Kitobxonlik – buyuk kelajak poydevori



Download 17,19 Kb.
bet2/2
Sana01.08.2021
Hajmi17,19 Kb.
#134907
1   2
Bog'liq
Kitobxonlik

Kitob haqida 10 ta fikr

1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni oʻqib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.

2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning oʻqib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila oʻlchanadi.

3. Kitob oʻqishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.

4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining koʻlami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.

5. Qancha koʻp kitob oʻqisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.

6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob oʻqiydiganlar va kitob oʻqiydiganlarning ogʻziga qarab yuradiganlarga boʻlinadi.

7. Soʻmni tiyin tashkil etsa, oʻqib chiqilgan kitob soni – bilimni.

8. Aql topish uchun kitob oʻqish – tana manfaatida badantarbiya bilan shugʻullanishdek gapdir.

9. Kishi aqlli boʻlib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. Oʻsha oʻntani topish uchun esa minglab kitoblarni oʻqib chiqishi kerak boʻladi.

10. Yaqin doʻsting boʻlmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati yetganda jamiki olam haqida batafsil soʻzlab beradi senga.

Shavkat Mirziyoyev kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida farmoyish imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyish imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.

Prezident yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.

Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi.

Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.

Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Yigʻilishda mazkur tajribani mamlakatimizning barcha hududida keng joriy qilish masalalari muhokama etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, ushbu muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi.

Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi.

Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil qilish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.

Atoqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olinib, bu tajribani butun respublikaga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi.

Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarining muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi.

Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos.

Yigʻilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.

Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini oʻrganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar manbasini aniqlash vazifasi qoʻyildi.

Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga “Oʻzmilliybank” tomonidan “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlgan taniqli sportchilarni rahbar etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy oʻquv yurtlarining maxsus sirtqi boʻlimlarida maqsadli oʻqitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sonini koʻpaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʻrgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilgʻor xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanish boʻyicha innovatsion koʻnikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam koʻrsatiladi.

Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari boʻlishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.

Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi.

Lekin koʻplab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi kutubxonalar oʻrnida tashkil etilgan “Axborot-resurs markazlari” oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmadi.

Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va uyushmalarga “Kitob karvoni” loyihasi doirasida badiiy, maʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha topshiriq berdi.

Yigʻilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob doʻkoni tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga barcha shahar va tumanlarda koʻchma kitob pavilyonlarini joylashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda “Bibliobus”larni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq va ovullar aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalari ham muhokama qilindi.

Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich-panellardan 195 ta tikuv-trikotaj korxonalarini qurish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari koʻp joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24 mingdan ortiq doimiy ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan.

Prezidentimiz mehnat qilish istagidagi ayollar ish oʻrinlari sonidan ancha koʻpligini hisobga olib, korxonalarda ishni 2 smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish zarurligini taʼkidladi.

Yigʻilishda qayd etilgan 5 ta tashabbusni keng joriy qilish maqsadida barcha hududlarga mutasaddi rahbarlar masʼul qilib biriktirildi. Shuningdek, bu vazifalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari, “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan masʼul va javobgar etib belgilandi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan axborotlar tinglandi.

Shavkat Mirziyoyev kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida farmoyish imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyish imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.“Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi farmoyishda.

“Shu bilan birga, ushbu muhim soha rivoji bilan bog‘liq aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator muammolar mavjudligini qayd etish lozim.

Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagan.

Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan”, — deya kamchiliklarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tegishli takliflarni tayyorlash maqsadida kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlandi.

Ishchi guruh (A.Aripov)ga bir oy muddatda soha mutaxassislari va ekspertlarini keng jalb qilgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib, quyidagi masalalarni atroflicha o‘rganish va chuqur tahlil qilish asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi:

— aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rganish, shu jumladan, ijtimoiy so‘rovlar orqali aniqlash, nashriyotlar tomonidan chiqariladigan badiiy, ma’rifiy, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning (shu jumladan, elektron shaklda) umumiy buyurtma ro‘yxatini shakllantirish tizimining holati;

— kitoblarni chop etish hamda aholiga yetkazib berishni o‘z ichiga olgan boshqaruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlarining tanqidiy tahlili;

— noshirlar va adiblarni moliyaviy rag‘batlantirish, bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlarga moliyaviy imtiyozlar berish va moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, matbaa korxonalari va nashriyotlarga kitob ishlab chiqarish uchun sifatli qog‘oz va matbaa xomashyolarini chetdan xarid qilish tartibini takomillashtirish;

— kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish;

— ixtisoslashgan kitob do‘konlari uchun viloyat, tuman markazlari va shaharlarda hamda qishloqlarda aholi gavjum va qulay hududlardan joy ajratish yoki ijaraga berish masalalarini qayta ko‘rib chiqish, sotuv aylanmasida kitob ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini alohida statistik hisobga olish va ularga tegishli soliq imtiyozlari qo‘llash;

— mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatishi zarurligidan kelib chiqib, ularning viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha joylashish va bo‘ysunish tartibini qayta ko‘rib chiqish, faoliyati hamda o‘zaro hamkorligini takomillashtirish;

— axborot-kutubxona muassasalarining, ayniqsa, ta’lim sohasidagi axborot-resurs markazlari fondlarini shakllantirishda o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ro‘yxatini hamda ularni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar smetasini qayta ko‘rib chiqish;

— chop etilayotgan kitoblarni aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali targ‘ib qilish, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish;

— ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan o‘zbek va chet el adiblarining mumtoz va zamonaviy asarlarini tanlab, xrestomatiya adabiyotlari ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘quv jarayoniga mutolaa etilgan asarlar asosida insho yozish tizimini joriy etish, adabiyot to‘garaklari faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini qayta qo‘rib chiqish;

— hududlarda yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilish, kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kutubxonachi va targ‘ibotchilar orasida tanlovlar (“Yilning eng yaxshi kitobi”, “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Yilning eng yaxshi bolalar kitobi”, “Yilning eng yaxshi audio kitobi”, “Yilning eng yaxshi elektron kitobi” kabi) o‘tkazish tizimini takomillashtirish.



Ishchi guruh (A.Aripov) ikki oy muddatda mutasaddi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, matbuot va axborot hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli davlat organini belgilash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini rivojlantirishni inobatga olgan holda tegishli kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi.
Download 17,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish