3.Takror. Bu ma’noni kuchaytirish, o‘ziga xoslik va hissiylik uchun xizmat qiladi. So‘zlovchi o‘z sezgilariga iboraning mos emasligini anglab, sifatni miqdor bilan to‘ldirishga harakat qiladi. Bu takrorni yuzaga keltiradi. Takror hissiy nutqni xarakterlaydi. Takror turlicha bo‘ladi. 1.Takror aynan bo‘lib, yonma- yon keladi. Bu ikkilanish deb ham yuritiladi. Takrorning bu ko‘rinishi quyidagi shakllarga ega: a) gap takrori: -Ha, ha ofarin, otangiz rahmatlik ko‘p dono odam edilar-da! (P.T.) b) gap bo‘laklari takrori: Ikromjon yig‘ladi, yig‘ladi, yig‘idan ko‘z yoshlari quridi.(S.A.) v) yordamchi so‘zlar takrori: Ikromjon turgan joyida bir qalqib ketdi. Bu bola nimalar deyapti? Nahotki, nahotki, bolasi yana nobud bo‘lgan bo‘lsa? (S. A.) 2. Takror aynan bo‘ladi. Lekin keyingi kompanent boshqa bo‘laklar bilan kengayib keladi. Bu ma’noni yanada kuchaytiradi, yanada ta’kidlaydi. Bunday takrorlar ham gap takrori, gap bo‘lagi takrori, yordamchi so‘z tarkibi shaklida bo‘lishi mumkin. a) gap takrori: Juda o‘zgarib ketibdi,- o‘ylardi Abdulla uyga qaytar ekan.-Juda o‘zgarib ketibdi. Nahotki, ikki yil ichida shunday o‘zgarish mumkin bo‘lsa? (O‘. U.) 3. Takror aynan bo‘ladi.Lekin ular orasida boshqa gap bo‘laklari keladi. –Sekin yaxshi qiz, sekin –dedi sharfli yigit hamon kulib. (O‘.H) 4. Sintaktik parallelizm. Bunda tuzilishi bir xil bo‘lgan ikki yoki undan ortiq gap ketma–ket keladi. Bunday gaplarning bo‘laklari ham ularning shakli ham bir xil bo‘ladi. Bu sintaktik simmetriya hosil qilib, ifodalilikni kuchaytiradi. Xolmatjon uchun Chorterakning sira qizig‘i qolmagandi: na ota, na ona, na buvisi bor uning bu qishloqda.Na akasi,na ukasi bor uning Chorterakda. 5. Antiteza. (Tazod) Bu mantiq jihatdan qarama -qarshi bo‘lgan ikki qutb (fikr, sezgi, tushuncha va obrazlar)ni qiyoslashdir. Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi. Tarkibida antonimlar, grammatik zidlik munosabatini hamda tasdiq va inkor ifoda qiluvchi grammatik vositalar, Shuningdek, ifodalikning boshqa zidlash vositalari qo‘llanadi: Uning hayoti baland-past bo‘lishi kerak emas, to‘g‘ri bo‘lishi kerak.(O‘.U.) Egri ozadi- to‘g‘ri o‘zadi.(Maqol). 6. Gradatsiya. (Kuchaytirish.) Bu ifodalilikni birin-ketin kuchaytirib yoki pasaytirib borish usulidir. Agar ifodalilik birin-ketin kuchyatirib borilsa, klimans, pasaytirib borilsa, antiklimans deyiladi. Bunda ifodalilikning metofora, epitet, sinonimiya kabi vositalardan foydalaniladi. Gradatsiya gap, gap bo‘lagi shaklida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |