“Kitobxonlik – buyuk kelajak poydevori”
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori kitobxonlikni ommalashtirishga oid ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur tadbir ham kitob mahsulotlari chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka namoyish etish, xalqimiz, jumladan, ichki ishlar organlarida mehnat qilayotgan xodimlarning kitobxonlik madaniyati, ma’naviy olamini yuksaltirish, ijodkorlar va kitobxonlar o‘rtasidagi muloqotni jonlantirishga qaratilgan.
Yarmarkada “Sharq ziyokori” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “Yangi asr avlodi” nashriyoti hamda “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi tomonidan ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy adabiyotlar, bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan kitoblar namoyish etildi.
– Kitob insonning hamrohi, do‘sti, ko‘makdoshi bo‘lish bilan birga, buyuk kelajagimizning mustahkam poydevori hamdir, – deydi Ichki ishlar vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari To‘lagan Abdullayev. – Yarmarkada nafaqat ichki ishlar organi xodimlari uchun zarur adabiyotlar, balki ularning oila a’zolari, farzandalari uchun ham kitoblar namoyish etildi. Shuning uchun yarmarka juda qizg‘in o‘tdi. Men ham o‘zim va oila a’zolarim
Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning 10 sentyabr kuni Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi va Qashqadaryo standartlashtirish metrologiya boshqarmasida “Qashqadaryo ko‘zgusi nashriyoti va kitob savdosi media markazi” UK bilan hamkorlikda navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan bolalar adabiyotlari, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyotini o‘zida jamlagan 140 dan ziyod kitoblar savdoga qo‘yildi. Yarmarkada barcha xodimlar va ularning oila a’zolari qatnashdilar. Yarmarkada taqdim etilgan ko‘plab adabiyotlar jumladan Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev asarlari, taniqli adiblarimiz Abdulla Oripovning she’rlar tuplami, Tohir Malikning asarlar tuplami, Zulfiya, Primkul Kodirov asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka davomida ishtirokchilar tomonidan ko‘plab adabiyotlar xarid qilindi.
Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. Farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |