Kirsh asosiy qisim jaloliddin rumiyning hayoti va ijodiy faoliyati



Download 69,13 Kb.
bet5/10
Sana28.02.2022
Hajmi69,13 Kb.
#475375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RUMIYNING ILMIY MEROSIDA MA‘NAVIYATNING O‘RNI

Rumiyning so‘filik hikoyatlari
Jaloliddin Rumiy so‘fichilikning arkonlaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab odamlar uning oldiga maslahat va dono so‘zlarini tinglagani kelishgan. Bir kuni uning oldiga qo‘shni ayol o‘g‘li bilan kelib, shunday deydi:
— Men allaqachon barcha usullarni qo‘llab ko‘rdim, lekin o‘g‘lim menga quloq solmaydi. U juda ko‘p miqdorla shakar yeydi. Iltimos, bu yaxshi emasligini unga ayting. U sizning gapingizga quloq soladi, zero, sizni juda hurmat qiladi.
Rumiy bolakayga qarab, uning ko‘zlaridagi ishonchni ko‘rib dedi:
— Uch haftadan so‘ng keling.
Ayol taajjubda edi. Axir, bu oddiy narsa-ku! Tushunmadim… Odamlar uzoq o‘lkalardan o‘z muammolarini hal qilish uchun kelishgan va Rumiy ularga shu zahotiyoq yordam bergan… Shunga qaramay, ayol uch haftadan so‘ng keladi. Rumiy bolakayga yana qarab, deydi:
— Yana uch haftadan so‘ng keling.
Shunda ayolning toqati toq bo‘lib, gap nimada ekanligini so‘rashga qaror qiladi. Ammo Rumiy oldinroq aytganini qaytaradi. Ular uchinchi hafta kelishganda, Rumiy bolakayga deydi:
— O‘g‘lim, maslahatimga quloq tut, ko‘p shakar yema, bu sog‘liq uchun zararli.
— Siz menga aytyapsizmi, boshqa yemaganim bo‘lsin, deya javob berdi bolakay.
Shundan so‘ng ona o‘g‘lidan ko‘chada poylab turishini so‘raydi. Bola ko‘chaga chiqqach, ona Rumiydan nima uchun birinchi kuniyoq nasihat qilmagani haqida so‘raydi. Jaloliddin iqror bo‘lib, o‘zi ham shakar yeyishni yaxshi ko‘rganligini, boshqalarga maslahat berishdan oldin, avvaliga o‘zi bu odatdan voz kechishi lozim bo‘lganligini aytadi. Avvaliga, buning uchun uch hafta yetarli, deb hisoblaydi, ammo adashadi…
Ustaning sifatlaridan biri shunday: u boshqalarni o‘zi bosib o‘tmagan yo‘ldan yurishga undamaydi. Usta avvalam bor, o‘ziga to‘g‘ri. Uning so‘zlari haqiqat bilan uyg‘un. Bu yerda chanlik hikmatni eslamay iloj yo‘q: “Qachonki, rahmdil inson yolg‘on ilmni targ‘ib etsa, u haqiqatga aylanadi. Qachonki, axmoq odam haqiqatni aytsa, u yolg‘onga aylanadi”.
2. JALOLIDDIN RUMIY INSON RUHI DIALEKTIKASINING ASOSCHISI
Mavlono Rumiy o‘zidan keyingi avlodlarga 5 muhim va qimmatbaho asar qoldirdi:
1. "Devoni kabir", "Devoni shamsi tabriziy", "Devoni shamsul haqoyiq" degan nomlar bilan mashhur devon. yevon g‘azal va ruboiylardan iborat.
2. "Masnaviyi ma’naviy" - 25700 baytdan iborat bebaho tasavvufiy-ishqiy asar. Songgi yillarda taniqli o‘zbek shoiri Jamol Kamol tomonidam I-II - jildlari, shoir Asqar Mahkam tomonidan I-jildi o‘zbek tilida nashr etildi.
3. "Fiyhi ma fiyhi" ("Ichingdagi ichingdadir") - Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitob. 1998 yilda Toshkentda o‘zbek tilida nashr etildi.
4. "Mavoizi majolisi sab’a" - bu asar Rumiyning etti o‘git va pand-nasihatlaridan iborat.
5. "Maktubot" - Mavlononing turli davrlarda zamondoshlariga yozgan maktublaridan tashkil topgan to‘plam.
Jaloliddin Rumiy ijodi yuksak badiiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi, falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta ta’sir quvvatiga ega. Taniqli olim va adib Radiy Fish so‘zlari bilan aytganda, shoirning «mavhum mantiqiy kategoriyalarda emas, balki otashin shoirona timsollar vositasida» talqin etilgan tabiat va jamiyat hodisalarining doimiy o‘sish, o‘zgarishda ekani, eskining yo‘qolib, yangining paydo bo‘lishi — «dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi»dan iboratligi to‘g‘risidagi qarashlari buyuk nemis faylasufi Gegelyushg e’tiroficha, unta dialektik metod yaratishga yordam bergan. Yoki ulug‘ mutafakkir Husn va Ishq tortilishi misolida birinchi bo‘lib olamning asosida o‘zaro tortishish kuchlari yotishi haqidagi fikrni o‘rtaga tashlaydiki, mazkur qonunning chindan-da amal qilishini bir necha asrdan keyin ingliz olimi Nyuton kashf etdi.
Jaloliddin Rumiy ijodi usmonli turk adabiyotining sarchashmasi hisoblanadi. Zero, shoirning millati — turk, kelib chiqishi — xorazmlik. Uning buvisi Alo’iddin Muhammad Xorazmshohning qizi bo‘lgan. Mavlono tavallud topgan Balx shahri u davrda Xorazmshoxlar davlatiga qarar edi. Hozirda Afg‘oniston hududida bo‘lgan bu qadimiy va dongdor shahar aslida uzoq asrlar mobaynida Turon mulkining mashhur shaharlaridan biri sanalib kelgan.
Jaloliddin Rumiy she’riyatini, asosan, ilohiy ishq bilan bog‘lashadi. Bu bejiz emas. Zero, Mavlono o‘zining 53 mingdan ortiq misrani o‘z ichiga olgan «Masnaviyi ma’naviy»si, 84 ming misradan iborat «Devoni Kabir» («Ulug‘ devon»)ida yeru ko‘kning sarvari bo‘lmish Ollohi karimni va uning zamindagi xalifasi Hazrati insonni ulug‘laydi.
Ma’lumki, Jaloliddin Rumiy o‘z davrining an’anaviy adabiy tili bo‘lmish forsiyda ijod qilgan. Bizda shoir ijodini o‘rganish va targ‘ib etish Radiy Fishning «Jaloliddin Rumiy» deb nomlangan tarixiy-biografik romanini tarjima qilish bilan bonshandi (Ruschadan J. Kamol tarjimasi). Shundan keyin Sh. Shomuhamedov Rumiy g‘azallari, ruboiylari va masnaviylaridan bir nechtasini o‘zbekchaga o‘girib, fors-tojik mumtoz shoirlari asarlaridan tashkil topgan «Injular ummoni» kitobida e’lon qildi. J. Kamol esa avval Rumiy ruboiylari va masnaviylaridan namunalar tarjima qilib, «Uchmoqqa qanot yo‘q vale uchgayman» nomi bilan alohida kitobcha holida nashr ettirgan bo‘lsa, yaqinda buyuk «Masnaviyi ma’naviy» tarjimasini nihoyasiga yetkazdi. Jami olti kitobdan iborat bu ulug‘ asarning 4 tasi bosmadan chiqdi. A. Mahkam «Masnaviy»ning birinchi kitobi bir qismini sharhlari bilan o‘zbekchalashtirib, nashr qildirdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida tub yangilanishlar yuzaga kela boshladi. Milliy merosimiz, osori-atiqalarimiz, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz qayta tiklana boshlaganligi bugungi kunlarning shukuhi uchun asosiy tamal toshi vazifasini bajarganligi barchamizga ayon. Ayni paytda milliy o‘zlikni anglash, boy ma’naviy merosimizni tiklash, tadqiq va targ‘ib etish, buyuk mutafakkirlarimiz-u mutasavviflarimizning ilmiy-falsafiy qarashlarini xalqimizning ijtimoiy-ma’naviy hayoti bilan omuxta etgan holda, ularning beqiyos ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalaridan xalqimizni bahramand etishni davrning o‘zi talab etmoqda. Diniy va dunyoviy bilimlarning uyg‘unlikda o‘rganilishi esa qadimdanoq xalqimiz mentalitetiga xos bo‘lgan sifatlardan biri hisoblanadi.
Istiqlol sharofati bilan xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq SHarqona etika tamoyillariga xos bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga oid qarashlar rivojiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga doir vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, olijanoblik, burch, vijdon, adolat, halollik kabi jamiyat ma’naviy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy qarashlar rivoji bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ma’lumki, qadriyat tushunchasining milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, ma’naviy qadriyat, axloqiy qadriyat kabi qator turlari mavjud bo‘lib, bu qadriyatlar ijtimoiy hayot va tarixiy taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, qadriyatlar ijtimoiy hayotda ayrim kishilar hatti-harakatini tartibga soladigan va me’yorini belgilaydigan ma’naviy hodisa deb ham baholanadi. Ijtimoiy xususiyatlarga ega hisoblanmish qadriyatlar bashariyatning amaliy faoliyati bilan uyg‘unlikda shakllanadi va avlodlardan-avlodlarga etkaziladi. YOshlarimizni sog‘lom fikrli va har tomonlama etuk shaxslar qilib tarbiyalashimizda, jamiyatimiz rivojida hamda insoniyatning ma’naviy, ma’rifiy, madaniy, axloqiy jihatdan yuksalishida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar muhim omillardan hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida tasavvuf ilmini o‘rganish va tasavvuf ilmi doirasida qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Buyuk tasavvuf namoyandalari hamda mutasavviflar ijodini o‘rganish va tadqiq etish masalalari ham birmuncha erkinlashtirildi. Tasavvuf ilmi SHarqda shakllangan bo‘lib, u asrlar osha kishilarni ma’naviy va ruhiy poklikka, komillikka, shuningdek, sog‘lom e’tiqodga da’vat etuvchi yuksak axloqiy hamda irfoniy tafakkurni o‘zida mujassamlashtirgan muqaddas ilmlardan hisoblanadi. Muazzam SHarqda bu ilm bilan shuhrat qozongan minglab valiylar-u mutafakkirlar kamol topganlar. Ana shunday ulug‘ siymolardan biri Mavlono Jaloliddin Rumiydir. Bu ulug‘ zotga Abdurahmon Jomiy shunday ta’riflar bergan:
Ul Fariydundir ma’no dunyosiga,
“Masnaviy” burhondir asl zotiga.
Men ne dey olijanob vasfida, bas,
Bor kitobi, lek payg‘ambar emas3 -
desa, yana bir o‘rinda “Yaxshilikka chaqiruvchi ulug‘ Mavlono – jonlarning xulosasi, chiroq, shisha, chirog‘donning siri, din va haqiqat quyoshi, avvalgi va oxirgilarga Allohning nuri”, “Oshiqlik va sarxushlik karvonining sarboni bo‘lmish buyuk ustoz2” deydi, Alisher Navoiy esa: “Mavlono Rumiy – ilohiy ishq kuychisi, buyuklarning ko‘z ilg‘amas cho‘qqisi”, “Ustozlar ustozi, haqiqat asrorini o‘rgatuvchi, Allohni taniganlar dengizining g‘avvosi” deya e’tirof etadi. Buyuk hind ma’rifatparvar shoiri Muhammad Iqbol unga: “Bu dunyoni umidsizlikdan qutqarish va insoniyatni zavqu-shavqqa oshno etish uchun yana bir Rumiy kerak” deya ta’rif bersa, Sayyid Ne’matulloh Ibrohim uni:
Haqqa oshiq bo‘lsa dil, ohi qani?
Mavlaviydek ma’rifat shohi qani?- deya ulug‘laydi.
Tasavvufshunos olim M.Iste’lomiy Mavlonoga shunday ta’rif bergan: “Uni goh Kant, goh Spinoza, goh Gegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono Rumiy hech kimga o‘xshamaydi, u muazzam SHarq tafakkurining mo‘‘jizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, she’riyat va ma’naviyat ham birlashib, oliy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi” desa, I.Haqqul: “Rumiydan uzoqlashgan kishi umidsizlikka tushadi. Rumiyni o‘qimagan kishi xudbinlashadi”,- deya fikr bildiradi.
Umuman olganda, Jaloliddin Rumiyning ilmiy merosini tadqiq etish bo‘yicha amalga oishirilgan tadqiqotlar ikki guruhga bo‘linadi. Ulardan birinchisi allomaning shaxsiyati, hayoti, oilasi va uning yaqinlari haqida tadqiq etilgan tadqiqot ishlari bo‘lsa, ikkinchi guruh mutafakkirning ilmiy merosi, falsafiy-irfoniy qarashlari, sufiyona g‘oyalarini tadqiq etishga qaratilgan ishlardir. Ammo tan olish kerakki, birinchi guruhga mansub tadqiqotlar barmoq bilan sanarli, ikkinchi guruhga mansub tadqiqotlar esa dunyo bo‘yicha talaygina. SHu o‘rinda esa Mavlono shaxsiyati va hayoti haqida to‘xtalib o‘tmoq o‘rinlidir.
Jaloliddin Rumiy hozirgi Afg‘oniston shimolida joylashgan va o‘sha davrlarda xorazmshohlarga qarashli bo‘lgan Balx shahri yaqinidagi Vaxsh qishlog‘ida tavallud topgan. Muhammad Jaloliddin kamol topgan Balx shahri o‘z davrida siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy sohalar taraqqiy etgan yirik markazlardan hisoblanib, “Ummul bilod” (“SHaharlar onasi”), “Qubbatul Islom” nomlari bilan ham atalar edi. Bu buyuk zotning tavallud sanasi haqida manbalarda turli yillar uchraydi. Yirik rumiyshunos turk olimi, Turkiyaning Qunyo shahridagi Mavlono Jaloliddin Rumiy maqbarasi huzurida tashkil etilgan Mavlono muzeyi direktori Mehmet Under o‘zining “Mavlono” nomli asarida tarixchi olimlardan Villay Durant Mavlononi 1201 yilda, Moris Barres esa 1203 yilda tug‘ilgan deb taxmin etganliklarini keltirib o‘tadi. Mehmet Underning o‘zi esa bu borada shunday fikrni keltiradi: “So‘nggi yillarda bu mavzuda keng tadqiqotlar olib borgan olimlar Mavlononing 1207 yildan ancha oldin tug‘ilganligini aytishadi. YA’ni, Mavlono o‘zining “Fihiy mo fihi” asarida Samarqandning Xorazmshohlar tomonidan qurshab olinishiga to‘xtalarkan: “Samarqandda edik, Xorazmshoh Samarqandni muhosara qilib, askar tortib kurashmoqda edi”4, degan fikrni aytadi.
Qayd etilgan tarixiy voqea 1207 yilda sodir bo‘lgani e’tiborga olinsa, Mavlono bu paytda xotiralarini unutmaydigan yoshda, ya’ni 7-8 yoshlarda bo‘lgan deyish mumkin. SHu sababli uning tug‘ilgan sanasini 1200 yillar deya qayd etmoq haqiqatga yaqin hisoblanadi3”, deya bu borada munosabat bildiradi. XIV asrda yashagan yana bir tarixchi olim Aflokiy Ahmad Dada o‘zining “Manoqib-ul orifin” asarida Mavlononi 604 yilda Rabi-ul-avval oyining 6 kuni (1207 yil 30 sentyabr)da tug‘ilganligini qayd etadi. Alisher Navoiy ham o‘zining “Nasoyim-ul muhabbat” asarida Jaloliddin Rumiyning tavallud sanasini Aflokiy singari “Alarning valodati Balxda emish, olti yuz to‘rtda, Rabi ul-avval oyining oltisida5” deya ma’lumot bergan. Ammo ko‘pgina rumiyshunos olimlar K.Barks, U.CHittik, Usmon Nuri Tupbosh, Zarrinkublar uning tavalludi xususida yirik tarixchi olim Aflokiyning qarashlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. YUqoridagi
mulohazalardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, Jaloliddin Rumiy 1207 yilda Balx shahrida tug‘ilgan va o‘sha davrlarda Balx Movarounnahr tasarrufidagi hududlar doirasiga kirgan.
Mavlono Jaloliddin Muhammad ibn Bahovuddin Valad al Balxiy Rumiy nomi bilan jahonga dong taratgan allomaning taxallusi borasida ham fan olamida bir qator gipotezalar mavjud. Mavlono tug‘ilgan joyi nisbatiga ko‘ra “Balxiy”, do‘sti SHams Tabriziy xotirasiga “Tabriziy” va yashash makoniga ko‘ra “Rumiy” taxalluslari ostida ijod qildi. Bu nomlar orasida esa u ko‘proq Rumiy taxallusi bilan mashhur bo‘ldi. Asli Markaziy Osiyolik Jaloliddin Rumiyni afg‘onlar Balxiy, forslar Mavlaviy, turklar esa Rumiy deb ardoqlashadi. Bugungi kunda turli xalq va millatlar o‘rtasida Rumiy shaxsi bo‘yicha ko‘plab bahs-munozaralar davom etmoqda.
Eronliklar va turklar, arablar va afg‘onlar orasida bo‘layotgan bahslarning sababi ularning har biri Jaloliddin Rumiy bizning buyuk ajdodimizdir degan mavzu atrofida muzokaralar olib bormoqdalar. Arablarning da’vosiga ko‘ra, Rumiyning ota-ona avlodi Muhammad (s.a.v.) va xalifa Abu Bakr shajarasiga borib taqaladi, shu bois, u arablar avlodidandir. Ularning bu da’vosi bo‘yicha tarixiy argumentlar etarli. Afg‘onlarning da’volari ham birmuncha asosli dalillarga tayangan. Rumiy hozirgi Afg‘onistonning Balx shahrida tug‘ilgan va shunga nisbat bergan holda Balxiy taxallusi bilan ham ijod qilgan degan fikrni ilgari surmoqdalar. SHaxs va buyuk so‘fiy shoir sifatida Jaloliddin Rumiy fors madaniy va adabiy an’analariga tayangan holda asosan forsiy tilda ijod qilgan, uning deyarli barcha asarlari fors tilida yaratilganligi jihatidan eronliklar ham Rumiy bizning ajdodimizdir degan gipotezani ilgari suradilar. Jaloliddin Rumiy hayotining asosiy qismini Kichik Osiyoda, ya’ni Rumda o‘tkazdi va shunga nisbat olgan holda Rumiy taxallusini olib, dunyo bo‘yicha hozirda asarlari eng ko‘p o‘qiladigan va o‘rganiladigan so‘fiy shoir sifatida dong taratdi. Rumiy taxallusi uni umr bo‘yi shu mamlakat tarixi va madaniyati bilan bog‘lab turdi. U O‘rta asrlardagi bir qator falsafiy oqimlarning taraqqiy etishiga ham sezilarli tarzda o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Forsiylar uni o‘zlarining buyuk shoiri deb ataydilar, turklar esa turk adabiyotining asoschisi deb ulug‘laydilar.
Rumiy – “rumlik”, “rumdan” degan ma’nolarni bildiradi. Rumiy o‘z taxallusiga Rum saltanatining nomini asos qilib olgan, degan qarashlar ko‘p e’tirof etiladi. Biroq, Rumiy so‘zining son ekvivalentlari yig‘indisi 256 ga teng kelishini e’tiborga olsak, bu “Nur” so‘zining ma’nosi ildiziga mos kelishi ma’lum bo‘ladi. Arab, eron va o‘zbek tillarida ushbu ildiz “yorug‘lik”so‘zining ma’nosini beradi5.
Jaloliddin Rumiyning qaysi millat vakili ekanligi xususidagi bahslarga 1952 yilda pokistonlik olim, professor Hamidullo Xon: “Rumiy bir xalqqa tegishli emas. U bashariyat shoiridir”, deya yakun yasamoqchi bo‘ladi, ammo hali-hanuz turli millat va elat vakillari o‘rtasida Rumiy asli qaysi xalq vakili ekanligi to‘g‘risidagi munozaralar tugagani yo‘q. Zero, Bake Muan aytganidek: “Rumiy hayotining o‘zi ajoyib ramziy ma’noga ega: afg‘onlar, forsiygo‘ylar, turkiylarni birlashtirish bilan birga ushbu xalqlarni boshqa xalqlar bilan birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan zotdir. Qanday qilib deysizmi? Axir ularning barchasi Rumiy bizniki degan fikrdadirlar6”. 2007 yil YUNESKO tashkiloti tomonidan Rumiy yili deb e’lon qildi va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbir bo‘yicha xalqaro tashkilotning murojaatnomasida esa shunday satrlar keltirilgan: “Rumiy islom sivilizatsiyasining eng ulug‘ mutafakkiri va olimi bo‘lib qoladi. Afg‘oniston, Eron va Turkiya xalqlari uni o‘z shoirlari deb hisoblaydilar. U esa butun insoniyatga murojaat qiladi va barchani Pok Parvardigor soyasida birlashishga chaqiradi... Uning o‘zi aytganidek: “men uchun oshnolaru begonalar, qarindoshu qarindosh bo‘lmaganlar orasida farq yo‘q”6.
Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi shajarasi ham muqaddas ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib Bahovuddin Valad bo‘lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi xalifa etib tayinlangan Abu Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Onasi Mo‘mina xotun esa Xorazmlik sayyidalardan bo‘lib, nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar berishicha, Rumiyning bobosi – Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o‘z davrining taniqli ulamolaridan sanalgan, buvisi Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo‘lgan. Alisher Navoiy o‘zining “Nasoyim-ul muhabbat” asarida yana bir qiziq ma’lumotni keltirib o‘tadi: “Hazrat Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki, qizingni Husayn Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi olamdan o‘tdi. Balog‘at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirdi. Ilmda kamoli ul erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton-ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini berdilar7”. O‘z davrining ulug‘ donishmandi hisoblangan Bahovuddin Valadni “Sulton-ul orifiyn” deb ham atashganlar. Bahovuddin Valad o‘z davrining yirik ulamosi va voizi bo‘libgina qolmay, Xorazmshohlar saroyining ham xos kishilaridan hisoblangan. Uning “Maorif” nomli asari o‘sha paytlarda juda mashhur bo‘lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak qo‘lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o‘z davrining yirik fiqh ilmi bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham shuhrat qozongan. Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan vafot etadi. Otasi esa 1231 yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan o‘tadi. Jaloliddin Rumiyning ijodiga bo‘lgan qiziqish yildan – yilga ortib, kishilarni o‘ziga rom etmoqda va mistik xususiyatlarga ega bo‘lmoqda. Davrlar o‘tishi bilan uning falsafiy ta’limotidagi g‘oyalar va ma’nolar yanada yashirin mazmun kashf etmoqda, zamonaviy kishilarni o‘z atrofida bahs-munozaralar uyushtirishga, teranroq fikrlashga da’vat etmoqda. Shu sababdan Evropada Rumiy ijodi qayta-qayta tadqiq etilmoqda hamda G‘arbliklar “Uning so‘zlari er yuzidagi so‘zlar emas, Alloh tomonidan yaratilgan so‘zlardir”, deya ta’riflashmoqda.


Download 69,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish