Shu bois bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbarining ushbu farmoyishi ayni shu jihati bilan yanada ahamiyatlidir. Kitob, kitobxonlik haqida so‘z yuritilganda bir mulohaza menga tinсhlik bermaydi: qani edi, kitoblarning reklamasi ham yo‘lga qo‘yilsa… O‘zingiz o‘ylang-a, hatto avtobuslarning biqinida, bekatlarda, boringki, hamma yoqda reklamalar berib borilmoqda. Ularda ma’lum bir tovarni sotib olishga, muayyan xizmatlardan foydalanishga taklif etiladi. Lekin shu kungacha hech bir yerda kitob o‘qishga chorlovchi reklamani uchratmadim. Biron kitobning mohiyati haqida kichik annotatsiyalarni topish amri mahol. Shu sababli yangi kitoblar reklama qilib borilsa, odamlarning ko‘zi o‘rganadi, o‘qishga, mutolaaga rag‘bat kuchayadi. Nazarimda, kitob do‘konlarining sonini ham oshirish maqsadga muvofiq. To‘g‘ri, poytaxtimizda barcha talabalarga javob beradigan zamonaviy kitob do‘konlari faoliyat yuritmoqda. Ularga kirsangiz, havasingiz keladi. Sotuvchilar hushmomila, yordamga doim shay. Ana shunday do‘konlar viloyatlar miqyosida, eng chekka hududlarda ham ko‘paytirilsa, qanday yaxshi. Axir insonning kitobdan bo‘lak ma’naviy ziynati yo‘q dunyoda… Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi, deb hisoblanadi. Ularning fikricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda also paydo bo‘lmaydi. Inson o‘z umrini mazmunli o‘tkazishi uchun avvalo o‘zini o‘rab turgan borliqni tushuna bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo‘lishi darkor. Test 1.Kitobonlik azaldan qaysi xalqlarda uluglangan? A)garb B)sharq C)shimol D)janub 2. Prezidentimizning qaysi sanadagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ayni xalqimiz dilidagi ish bo‘ldi? A)2017-yil 12-yanvar B) 2011-yil 18-mart C) 2012yil 5-fevral D)2011-yil 5-mart 3.Bugingi kunda kitobxonlikni keng targ`ib qilish,…. yuksaltirish muhim ahamiyatga kasb etadi. Kop nuqtaning ornini toldiring? A)bilimini B)odobini C)mutola madaniyatini D)fikrlarni 4. Mutola nainki kishining bilim doirasini kengaytiradi, balki uning ..... kamolotida ham muhim o‘rin tutadi. . Kop nuqtaning ornini toldiring? A) mutola madaniyatini b)oylash qobiliyati C)manaviy-ruhiy D)suhbat 5) Psixologlar birgalikda chu jarayonda ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi, deb hisoblaydilar? A)Kitob oqish B)Suhbatlashish C)Televizor korish D)sayr qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |