Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi


KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING RIVOJLANISHI



Download 36,41 Kb.
bet2/3
Sana29.07.2021
Hajmi36,41 Kb.
#131751
1   2   3
Bog'liq
klassik iqtisodiy maktab

KLASSIK IQTISODIY MAKTABNING RIVOJLANISHI

Buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning «Xalqlar boyligining


tabiati va sabablari to„g„risida tadqiqot» asari zamonaviy iqtisod fanining boshlanishi hisoblanadi. A.Smit o’z davridagi iqtisodiy bilim va konsep-siyalarini umumlashtirdi va tizimlashtirdi. U xo’ja-lik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi.
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitet-larida ta‘lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy leksiyalar o’qiy boshladi, 1751-yilda Glazgo
universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda o’qigan leksiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi.
1764-yili A.Smit hayotida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafedrani tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob – gersog Baklning o’g’li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohatdan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya‘ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sayohat chog’ida u Shvetsariyada Valter, Fransiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smit dunyoqarashining shakllanishiga katta ta‘sir ko’rsatdi.
1766-yilda u o’z yurtiga qaytib keldi va «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776-yilda birinchi martda chop etildi. Asarda

109


insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo’lib, birinchi qismida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital jamg’arilishi va uning funksional shakllari, uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi, to’rtinchisida – o’zining merkantilizm va fiziokratlar ta‘limotiga bo’lgan munosabatlari aks etdi, beshinchi qismida davlat moliyasi masalalari ko’rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to’rt marta, uning o’limidan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr etildi. U nafaqat Angliyada, balki chet ellarda ham zo’r qiziqish uyg’otdi. A.Smitning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy ta‘limotlarining rivojlanishiga va ko’pchilik davlatlarning iqtisodiy siyosatiga o’zining katta ta‘sirini ko’rsatdi.

David Rikardo (1772–1823) klassik iqtisod maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug’ilgan. Oiladagi o’n yetti farzandning uchinchisi bo’lgan David yoshligida muntazam ta‘lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o’qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o’rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo’lib ishlagan.


D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo’ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo’ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5–6 yil o’tgach, D.Rikardo birjada o’ynab yirik boylik orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug’iladi,

121


keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko’radi). D.Rikardo 1810-yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslarning biriga aylanadi.
1799-yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning ―Odamlar boyligi ...‖ asarini o’qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo’lgan jiddiy qiziqish paydo bo’ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug’ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi.
Rikardo: uslub, siyosat, predmet
Rikardo iqtisodiy ta‘limotlarda o’zining sof nazariyasi bilan iqtisodiyot rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. U sanoat davriga xos ilmlarni hajm va uslubda abstrakt tahlil orqali ko’rib chiqdi.

Rikardo uslubiyoti


D.Rikardogacha Adam Smit siyosiy iqtisodni tahlil qilishda ikkita yo’nalishda:
1. O’z davrining iqtisodiyotini deduktiv nazariya orqali.
2. Zamonaviy va tarixiy institutlar to’g’risidagi tasvir orqali amal-ga oshirgan.
Smitning bu usuli ―tarixiy tavsiflovchi materiallar‖ nazariyasini boyitganligidir. Rikardo aksincha, o’z ishida sof nazariy yondashuviga asoslandi. U o’z davrining iqtisodiyotini abstraksiyalash va deduktiv usulni qo’llash bilan amalga oshirdi. Uning sof nazariyasidagi matematik texnikasi biroz qo’pol bo’lsa-da bugungi kunning matematiklarini hayratga solmoqda. Garchi Rikardoning usuli yuzaki va sof nazariy bo’lsa ham, amaliy iqtisod, siyosiy iqtisodiyot uning kuchli tomonlari bo’lgan. Jumladan, uning don masalasi bo’yicha olib borgan tadqiqotlari uning Angliyadagi ijodi – bug’doy importi va undan olinadigan daromadni taqsimlashga o’z ta'sirini ko’rsatmagan bo’lsada, keyinchalik bu nazariya unga amaliy masalalarni aniq tahlil qilish uchun zamin bo’ldi.

Rikardo va iqtisodiy siyosat


Rikardo o’z davridagi iqtisodiy muammolarni yechishga harakat qildi, u bug’doy narxini tushirish, ijara narxlarining ko’tarilishi, Angliyadagi ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik o’rtasidagi aloqadorlikni asoslab berish bilan shug‘ullandi. Ushbu holatda eng
122

asosiy masala bu xalqaro savdoni nazorat qilishda siyosiy manfaatdor taraflarni taqqoslash edi. Yer egalari erkin savdo, unda xarajatlar erkinligi tarafdori bo’lsa, Britaniya sanoat vakillari esa ko’plab qishloq xo’jaligi mahsulotlari va arzon xomashyoni import qilish tarafdori bo’ldi.


Rikardo siyosati keyinchalik faqatgina sog’lom iqtisodiy rivojlanishgagina emas, balki qator iqtisodchilarning siyosiy qarashlarining shakillanishiga ham o’z ta‘sirini ko’rsatdi. Rikardo modeli tarmoqlar o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini tahlil qilishda amaliyotchilar tomonidan keng foydalanildi. Rikardo uslubi (yuqori abstrakt darajadagi) va uning siyosatga nisbatan yondashuvlari oxir-oqibatda keyingi iqtisodchilar uchun dasturulamal vazifasini o’tadi.

Rikardoning iqtisodiy kelishuv predmeti


Rikardo iqtisodiyotning asosiy konsepsiyasida burilish yasadi. Adam Smit xalqlar boyligini aniqlashda merkantilist g’oyalariga tayandi, ammo Rikardo iqtisodiyotning asosiy maqsadi kapitalistlar va ishchilar o’rtasida daromadlarni taqsimlashni tartibga solish qonunini o’rganish, deb hisoblagan.
Tyurgo, Styuart, Smit, Sismondi va boshqalarning asarlarida ijara, foyda, ish haqi va boshqa tabiiy ma‘lumotlar berilgan bo’lsa, siyosiy iqtisod muammolari: daromad va uni taqsimlash qonunlari ilmiy tahlil qilinmagan edi23.
Rikardo daromadlarni taqsimlash funksiyasiga to’liq kirishib, uni tizimda makroiqtisodiyotning bir qismi sifatida tan oldi. Uningcha bu yerda uch sinf muammosi yotadi, bular: kapitalistlarning foyda olishga qiziqishi, yer egalarining renta olishi, ishchilarning ish haqi olishi. Kapitalistlarning aksiyadan oladigan daromadini tushintirish uchun daromad, foiz, renta va ish haqi nazariyalari yaratildi. Xuddi Smit kabi Rikardo ham mikroiqtisodiy darajada ish olib bordi (lekin Rikardoning ko’p nazariyalari, jumladan, aholi nazariyasi, ish haqi fondi ta‘minoti, kadrlar, narxlar umumiy darajasi va iqtisodiyotning qisqa va uzoq muddatli barqarorligi kabilar makroiqtisodiy masalalardir). Xususan, daromadlarni taqsimlashda narxlarning davriy o’zgarishiga to’xtalib

23 David Rikardo, Siyosiy iqtisod va Soliq tog‟risida David Rikardo Ishlari va Yozishmalari. David Rikardo, bu ERI. Pero Sraffa va M. H. Dobb, men (Kembrij: Press Kembrij universiteti, 1953), p. 6.

123

o’tdi. Umuman olganda daromadlarni taqsimlash funksiyasi zamonaviy iqtisodiyotning makro va mikro darajadagi oddiy ko’rinishi, makroiqtisodiyot nazariyasining esa bir qismidir. Shunday bo’lsada, u tomonidan ilgari surilgan qiymatning mehnat nazariyasi nisbiy narxlarning shakllanishiga tayanch nuqta bo’ldi. Boshqa tomondan Maltus va Rikardoning iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlik g’oyalari pravoslav cherkov tomonidan qariyb bir asrga yopib qo’yildi.


Rikardo modeli. Rikardoning asarlari iqtisodiyot fanining predmeti va metodini aniqlashda, iqtisodiy tadqiqot metodologiyasini amaliy ishlab chiqishda muhim rol o’ynadi. Uning fikricha, jamiyatning sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi o’rinni egallaydi. Siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi «yer mahsuloti» (ya‘ni milliy daromad va milliy boylik)ni uch asosiy sinf o’rtasidagi taqsimoti qonunlarini aniqlashdan iborat. Bu taqsimot ishlab chiqarish sharoiti va manfaatlaridan kelib chiqishi kerak edi va bu Rikardoning yutug’i edi, ammo uning xatosi shuki, u taqsimot usulini moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish usuli bilan bog’liq qilib qo’ygan. U mantiqiy abstraksiya metodidan foydalandi, ijtimoiy fanlarda aniq fanlarning usuli, ayniqsa, ilmiy deduksiyani keng qo’lladi. U o’z konsepsiyasi asosiga qiymat qonunini, ya‘ni tovarlarning qiymatini sarflangan mehnat bilan aniqlashni qo’ydi. Faqat bir omil - «Mehnat» qiymatining asosida yotadi, deb yozadi olim. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar shu qonunga qanchalik mos kelish-kelmasligini o’rgandi. Rikardo kapitalizmni jamiyatni tashkil etishning yakkayu-yagona tabiiy va abadiy shakli, deb o’ylagan.

Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasi


D.Rikardo, eng avvalo, qiymat nazariyasiga alohida e‘tibor qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni tugatish, D.Rikardo bo’yicha siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ko’rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va ularni tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning mazkur kategoriyaga bo’lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat tovar ishlab
124

chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini yozadi. U qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o’zini qiymatning mehnat nazariyasi tarafdori ekanligini namoyish etadi.


Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish klassik iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda e‘tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xomashyoni ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini qayd qilib o’tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog’liq bo’ladi.
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo’lib tanqid qilgan o’zining do’sti T.Maltus hisoblanadi. U birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini to’g’ri, deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki qiymatdan past baho bo’yichami? Agar baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash tamoyili buziladi (foydaliligi har xil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi) – bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning asosiy tamoyili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi: agar qiymatning yagona manbayi haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar kapital ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda Me‘yori deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval, o’zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o’lchanadi, deb tushun-tirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan.
Renta nazariyasi. D.Rikardoning renta to’g’risidagi konsepsiyasi bugungi kunda ham o’z faolligi bilan ajralib turadi. Yerdan
125

foydalanganlik uchun hamisha renta to„lanadi, bunda uning manbayi, D.Rikardoning tasdiqlashicha, yerga sarflangan mehnat hisoblanadi.


Yer resurslari cheklanganligi sababli, xo’jalik amaliyotida unumdorligi va joylashishi bo’yicha har xil bo’lgan yer uchastkalaridan foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining qiymati D.Rikardo bo’yicha, eng yomon uchastkada ishlatiladigan mehnat sarflari bilan aniqlanadi.

Download 36,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish