk ishlar chiqishi mumkin.
C) Tarbiyasi va tabiyligi bir-biri bilan muvozanatga kelgandagina kishi ulug’ bo’ladi.
D) Ba’zan odamlar orasiga o’z ismlaridan norozilik hissini tuyadiganlar topiladi.
10. Qaysi gapdagi ayirmoq so’zi “turli ko’z bilan qaramoq” ma’nosida qo’llangan?
A) Qo’shnilarning bu gapi Malika opani es-hushidan ayirdi, devorga majolsiz suyanib qoldi.
B) Ikki do’stning hazili janjalga aylanib ketdi, Nodirjon ularni zo’rg’a ayirib qo’ydi.
C) Siz odam ayirmang, biz hammamiz sizning xodimlaringiz sanalamiz.
D) Bu ikki kasallikni bir-biridan ayira olmasangiz, o’zingizcha davolanishga harakat qilmang.
11. Qaysi gapda maza-ta’m bildiruvchi sifat qatnashgan?
A) Dori achchiq edi, bemor xohlamaygina uni qo’liga oldi.
B) Past devorlar ustida ham lolaqizg’aldoqlar ochilib qolgan edi.
C) O’sha yili qattiq sovuq bo’ldi, daraxtlar ham muzlab qoldi.
D) Hovliga kirishimiz bilan rayhonlarning muattar hidi dimog’imizga urildi
12. Ajratib yoziladigan qo’shma so’zlar qatorini toping.
A) kun//bo’yi, jigar//rang B) qiyma//taxta, Yangi//obod
C) shu//on, olib//chiqdi D) yam//yashil, tanqid//qilmoq
13. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A) Ishdan kech qaytkan G’ayratjonni qo’shnisi kutib oldi.
B) Ertalab hammamizni oshka aytib ketishdi.
C) Biz otkuncha shu yerda kutishga qaror qildik.
D) O’sha tog’ga borishni biz ham orzu qilar edik.
14. Qani edi, qo’li… langar… olib “baka-baka-bang” maqomi ostida ohangdor, yengil odimlar bilan arqondan yura qolsa hozir.
Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi kelishik qo’shimchalarini qo’llash uslubiy jihatdan to’g’ri sanaladi?
A) o’rin-payt, qaratqich B) jo’nalish, jo’nalish
C) jo’nalish, qaratqich D) jo’nalish, tushum
15. Qaysi javobda ajratib yoziladigan so’zlar berilgan?
A) hayot//sevar, mol//mulk B) olib//kel, hamma//vaqt
C) ko’k//sulton, orzu//umid D) havo//rang, oldinma//keyin


Download 17,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish