Kiyimlar assortimenti


Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar



Download 32,98 Kb.
bet2/8
Sana08.06.2022
Hajmi32,98 Kb.
#643768
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kiyimlar assortimenti

Maishiy kiyimlar assortimenti. Ustki kiyimlar. Bunga palto, kostyum va kostyum-ko‘ylak buyumlari kiradi. Palto buyumlarining deyarli barchasi bir xil tuzilishga ega bo‘lib, ular faqat fasonlari- silueti, bichimi va pardozi bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Palto buyumlari quyidagi belgilari bo‘yicha bo‘linadi: materiali (gazlama, trikotaj polotno, mo‘yna, charm va po‘stinbop qo‘yterilar), mavsumli (qishki, yozgi), yosh va jins belgisi (erkaklar, ayollar va bolalar), turlari hamda fasoni.
Paltolar assortimentiga yelkaga kiyiladigan quyidagi buyumlar kiradi: palto, yarim palto, kalta kamzullar, shinellar, bushlatlar, pelerinalar, plashlar, plash-paltolar va nakidkalar (yelkaga tashlab yuriladigan yengsiz kiyim). Palto- oldi ochiq, tugmalar bilan qadaladigan, yengi uzun va yoqali kiyim.
Qishki paltolarning qismlari yuza qismi materiali, astari, isituvchi va shakl saqlovchi ichki astar (to‘shama)lardan tuzilgan. Mavsumli paltolar ko‘pincha isituvchi to‘shaksiz va ayrim paltolar esa qattiq shakl saqlovchi, to‘shaksiz tikiladi.
Qishki paltolar uchun odatda ko‘proq junli va yarim junli gazlamalar - draplar, suknolar, paltobop gazlamalar, sun’iy mo‘ynalar va-mo‘yna yarimfabrikatlari (qorako‘l, barra, quyon, ondatra, qoraqo‘zan, tulki terilari) ishlatiladi. Isituvchi materiallar sifatida esa vatin, porolon hamda sun’iy mo‘ynalar ishlatiladi.
Yarim palto - paltodan uzunligi (kaltaligi) bilan farq qiladi. Ularning assortimenti ham paltolarniki kabi bo‘ladi. Kalta kamzul palto va yarim paltodan kaltaroq. Hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan kiyim turlaridan biri bu kapyushonli qaytarma qalpoqli kalta kamzul. Ularning ustki qismi uchun har xil tolali gazlamalar, sun’iy charm va mo‘ynalar, qat-qat qilingan, «bolonya» turdagi materiallar ishlatiladi.
Shinel - palto xillaridan bo‘lib, biror muassasa uchun mo‘ljallangan. Ularning shakli, bichimi, materiali va rangini tegishli muassasa belgilaydi.
Bushlat yarim paltoning bir turi bo‘lib, biror muassasa uchun mo‘ljallangan kiyim.
Plashlar, plash-palto va yopinchiq (nakidka)lar paltoning xillariga kiradi. Ular ko‘pincha suv o‘tmaydigan «bolonya» yoki yomg‘irdan saqlaydigan plyonkali materiallardan tayyorlanadi.
Yopinchiqlar yengsiz, qo‘l uchun kesikli va qaytarma qalpoqli qilib tayyorlanishi bilan plashlardan farq qiladi.
Kostyum-ko‘ylak buyumlari. Bu buyumlar ishlatilish xususiyatiga ko‘ra kundalik, uylik va ziynatli; tayanch bo‘yicha - yelkaga, belga kiyiladigan; materiali esa gazlama, noto‘qima materiallar, sun’iy va tabiiy charmlar; kiyish mavsumi bo‘yicha – qishki, yozgi hamda mavsumiyli; jins va yosh belgisiga asosan - erkaklar, ayollar, bolalar; turlari - pidjak, yubka, ko‘ylak va boshqalar; fasoni - uzun yengli, yengsiz, badanga yopishib turadigan va hokazolarga bo‘linadi. Kostyum-ko‘ylak buyumlar assortimentiga quyidagilar kiradi: pidjaklar, jaketlar, kurtkalar, bluzkalar, shimlar, yubka va sarafanlar (yengsiz kiyim), jiletlar, ko‘ylaklar, xalatlar hamda boshqalar. Bularning ko‘pchiligi yengil kiyimlar guruhiga mansub.
Pidjak (shimsiz kostyum) yelkaga kiyiladigan va oldidan qadaladigan uzun yengli, yoqali va cho‘ntakli kostyum. Pidjaklarning tuzilishi mavsumiy paltolarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Pidjaklar bir va ikki yonboshli, yopishib hamda yarim yopishib turadigan siluetli, yelkalari yaxlit bichilgan, kesik, ko‘krakburmali, bel chizig‘i bo‘yicha kesilgan, yoqalari, cho‘ntaklari har xil bo‘lishi mumkin. Materiali bo‘yicha pidjaklar har xil tolali gazlamalar, sun’iy va tabiiy charmlardan tayyorlanadi.
Kitel - yarim yopishib turadigan siluetli shakldagi buyum. Qaytarma yoqa turi va bir yonga qadalishi bilan pidjakdan farq qiladi.
Jaket tuzilishi bo‘yicha pidjakni eslatadi. U uzun va kalta yengli hamda shakl saqlaydigan ichki astarli hamda astarsiz qilib tikiladi. Jaketlar ko‘proq ayollar va bolalar uchun mo‘ljallangan.
Kalta kamzul (kurtka)lar - uzun yengli, ichki astarli va astarsiz, biroz kaltaytirilgan pidjak turidagi buyum. U pidjakdan etaginli shakli, yoqasi va cho‘ntaklari bo‘yicha farq qiladi hamda har xil materiallardan tikiladi.
Nimcha (jilet) - yengsiz, oldi ochiq, kaltaytirilgan, yelkaga kiyiladigan, yoqali va yoqasiz, ilmoqli yoki ilmoqsiz buyum. Nimchala kostyum-shimlar to‘plami hisoblanib, erkaklar, ayollar va bolalar uchui chiqariladi.
Shimlar. Ularning turiga shortlar (kalta shim), shalvarlar, golf shimlari, bridji (etik shim)lar kiradi va ular uzunligi, kengligi hamda pastki qismining bezatilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Erkaklar shimining old tomonidan kesilgan kesik «molniya» ilmog‘i yoki tugma bilan yopiladi. Ayollarning shimlari ustki qismining bezatilishi bilan erkaklar shimlaridan ajralib turadi; oldidan yoki yonidan ilmoq va qayish bilan yopiladi. Shimlar xilma-xil gazlamalar, trikotaj matosi, sun’iy va tabiiy charmlardan tayyorlanadi. Ularning pastki qismi qayrilgan yoki qayrilmagan bo‘lishi mumkin.
Yubka - jussaning pastki qismini yopib turuvchi buyum. Yubkalar tuzilishi bo‘yicha yaxlit yoki tugmalari qadalmaydigan (raspashnoy), ilmoqli va ilmoqsiz, oxirigacha kesilgan yoki kesiksiz bo‘lishi mumkin. Yubkaning turlariga yubka-shimlar ham kiradi.
Ko‘ylak - ular tuzilishi bo‘yicha bel chizig‘i bo‘yicha kesikli va kesiksiz, yoqali yoki yoqasiz, yenglari tikilgan, reglan, yaxlit bichilgan, uzun, kalta va yengsiz bo‘lishi mumkin. Uzunligi tizzagacha, tizzadan past yoki uzun bo‘ladi. Ko‘ylaklar, odatda, astarsiz, lekin ayrim hollarda astarli qilib ham tikiladi. Ular qoplama yoki kesik cho‘ntakli bo‘ladi. Ishlatish xususiyatiga qarab kundalik, uylik va ko‘chada kiyiladigan bo‘ladi. Ko‘ylak turlariga ko‘ylak-kostyumlar va ko‘ylak-xalatlar kiradi.
Sarafanlar - yengsiz va yoqasiz soddalashtirilgan tuzilishdagi ko‘ylaklar turi. Ular bluzka hamda jaketlar bilan kiyiladi. Yaxlit bichilgan yoki bel chizig‘i bo‘yicha kesilgan holda tikiladi.
Bluzka- shakli va bichimi bo‘yicha ko‘ylakning yuqori qismi - lif (beldan yuqori qismi) hisoblanadi. Bluzkalar kesik yoki yaxlit, oldi va orqa tomonidan ilmoqli, yengli, yoqali bo‘lishi mumkin. Ular kundalik hamda bezakli bo‘ladi.
Xalat - oldi ochiladigan, ikki yonli etagi bir-biriga kirib turadigan uy kiyimi. Odatda, xalatlar keng hamda uzun bo‘lib, ilmoqli yoki belbog‘li qilib tayyorlanadi. Xalatlar qavilgan va issiq saqlovchi astarli bo‘lishi mumkin. Shoyi gazlamadan astarli yoki ichki issiq astarli qilib tikilgan xalatlar penyuar deb ataladi.
Pelerina - har xil shakl va uzunlikdagi (ko‘krak chizig‘igacha, belgacha, tizzagacha, tizza yoki etakkacha bo‘lgan) yengsiz kiyim. Odatda, old tomoni kesilgan, ilmoqli yoki ilmoqsiz va yoqali bo‘ladi. Pelerinalar ko‘ylak, sarafan, kostyum-ko‘ylak va kostyum-paltolarga qo‘shimcha buyum sifatida xizmat. qiladi.
Ustki ко‘ylaklar - erkaklar va bolalar uchun mo‘ljallangan kiyim turidir. Ular har xil tuzilishda ishlab chiqariladi. Ustki ko‘ylaklar yoqasi qayriladigan va qayrilmaydigan qattiq ichki astarli, tikilgan yoki olinadigan bo‘lishi mumkin. Yenglari uzun, kalta bir yoki ikki manjetli tugma yoki ilmatugma (zaponka) bilan qadaladigan qilib tikilishi mumkin. Ular xomashyolari har xil bo‘lgan gazlamalardan tayyorlanadi.
Kostyumlar - bular ikki (pidjak va shim), uch (pidjak, shim va nimcha) va undan ortiq narsalardan tuzilgan kiyim to‘plamidir. Kostyumga kiruvchi buyumlar shakllari bo‘yicha bir-biriga mos kelishlari hamda bir xil ansambl tuzishi kerak. Ayollar kostyumi jaket, nimcha, bluzka, shim va yubka yoki ko‘ylak, sarafanlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Erkaklar kostyumi odatda uch narsa (pidjak, shim, nimcha yoki jemper)dan tuziladi.
Pijama - kalta kamzul yoki bluzka va shimdan iborat bo‘lgan kiyim to‘plami.

Download 32,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish