Kiyimlar assortimenti



Download 32,98 Kb.
bet7/8
Sana08.06.2022
Hajmi32,98 Kb.
#643768
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kiyimlar assortimenti

Sport kiyimlari. Ularga jismoniy tarbiya hamda sportning maxsus turlari (alpinizm, ot sporti, futbol va boshq.) bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan kiyimlar kiradi. Ular bir-biridan silueti, mutanosibligi, uzunligi, kengligi, materiali, pardozi, ashyolari va tuzilishi bo‘yicha farq qiladi.
Sport kiyimlari faqatgina chiroyli bo‘lib qolmasdan, balki ular qulay, yengil, yetarlicha mustahkam va gigiyenik ham bo‘lishi kerak. Asosiy funksiyalari tanani shikastlanishdan, yog‘in-sochinlar ta’siridan, muzlab qolishdan, ortiqcha quyosh radiatsiyasidan, shamol, suv va dengiz tuzlaridan saqlashdan iborat.
Sport kiyimlarining assortimentiga issiq saqlovchi ichki astarli va astarsiz kalta kamzullar, kostyumlar, har xil sport turlari uchun kalta kamzul va shimlar, ko‘ylaklar, yubkalar, bluzkalar, erkaklar kalta ishtoni, plavkalari (tor kalta ishtoncha), cho‘milish kostyumlari, telpakchalar, beretlar va shlemlar kiradi. Ular erkaklar, ayollar va bolalar uchun; ishlatilishi bo‘yicha qishki, yozgi, mavsumiy; materiali esa jun, paxta, ipak, zig‘ir gazlamalari va boshqalar; tuzilishi xilma-xil bo‘ladi.
Maxsus va muassasa kiyimlari. Maxsus kiyimlarga - har xil ishlab chiqarish ta’sirlaridan saqlash, mehnat sharoitini yaxshilash va xavfsizligini oshirish hamda kasb kasalliklarini kamaytirish uchun mo‘ljallangan kiyimlar kiradi. Ularga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqarish xususiyatiga qarab belgilanadi. Shuning uchun maxsus kiyimlar ikki guruhga bo‘linadi: odatdagi mehnat sharoitida qo‘llaniladigan (xalatlar, yomg‘irda kiyiladigan buyumlar va boshq.) va o‘ziga xos mehnat sharoitida kiyiladigan kiyimlar (ishqor, kislota va neft mahsulotlariga chidaydigan va sh. k.). Maxsus kiyimlarning shakli va o‘lchamlari, ayrim qismlarining joylanishi muassasa tomonidan yoki texnik shartlar bo‘yicha belgilanadi.
Ishlab chiqarishda xilma-xil materiallardan foydalaniladi: gazlama-trikotaj, plyonka, qog‘oz, metall to‘r, rezina bilan qoplangan material, sun’iy charm va boshqalar.
Muassasa kiyimlari, asosan, harbiy xizmatchilar, dengiz va daryo flotining ishchilari va temir yo‘lchilar bilim yurtlari uchun mo‘ljallangan kiyimlarni o‘z ichiga oladi. Ular maishiy kiyimlardan o‘zlarining shakli, tuzilishi, o‘lchami, rangi, material turi va boshqa belgilari bo‘yicha farq qiladi.

Download 32,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish