D
R
A
Y
V
E
R
Bajardi;Qahhorova Shodiya
1
- Drayver bu — kompyuterdagi qurilmalarni(videkarta, wifi modul, bluetooth modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog’lab beruvchi maxsus dastur
2
- Bu dastur bo’lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi.
3
Drayver o’zi- nima?
Drayver sizda mavjud bo’lishi kerak.
Odatda, kompyuter yoki notebook sotib olsangiz, sizga qo’shimcha disk beriladi.
Shu diskda sotib olgan hisoblash mashinangizdagi barcha qurilmalarning drayverlari mavjud bo’ladi, kompyuterni yoqasiz diskni tiqasiz va drayverlarni ketma-ket o’rnatib chiqasiz, hammasi oddiy.
Hozirda ko’p kompyuter do’konlari, notebook yoki statsionar kompyuterlarga drayver yozilgan disk qo’shib berishmayotgan ekan.
Kompyuter sotib olayotganda, albatta, sotuvchidan drayver yozilgan disklarni so’rang, uyalmang va qo’rqmang.
Sotib olayotganda drayver diskini olmagan bo’lsa, nima qilish kerak?
Sizga kerak bo’ladigan drayverlarni topishning ko’p usullari bor, shulardan birini yozib o’taman. Bu usul maxsus dastur — Driver Booster (https://t.me/planetaitsoft/100) orqali drayverlarni qidirish.
1. Driver Booster dasturini o’rnatasiz. O»rnatish jarayonida internet talab qilinmaydi, faqat yandex brauzerlarni o’rnatish taklif qilinadi, belgilashlarni olib tashlab, ularni o’rnatmang.
2. Dastur avtomat ishga tushadi, «Сканировать» bosiladi va dastur sizni kompyuterni analiz qiladi va qaysi drayverlar kerakligini aniqlaydi, bu holat uchun kompyuter internetga ulangan bo’lishi lozim.
- Sizga 3 xil ustun taklif qilinadi:
- — Drayver o’rnatilmagan qurilmalar.
- — Drayver o’rnatilgan, lekin eski versiyasi.
- — Drayverning oxirgi versiyasi o’rnatilgan.
- O’rnatish kerak bo’lgan qurilmalarni belgilaysiz va «Обновить сейчас» tugmasini bosasiz, albatta internetga ulangan holda.
- Dastur o’z bazasida mavjud bo’lgan va sizga mos keladiganlarini o’rnatib beradi. Kompyuterni qayta yuklash so’raladi va barcha qurilmalaringiz ishga tushadi.
Windows 10 va Windows 7 tizimlarida tekshirildi. Windows 10 o’rnatilgan HP notebook’ka dastur o’rnatilib, shu orqali 140MB’ga yaqin drayver ko’chirib olingandan so’ng, ko’k ekran chiqib, qayta yuklandi va muammosiz ishladi.
Windows 10 va Windows 7 tizimlarida tekshirildi. Windows 10 o’rnatilgan HP notebook’ka dastur o’rnatilib, shu orqali 140MB’ga yaqin drayver ko’chirib olingandan so’ng, ko’k ekran chiqib, qayta yuklandi va muammosiz ishladi.
- Drayverlani bitta-bitta o’rnating, shunda qaysidir bittasida muammo bo’lsa, aynan qaysinda muammoligini bilib olasiz.
Drayverlarni har doim Windows operatsion tizimi o’rnatilgandan so’ng, darhol o’rnating, shunda muammolar bo’lmaydi. Hamma dasturlarni qo’yib, so’ng drayver o’rnatsangiz, qandaydir muammo bo’lsa, yana qaytadan shu dasturlarni o’rnatish kerak bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |