6-sinf 1- 15talik mavzu bo`yicha TEST
1. 6000 yil umr ko’radigan daraxt qayerda yashaydi.
A)Seyshel orolida B)Kanar orolida
C)Meksikada D)Shimoliy Amerikada
2.Noyob mevali o’simliklar qatorini toping?
A) Ko’zagul, chinnigul, xolmon
B) Chakanda, na’matak, suvqalampir
C) Pista, bodom, safsan
D) Saksovul, qandim
3. Hayotiy shakli yarimbuta bo’lgan o’simliklar uchun mos keluvchi ta’rifni toping.
A) bir nechta yog’ochlashgan poya- tanaga ega ko’p yillik o’simliklar
B) bitta yo’g’on yog’ochlashgan tanali , baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo’yli ko’p yillik o’simliklar
C) poyasining pastki qismi yog’ochlashgan, yuqorigi yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko’p yillik o’simliklar
D) yer usti qismi qishda qurib, o’sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o’simliklar
4. . Maymunjonning hayotiy shaklini belgilang.
A daraxt B liana C buta D ko’p yillik o’t
5. . Ligustrum (1), gulsafsar (2), kanakunjut (3) o'simliklari hayotiy shakli jihatidan qaysi guruhlarga mansub?
a) yarim buta; b) buta; c) bir yillik o't; d) ko'p yillik o't; e) daraxt.
A) 1-b, 2-d, 3-c В) 1-a, 2-d, 3-е
C) 1-b, 2-е, 3-d D) 1-е, 2-a, 3-c
6. Hujayrani kim kashf qildi ?
A)1682 – yil R.Guk C) 1865 – yil N Gryu
B)1682 – yil N Gryu D) 1665 - yil R Guk
7. Sitoplazmaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)rangsiz; 2)rangli; 3)tiniq; 4)suyuq; 5)quyuq; 6)shilimshiq; 7)doim harakatlanib turadi; 8)harakatsiz
A 1,3,4,6,7 B 1,3,4,6,8 C 1,3,5,6,7 D 2,3,4,6,8
8. Qaysi organizmlar hujayrasida mag'iz shakllanmagan?
A) piyoz, achitqi zamburug'i
B) ko'k-yashil suvo'tlar, bakteriya
C) zamburug’lar,ko'k-yashilsuvo'tlar, bakteriya
D) xlamidomonada, ko'k-yashilsuvo’tlar
9. Plastidalarning necha xili mavjud va ular qanday bo’ladi?
A) 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (rangsiz), leykoplast (zarg'aldoq, qizg'ish)
B) 3 xil; xloroplast (zarg'aldoq, qizg'ish), xromoplast (yashil), leykoplast (rangsiz)
C) 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, qizg'ish), leykoplast (rangsiz)
D) 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, yashil-ko'k), leykoplast (rangsiz)
10. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda qaysi organoidlari yo'qoladi va ularning o'rnini nima egallaydi bu o'z navbatida qari hujayraning nobud bo'lishiga olib keladi?
A) mag'iz yo'qolib uning o'rnini sitoplazma egallaydi
B) mag'iz va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini vakuol egallaydi
C) mag'iz yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
D) mag'iz va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
11. To’qima atamasini fanga kim olib kirdi?
A)1682 – yil R.Guk C) 1865 – yil N Gryu
B)1682 – yil N Gryu D) 1865 - yil R Guk
12. Hosil qiluvchi to’qima hujayralariga ta’rif bering .
1)qalin qobiqli; 2)tez-tez bo’linish xususiyatiga ega; 3)yupqa nozik po’stli; 4)sekin bo’linadi ; 5)yirik yadroli; 6)ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan; 7)yadrosi yo’q; 8)hujayralari tirik; 9)hujayralari o’lik
A)1,2,3,5,6 B)2,3,5,6,8
C)1,2,3,5,6,7 D)2,3,4,5,6
13. Asosiy to`qimaga xos bo`lmagan javoblarni aniqlang.
1)to`qima hujayralari ildiz va novdani ichki qismida ham bo`ladi ular yon hosil qiluvchi to`qimalar deb ataladi; 2)to`qima hujayralari poya va ildizda halqa shaklida joylashgan; 3)bu to`qimaning ikkinchi nomi meristema to`qimasi deb ataladi; 4)bu to`qima ildizpoya, ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, meva va urug`larda yaxshi rivojlangan; 5) tez-tez bo`linish xususiyatiga ega; 6)asosiy to`qima hujayralari qoplovchi, mexanik, o`tkazuvchi to`qima hujayralari oralig`ida joylashadi; 7)tarkibiga assimilatsion va jamg`aruvchi to`qima kiradi
A)4,6,7 B)1,2,5 C)3,6,7 D)5,6,7
14. Qoplovchi to`qimaga xos bo`lgan xususiyatlarni
aniqlang.
1)kollenxima va sklerinxima turlari mavjud; 2)tarkibiga o`lik va tirik hujayralar kiradi; 3)barg va yashil poyalar epidermasida joylashgan hujayralari suv va gaz almashinuvida ishtirok etadi ;4)hujayra qobig`iga suberin degan modda shimilgan; 5)hujayralar orasida yasmiqchalar shakllanadi; 6)o`lik hujayralari ikki turga bo`linadi ya`ni uzun ingichka lub tolalari, yog`ochlik tolalari va yumoloq sklereid hujayralari; 7)tirk hujayralari cho`ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar hisoblanadi
A)1,2,7 B)3,4,5 C)2,3,6 D)4,5,6
15. Mexanik to’qimaga xos xususiyatlar qaysilar
1)sklerenxima; 2)yasmiqchalar; 3)po’kak; 4)cho’ziq; 5)qalin qobiqli ; 6)traxeid ; 7)epiderma ;
8)barg bandida; 9)sklereid
A)1,2,3,4,5 B)1,4,5,8,9
C)1,4,5,6,8 D)1,4,5,6,8,9
16. Mexanik(a),qoplovchi(b) va ajratuvchi(c) to`qimaga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang.
1)tirik hujayralari barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifani bajaradi; 2)hujayralari meva etida va
urug`larning qobig`ida bo`lishi mumkin; 3)daraxt va
butalarning tanasi va ildizida har yili yangi qavati
shakllanadi ;4)hujayra qobig`iga suberin degan modda
shimilgan ; 5)tuzilishiga ko`ra 3xil bo`ladi ; 6)to`qima
hujayralari efir moylari, kauchik nectar va smola fitonsid kabi moddalar ajratib chiqaradi; 7)tirk hujayralari cho`ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar hisoblanadi
A)a-1,2 b-3,4 c-6 B)a-3,5 b-2,6 c-4
C)a-2,6 b-4,7 c-3 D)a-4,6 b-2,3 c-7
17.
Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A) 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B) 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C) 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D) ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
18.Ildizlar kelib chiqishiga ko'ra qanday bo'ladi?
A) 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B) 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C) 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D) ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
19. Ko'ndalangiga kesilgan ildizning mikroskopda ko'rinishini to'g'ri ketma-ketlikda belgilang.
A) po'sti, tukchalari; naylari
B) bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi
C) tukchalari, po'sti; so’ruvchi
D) bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
20. Ildizning bo’linuvchi qismidagi yosh nozik hujayralarni …..tashqi ta’sirdan saqlaydi.
A)Po’stloq B)ildiz qinchasi
C)ildiz tukchasi D) o’suvchi qism
21. Qaysi ildizning o'zgarishidan ildizmevalar hosil bo'ladi?
A) asosiy B) yon C) qo'shimcha D) popuk
22.
. Ildiz tukchasiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1) bitta uzun hujayradan tuzilgan; 2)yupqa qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan;
3) yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan; 4) qalin qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan; 5) qalin qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan; 6)tukchalar orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalari shimib olinadi
A) 1,2,6 B) 1,3,6 C) 1,4,6 D) 1,5,6
23. Makkajo’xorining 1.5mm
2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A) 700 B) 350 C) 1050 D) 1400
24. Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi?
A) 10-12 kun B) 10-20 kun
C) 20-25kun D) 10-15kun
25. G’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?
A) 3-4sm B) 3-4 mm C) 2-3 sm D) 2-3 mm
26.Ko’tarilib o’suvchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)sebarga 3)olma 4)bug’doy 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok
A) 2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 5,8
27. Gajaklari yordamida ilashib o’sadigan o’simlikni belgilang.
1)no’xat; 2)qovoq; 3)olma; 4)bug’doy 5)qo’ypechak; 6)temirtikan; 7)karnaygul; 8)tok; 9)qulupnay; 10)g’ozpanja
A)1, 2,8 B) 9,10 C) 7 D) 5,7
28. O’rmalovchi poyaga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tarvuz 2)bodring 3)qovoq 4)qovun 5)qo’ypechak 6)temirtikan 7)karnaygul 8)tok 9)qulupnay 10)g’ozpanja
A) 9,10 B) 8 C) 1,2,3,4,6 D) 5,7
29.
. Lub va yog’ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar to’plami qanday ataladi.
A) floema B) elaksimon naylar
C) kambiy D) o’zak
30. Bandsiz barglarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang.
1)olma 2)lola 3)o'rik 4)bosh piyoz 5) nok 6)terak 7)shirach 8)yong'oq 9)anjir 10)gulsafsar 11)bug'doy 12) anjir 13)tok 14)makkajo'xori 15)arpa 16)qovun 17)sholi
A) 2,4,7,10,11,14,15,17 B) 1,3,5,6,8,9,12,13,16
C) 1,3,5,6,8,7,9,12,16 D) 2,4,7,10,11,14,15,16