Klassik iqtisodiy maktabning to‘la to‘la shakllanishi, Smit va Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari. Reja: A. Smit va uning «Odamlar boyligi…»


A.Smitning qiymat, mehnat va pul nazariyalari



Download 31,18 Kb.
bet4/7
Sana30.05.2022
Hajmi31,18 Kb.
#620220
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Klassik iqtisodiy maktabning to‘la to‘la shakllanishi, Smit va Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari

3. A.Smitning qiymat, mehnat va pul nazariyalari.
Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi.
A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy o‘zgarishlarning natijasidir, deb ko‘rsatib o‘tadi. Uz tadqiqotida A.Smit oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya’ni uning qiymatini topish vazifasini qo‘ydi. U tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, hiqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat»- bu buyumning foydaliligi, hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Bunda u bir vaqtning o‘zida ikki har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko‘p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo‘ladi ( bu konsepsiya keyinchalik D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi). Ikkinchi konsepsiyaga binoan - tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga muvofiq tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi, ya’ni ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. A.Smit o‘z qarashlarida bu ikkala konsepsiyadan foydalandi:
Smitning fikricha «Tabiiy baho» (qiymat) – bu shunday bahoki, unda mehnat, kapital va yer uchun to‘lanadigan normalar tarkib topadi. Bu tabiiy normalar halqlarning yashash sharoitlariga, geografik va tabiiy sharoitlariga va o‘ratcha harajatlar darajasiga qarab o‘rnatiladi. A.Smit fikriga ko‘ra esa, «tabiiy baho»ning shakllanishi – ob’ektiv bozor qonunlarining amal qilishi natijasidir. Agar talab baklifdan kam bo‘lsa, bozor bahosi tabiiy bahodan past, agar talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, bahoning oshishiga va taklifning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bunda bozor bahosi «tabiiy baho» atrofida tebranib turadi, u bozor holatiga qarab undan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.


Mehnat bozori va pul
A.Smitning ko‘rsatib berishicha, mehnat bozorida talab va taklifning mosligi kuzatiladi, chunki taklifning talabga moslashuvi nafaqat tovarlar bozorida, balki mehnat bozorida ham amal qiladi. Masalan, aholining o‘sishi ishchi kuchiga bo‘lgan talab bilan tartibga solinib turadi. Quyi sinflarda an’anaviy ravishda bolalarning tug‘ilishi ko‘p bo‘ladi. Ammo ishchi kuchiga talab ortmasa, albatta, ish haqi past bo‘ladi va ularning ko‘pi kambag‘allikdan o‘lib ketadi.
Shuning uchun, yuqori ish haqi iqtisodiy taraqqiyot – progressga yordam beradi, chunki u mehnat unumdorligini oshirish uchun rag‘batlantiradi. Uning asosiy fikri shuki, cheklangan maosh olayotgan ishchi hech qachon to‘la kuch bilan ishlamaydi, chunki u bundan manfaatdor emas. Lekin kam haq to‘lash qanchalik ziyon keltirsa, ortiqcha ko‘p maosh ham jamiyat uchun naf keltirmaydi.
Smit ish haqi tirikchilik uchun zarur minimum harajatlardan ancha ortiq bo‘lishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi kerak, ish haqi milliy boylik o‘sishiga bevosita bog‘liq degan fikrda edi.
U o‘z ta’limotida kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to‘laydi, ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida o‘zlashtiradi degan fikrni ilgari surdi. Amalda foyda bu qo‘shimcha qiymatdir. Bunda u kapitalizm tizimida ishchi mehnati sotiladi deb hisoblaydi.
Shuningdek, pulga bo‘lgan talab uning taklifini tartibga solib turadi. Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk g‘ildiragi» deb baholaydi. Mamlakatda tovar muomilasi uchun pullar qanchalik talab etilsa, shuncha pul taklif etiladi. A.Smit oltin va kumush pullarni qog‘oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan. Agar mamlakatda tovar kamayib ketsa, unda pullar import tovarlarini sotib olish uchun chetga chiqariladi. A.Smit merkantilistlarni pulni ko‘paytirish konsepsiyasini tanqid qilib, iqtisodiyotda pulga zarurat tovarlarga nisbatan kamroq bo‘ladi deb o‘ylaydi. Mamlakatda pul massasi qancha kam bo‘lsa, iqtisodiy yo‘qotishlar shuncha kam deb hisoblaydi. Biroq, A.Smit pulning roliga yetarlicha ahamiyat bermaydi va unga zarurat, boshqa tovarlarga qaraganda, doimo kamroq bo‘ladi, deb aytadi. Uning bu xatosini izdoshlari o‘zlashtirib olib, klassik maktab nazariyasi o‘z ta’limotlarida qo‘lladilar.
Smit jamiyatning uch holatini: yuksalayotgan – progress, statsionar – turg‘un va tanazzul – regressga uchragan holatlarini farqlagan. Birinchisida boylik ko‘payadi va mehnatga talab-ehtiyoj ortadi. Statsionar holatda ishchilarning ahvoli og‘ir, tushkunlikda esa ayanchli bo‘ladi.
Boylikni ko‘paytirishga ta’sir etuvchi omillar.
A.Smit bo‘yicha boylikni ko‘paytirish omillari qo‘yidagilardan iborat:

Download 31,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish