KLASSIK IQTISODIY
MAKTABNING VUJUDGA KELISHI
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotining rivojlanishi uni dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylantirdi. XVIII asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta‘limotlar endi taqozo etila boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta‘limotlarni rivojlantirish uchun, ya‘ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Haqiqatan ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik, deb atalishining asosiy sababi eng avvalo, uning ko’plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo’lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo’ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo’lsa, Fransiyada – P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta‘limoti A.Smit, D.Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S. Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz.
86
Iqtisodiyotning klassik davri yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida ilgari surilgan iqtisodiy g’oyalarni qamrab oladi. Bu asosan, Britaniyalik yirik hissadorlar va uning faoliyat yo’nalishiga to’g’ri kelgan. Klassik maktabning uch yirik traktatlari: Adam Smit tomonidan yozilgan ―Odamlar boyligining tabiati‖, David Rikardo muallifligidagi ―Soliq va siyosiy iqtisodiyotning asosiy qonun-qoidalari‖ hamda ―Siyosiy qonun-qoidalari (prinsiplari)‖ nomli asarlaridir. Shuningdek, Rikardoning kitobi chop etilgandan so’ng qisqa fursatlarda bir qator neoklassik nazariyaning kichik ko’rinishlari paydo bo’ldi. Jon Styuart Mill klassik davrning oxirini izohlashga urindi, biroq u klassik qoidalarning ba‘zilarini yoqlamagan (Smit, Rikardo va J.S.Millar tomonidan 1776-yildan 19-asrning so’nggiga qadar iqtisodiy nazariyalar boshqarib turilgan – Smit 1776-yildan deyarli 1820-yilgacha, Rikardo 1820-yildan deyarli 1850-yillargacha, J.S.Mill esa 1850-yillardan 1890-yillarga qadar).
Ikki yangi iqtisodchi olimlar Maltus va Marks qarashlarining ba‘zi jihatlari klassik yo’nalishda bo’lsada, ular klassik iqtisodiy maktab tarafdorlari emas, balki tanqidchilar sifatida ko’zga ko’rinadi. Tomas Maltusning ―Nufus nazariyasi‖ klassik nazariya bilan bog’liq, biroq Maltus nazariyalarida mulkdorlar sinfining o’rni va mohiyati hamda uning makroiqtisodiy aspektlari tahlilida ortodoksal klassik an‘analar ta‘limoti ilgari suriladi. Maltusning ―Nufus nazariyasi‖ klassik iqtisod vakillari bahs-munozaralariga asos bo’ldi, biroq Maltus va Rikardo o’rtasidagi mehnat resurslarini avtomatik tarzda to’la bandlikka erishishi to’g’risidagi bahsli munozarani alohida tahlil qilib chiqamiz. Karl Marks klassik iqtsodiyotdan ba‘zi elementlarni chiqarib tashladi, turli xil istiqbolli va birqancha yangi tahliliy tushunchalar kiritdi va klassik nazariyaga mutlaqo teskari xulosalar taqdim etdi.
Biz iqtisodiy tizim elementlarining o’zaro bog’liqligini tushuna boshlash holatlarini keyinchalik merkantilistlar va hattoki, fiziokratlar yozishmalarida kuzatdik.
Sxolastiklar16, fiziokratlar va merkantilistlarning iqtisodiy g’oyalari klassik iqtisodchilar tomonidan ko’proq yoki kamroq birlashtirilgan tizimlarga ajratilgan. Ko’pchilik (asosiy) uyg’un iqtisodiy tizimning klassik ko’rinishi merkantilist va sxolastiklar e‘tiqodidan keskin farq qiladi; ularning e‘tiqodiga ko’ra ixtiloflar intervensiya (davlatning ichki ishlariga aralashuvi) yoki cheklovlar bilan xarakterlanadi.
Диний ва дунѐвий илмни тенг олиб борувчилар
87
Bozorlar boshqaruviga sangvinik (optimistik) qarash uning turli aspektlari va tarmoqlanishlari klassik g’oyalarning asosiy o’ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Bozorlarning bir-biriga bog’liq tanqisligi sababli kelib chiqadigan ixtiloflarni mos ravishda yechimini topa oladigan qarash(nazariya) ilk bor Fransiyalik fiziokratlar tomonidan olg’a surilgan. Fiziokratlar fikriga ko’ra davlat hokimiyati hukumat nazoratisiz ish olib borishga ruxsat berish siyosati – iqtisodiyotga aralashmaslik haqida umumiy qonunlar qabul qilishi kerak edi. Sxolastlar bu holat cherkov uchun iqtisodiy faoliyatni va madaniyatni boshqarishda, tartibga solishda qo’l keladi, deb hisoblashsa, merkantilistlar hukumat aralashuvi muhimligini yoqlaydi, klassiklar esa fiziokratlar singari erkin, (har qanday) boshqaruvlarsiz bozorlarni maksimum alohidalashga ozodlik tarafdori edilar. Ular ozodlik biznesga juda yaxshi ta‘sir ko’rsatishiga ishonardilar. Erkinlik ayniqsa, iqtisodiy erkinlik sharoitida iqtisodiyot ko’p funksiyalarni bajara olishiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Jismoniy shaxslar va biznes sohadagilarning tasdiqlashlaricha savdo hokimiyat aralashuvlaridan xoli bo’lishi kerak. Klassiklar esa siyosiy va iqtisodiy ozodlik ajralmas va bir-birini to’ldirib turadi, deb ta‘kidlashgan. Garchi klassiklar o’zlarining ilk qarashlarida iqtisodiy jarayonlarni uyg’un holda ishlashini targ’ib qilsalarda, ular jamiyatdagi yer-mulk egalari va iqtisodiy o’sish va o’zgarishdan foyda oluvchi va shuni yoqlovchilar o’rtasidagi ixtiloflardan juda yaxshi xabardor edilar. Kapitalizmning yakuniy tendensiyalari Smit va Rikardo tomonidan ko’rib chiqilgan bo’lib, ular bu qadar mos bo’lmagan natijaga olib keldiki, bu iqtisodiyot samarasiz ilm, deb atalishiga olib keldi. Maltus aholi nazariyasi masalasini ko’tarib, iqtisoddagi o’zaro tenglik tabiati muammosini ham o’rtaga tashladi.
1776-1870-yillar oralig’idagi davr mobaynida klassik g’oyalar taraqqiy etdi. Bir tarafdan, ko’pchilik tomonidan Me‘yoriy, deb qabul qilingan iqtisodiy g’oyalar iqtisodiy tizimni hamjihatlik bilan boshqarishning asosiy sharti sifatida qabul qilish davom etsada, iqtisodiy muammolarga bozor javob berishidan ko’ra davlat javobgar bo’lishini yoqlash g’oyasi o’sib borishi tufayli uning munosabati sekin zaiflashib bordi. Boshqa tomondan, turli ta‘limotlarga amal qiluvchi klassiklar iqtisodiyot tomonidan qabul qilingan hamjihatlik g’oyalarini rad etishgan va tizimning tashkiliy strukturalarida yirik o’zgarishlar talab qiladigan fundamental yechimlar topishdi.
88
Keyns ta‘limotining asosiy manbasi mana shu kengroq faktorlar, iqtisodiy faoliyat bosqichini belgilovchi kuchlarda edi. Ular iqtisodiyot ishchi kuchi yetarli joydan ko’ra unga ehtiyojmand nuqtalarda, joylarda boshqaruvni kuchaytiradi, deb hisoblashadi. Iqtisodiyot o’zining resurslarini to’liq utilizatsiya qilishni boshqarishga qodir, deb taxmin qiluvchu klassik iqtisodchilar bu muammoga qiziqishmagan. Zamonaviy makroiqtisodiyot mana shu muammo va taxminlarni qayta ko’rib chiqa boshlaganidan beri va Kens makroiqtisodiyotdan voz kechganidan boshlab zamonaviy makroiqtisodchilar ba‘zida ―yangi klassik iqtisodchilar‖, deb ataldi.
Klassik iqtisodchilarning iqtisodiyot rivojlanishiga oid g’oyalari ularni resurslar boshqaruvchisi sifatida narx tizimi va bozorlar haqidagi izlanishlarga olib keldi. Klassiklar bozorlar va narxlarning bir-biriga bog’liqligi va kelib chiqishini iqtisodiy o’sish sur‘atiga ta‘sirini tushunish maqsadida o’raganishdi, tadqiq qilishdi. Ular daromad taqsimlanishining o’zgarishidagi kuchlar va bir-biriga bog’liq bo’lgan narxlarning o’zgarish sabablari bilan qiziqishdi.
Ular biz hozirda makroiqitsodiyot, deb ataydigan manba bilan bir qatorda merkantilistlar an‘anasini ham davom ettirishdi.
Uilyam Petti (1623–1687) – Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. K.Marks so’zi bilan aytganda, U.Petti-«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqot-chi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuk-sak bilimli inson bo’lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida hunarmand-matochi oilasida tug’ildi. O’n to’rt yoshida ota kasbini egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada yollanma dengizchi (yunga) bo’lib xizmat qiladi.
Oradan bir yil o’tgach, taqdir taqozosi bilan oyog’i lat yegan U.Petti Fransiya hududidagi bir qirg’oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish o’lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida moddiy jihatdan ta‘minlandi. Kollej unga fransuz va grek tillarini, matematika, astronomiyani o’rganishga imkoniyat yaratib berdi. U.Petti 1640-yili kollejni bitirib, Londonga qaytib keldi. Keyinchalik Oksford universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650-yili 27 yoshida U.Petti fizika bo’yicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo’lib ishladi. U.Petti iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan «Soliqlar va yig’imlar to’g’risida traktat» (1662-y), «Donishmandlarga so’z» (1665-y), «Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672-y), «Siyosiy arifmetika» (1683-y) va boshqa asarlarni yozdi. U.Petti dastlab o’z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g’oyasini va sanoatni rag’batlantirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladi. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot obyektini o’zgartirdi va asosiy e‘tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi.
Boylik va pul nazariyalari. Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo’yicha nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo’yicha o’z fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.
90
Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi yetmagan o’g’rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda boylik, eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini bildiradi, ya‘ni xo’jalik hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.
U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash bema‘ni narsa ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday xatti-harakati uning fikri bo’yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatdi va muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori to’g’risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki tushunganligi aniq ko’rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi haqiqatdan ham «pul o’z-o’zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko’rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan keyingi boshqa klassik iqtisodiy nazariya mualliflari M.Blaug so’zi bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e‘tiborni pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda tovar va pul bozorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi.
Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to’g’ri tanqidlari bilan birga U.Pettining bu borada noto’g’ri tushunchalari ham bo’lgan. Masalan, u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma‘qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug’ullanuvchi «o’yinchilar»ga o’xshatadi. U «qon» deganda qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi.
Qiymat nazariyasi. U.Pettining merkantilistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy yondashuvi nafaqat boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yo’llarini tahlil qilishda, balki tovarlar qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlashda ham o’z ta‘sirini ko’rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi, deb tan olinishiga sabab bo’ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi»
91
hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi. Ya‘ni U.Pettining o’zi aytganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga teng, chunki har ikkalasi – kema ham, kamzul ham – yer va inson mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm yotadi..
Fransiya klassik iqtisodiy maktabi-ning asoschisi Per Buagilber (1646–1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi profes-sional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber otasiga o’xshab huquqshunos-likdan ta‘lim oldi. 31 yoshida Norman-diyada sudyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya‘ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat o’limi-
dan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’li-ga topshirib ketdi. Jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda mamlakatning
iqtisodiy muammolarini bilishga, X V I I asrning oxiri XVIII asr boshida Fransiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga qiziqish uyg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mulohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 yoshida yozgan «Fransiya holatining mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida e‘lon qildi. P.Buagilber
17 Sir William Petty, The Economic Writings, 2 vols., ed. C. H. Hill (London: Cambridge University Press, 1899), I,
244 b.
94
bu asarida merkantilizm iqtisodiy siyosatini qattiq tanqid qildi. Bu siyosatning boshida o’sha davrdagi Lyudovik X I V qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Fransiya tovarlari eksportini rag’batlantirishni, Fransiyaga keladigan import tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko’rsatdi.
Iqtisodiyotdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo’llarini aniqlash P.Buagilberning keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asarlarining ham asosiy vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o’sishning va davlat boyligining asosi deb bilgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e‘tibor qaratdi. Bunday qarash Fransiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o’sha davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi mavqeyini targ’ib qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi.
1707-yili P.Buagilberning «Fransiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Fransiyaning kambag’allik holati ko’rsatildi, merkantilistik siyosat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o’tkazish to’g’risida yangi g’oyalar ilgari surildi. Biroq ular o’zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e‘tiborga olinmadi, qo’llab-quvvatlanmadi.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Fransiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo’ldi. Aynan uning asarlari merkantilistik g’oyalarning batamom obro’sizlanishi va Fransuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo’lib xizmat qildi. P.Buagilber mamlakatning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne‘matlardan tashkil topadi, degan konsepsiyani ilgari surdi
Do'stlaringiz bilan baham: |