2. A.Smitning iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi.
A.Smit ta’limotidagi asosiy g‘oya – bu iqtisodiy liberalizm g‘oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g‘oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o‘zini o‘zi boshqarish g‘oyasidir. Uning tushunchasi bo‘yicha, jamiyatda qachon shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya’ni qachonki jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig‘indisi deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Odamlarning o‘z moddiy ahvolini yaxshilashga bo‘lgan tabiiy intilishi – bu shunday kuchli omilki, agar uning amal qilishiga xalaqit berilmasa, deydi u, unda u o‘z-o‘zidan jamiyatni farovonlikka olib kelishga qodir.
A.Smit xususiy tadbirkorlikni rivojlanishining ikki shartini ko‘rsatib beradi:
1. Shaxsiy manfaat;
2. Raqobat.
U monomorliyalarga qarshi chiqqan. Raqobat qancha kuchli bo‘lsa, monopolizm ehtimoli shuncha kam bo‘ladideb hisoblaydi. Davlat erkin raqobatzga aralashmasa, erkin raqobat cheklanmasa u do‘nyoning rivojlanishiga olib keladi.
A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo‘lib iqtisodiyotga ob’ektiv, odamlarning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tizim sifatida qaraydi. Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo‘lmaydigan iqtisodiy qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonular amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit tushunchasiga ko‘ra, erkin raqobat hisoblanadi. Olim iqtisodiyotda davlat sektori samarasizligini ko‘rsatib o‘tadi. U hukumatga qo‘yidagicha ta’rif beradi: « Davlat birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o‘zgalar pulini esa hamisha o‘zingnikidan ko‘ra behuda sarflaysan». U davlatning faqat 3 funksiyasini tan oladi:
1. Mamlakat xavfsizligini ta’minlash,
2. Adolatli sud qilish,
3. Jamiyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash.
«Ko‘rinmas qo‘l» nazariyasi
A.Smit iqtisodiyot davlat boshqaruvidan xalos bo‘lsa, butun jamiyat rivojlanishining sabablarini tushuntirish uchun «ko‘rinmas qo‘l» nazariyasini foydalanadi. «Ko‘rinmas qo‘l» deb u bozor mexanizmiga ta’rif beradi:
«Har bir alohida odam o‘z kapitalini uning mahsuloti eng ko‘p qiymatga ega bo‘ladigan tarzda ishlatishga intiladi. Odatda u jamiyat foydasiga yordam berishni ko‘zda tutmaydi, balki faqat o‘z manfaatini ko‘zlaydi… U o‘z manfaaatlarini ko‘zlagan holda jamiyat manfaatlariga ko‘proq xizmat qiladi». Bozor mexanizmi asosida talab, taklif, mahsulotlar narxi va raqobat turishini isbotlab beradi. Bunda raqobat asosiy rol o‘ynaydi. U ishlab chiqaruvchilarni resurslardan samarali foydalanishga va haridorlar ehtiyojini hisoblashga majbur etadi.
Bozor iqtisodiyoti normal ishlab turgan sharoitda Smit nazariyasiga ko‘ra foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiradi.
A.Smit merkantilistlarning proteksionizm siyosatini tanqid qiladi. Uningcha, chetdan ancha arzon bahoga olib kelish mumkin bo‘lgan tovarni o‘zida ishlab chiqarish bema’ni narsadir.
Uning nazariyasida qo‘yidagilar taklif etiladi:
1. Ishchi kuchining erkin harakati;
2. Ichki va tashqi savdo va sanoatda to‘la erkinlik (proteksionizmga qarshi) siyosati;
3. Erkin yer savdosi, davlat ixtiyorida qolgan yerlarni xususiy shaxslar o‘rtasida taqsimlash;
4. Mustamlakalarda sanoat rivojini taqiqlashni bekor qilish.
A.Smitni iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi va undagi nazariy qarashlardan turli davlatlar, eng avvalo, Angliya hukumati, keyinchalik esa ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari o‘zlarining iqtisodiy siyosatida foydalandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |