Topshiriq
Talabalar adabiyotlardan foydalanib quyidagi masalalarning yechimini topadilar:
1-masala. O‘rmondagi tanlab olingan 20 ta daraxtdan 4 tasi I sinfga, 5 tasi III sinfga va qolgani II sinfga taalluqligi ma’lum bo‘lsa, daraxtlarning o‘rtacha sinfini aniqlang.
2-masala. Tanlangan daraxtlarning ko‘rsatkichi 332, 422, 113 va 432 bo‘lsa, ularning umumiy tavsifini kelting.
Adabiyotlar: 1. 2. 3. 5. 6
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Leybundgut, Jilkin, Zaxarov tomonidan tuzilgan klassifikatsiyalarni tushuntirib bering?
2. Daraxtlarni klassifikatsiyaga ajratishda necha yoshli daraxtlardan foydalaniladi?
3 - AMALIY MAShG‘ULOT
MAVZU: O‘RMONDA DARAXTLARNI TABAQALANIShI. ASOSIY DARAXT TURI.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga asosiy daraxt turlari va tabaqalanish sabablari, ularning xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni Daraxt turlari yaxshi o‘sib yetilgan vaqtida bo‘yiga qarab yirik, o‘rtacha, mayda daraxtlarga va butalarga ajratiladi.
Daraxtlar – tanasi yog‘ochlangan asosan bitta yo‘g‘on tanali, baquvvat ildizli va keng shox shabbali, baland bo‘yli, ko‘p yillik o‘simliklardir. Bular, mevasi, to‘p guli, poyasining eni, bo‘yi, shox shabbasi va barglari bilan bir- biri bilan farq qiladi. Masalan, yong‘oqning shox-shabbasi yoyiq, qarag‘ay va terakniki g‘uj va tik, sadaqayrag‘ochniki esa sharsimon bo‘ladi. Daraxtlar oz yoki ko‘p yashashiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Masalan, Afrikada o‘sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, archa 1000 yil, soxtakashtan 2000 yil, chinor 800 yil yashashi mumkin.
3 – rasm. Asosiy daraxt (chapda: oddiy eman, o‘ngda:-oddiy qarag‘ay)
Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Bu ularning tashqi ko‘rinishi (shox-shabbasi, bo‘yi va eni) yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘rmonda daraxtlarning turlicha o‘sib rivojlanishi, ya’ni tabaqalanishini keltirib chiqaradigan sabab – yashash muhiti uchun kurash va genetik xususiyatlardir. Ulkan daraxtlar 5%, yirik sog‘lom daraxtlar 20% atrofida bo‘ladi.
Buta – poyasi yog‘ochlangan, bo‘yi 2-3 m dan oshmaydigan bir nechta o‘nlab novdalar hosil qiladigan sershox ko‘p yillik o‘simlik. Bularga tog‘ yonbag‘irlarida keng tarqalgan irg‘ay, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, nastarin kabi o‘simliklarni misol qilib keltirish mumkin.
Bular orasida daraxtlar o‘rmonchilik sohasida katta ahamiyatga ega. Chunki daraxtlar tez o‘sib, katta yog‘och zahirasini beradi. Daraxtlar o‘z navbatida asosiy va yordamchi daraxtlarga bo‘linadi.
Baland bo‘yli, baquvvat, sog‘lom, muxim iqtisodiy axamiyatga ega, shox-shabbalar ham o‘ziga mos daraxtlarni asosiy daraxtlar deb yuritiladi. Bu ta’rif bir joyda o‘sadigan boshqa turdagi o‘simliklarga nisbatan olingan. Masalan, sug‘oriladigan yerlarda o‘sadigan eman daraxti, asosiy daraxt toifasiga kirsa, qumli cho‘llarda o‘sadigan qora saksovul ham asosiy daraxt toifasiga kiritiladi. Chunki, qumli cho‘llarda o‘sadigan qora saksovul boshqa o‘simliklarga nisbatan o‘zining bo‘yi, baquvvatligi, shox-shabbasi va axamiyatiga ko‘ra qarab ajralib turadi.
Asosiy daraxt turlariga terak turlari, chinor, qaragay turlari, eman turlari, mayda bargli qayrag‘och, yapon soforasi, kashtan, archa turlari, grek yong‘og‘i kabi daraxt turlari misol bo‘ladi.
Topshiriq
Qumli cho‘l mintaqasida o‘rmonzor barpo etish uchun 3x2 sxemada asosiy daraxt ekildi. Bunda asosiy daraxt sifatida qaysi daraxt turidan foydalaniladi va 1 gektarga qancha ko‘chat ketadi.
Asosiy daraxt turiga qo‘shimcha 10 tadan misol keltiring (lotincha, ruscha nomlanishi bilan).
Do'stlaringiz bilan baham: |