Kirisiw. Tog’ jinislarining bug’ilamish va portlanishi bo’yicha klassifikatsiyasi
Burg‘ilash va portlatish ishlari ” fani “Konchilik ishi” yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda mutaxasislik fanlari qatoriga kiradi. Qora va rangli metal rudalari, ko‘mir va qurilish materiallarini qazib olishda portlatish ishlari kon jinslarini massivdan ajratib olishning asosiy usuli hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha foydali qazilmalarning 75 foizidan kuprog‘i burg’ilab portlatish orqali qazib olinadi va yer osti kon lahimlarining 98 foizidan ko’prog‘i aynan shu usul bilan o‘tiladi. Birinchi portlovchi modda qora porox bo‘lib, X asrda portlatish ishlarida qo’llanilgan. Konchilik ishlarida porox XVII asr boshlarida CHexiyada keyinchalik portlatish ishlari ko’pgina davlatlar konchilik sanoatida quo’llanish boshlangan. 1799 yili Rossiyada portlovchi moddalarni olish texnologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy ish nashir qilingan. Mazkur ilmiy ish muallifi A.A. Musin-Pushkin. 1831 yili Buyuk Britaniyada U.Bikford olov o‘tkazivchi shnurni ixtiro qilgan. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida nitrobenzol (1834), nitronaftalin (1836), piroksilin yoki nitrotsellyuloza (1846) kabi kuchli portlovchi moddalar yaratildi. Akademik N.N. Zinin tomonidan trinitroglitserin xossalarini o‘rganilib uni tayyorlash texnologiyasi va qo’llash usullari ishlab chiqildi. 1863 yili Vilbrant tomonidan trotil portlovchi moddasi olingan. 1866 yili shved muhandisi A.Nobel trinitroglitserin asosida dinamit ishlab chiqarishni patentlashtiradi, 1867 yili shved kimyogari I. Olsen va I. Norbinlar ammiakli selitra asosida portlovchi moddani taklif qilishadi. XIX asr oxirida TEN va geksogen portlovchi moddalari olinadi va1930 yildan ushbu portlovchi moddalar detonatsiya shnurlari ishlab chiqarishda qo’llanila boshladi. 1911 yili rus olimi prof. M.M. Protodyakonov tomonidan tog‘ jinslarining mustahkamlik tasnifi ishlab chiqiladi. Yigirmanchi yuz yillikning o‘rtalarida prof. Suxanov tog‘ jinslari burg‘ilanuvchanligi va portlanuvchanlik tasniflarini yaratadi. Akad N.V. Melnikov va prof. P.P. Demidyuk qator ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib 50-yillarning oxirida igdanitni yaratishdi. O’zbekistonda konchilik ishlari tarixi chuqur ildizga ega bo’lib, eramizning o‘ninchi asrida Toshkent viloyati hududlarida nodir metallar, mis va boshqa rudalar qazib olingan. Konchilik ishlari ayniqsa XX asr 50-yillarida jadal rivojlandi. Akademiklar X.M. Abdullayev, Xamraboyev va boshqa olimlarning mehnatlari tufayli mamlakatimiz hududida keng miqyosda geologik-razvedka ishlarini olib borishning nazariy asoslari yaratildi. Ko’mir, rangli metallar, uran, gaz va neft konlari ochildi. Masalan, 1952 yil geologlar tomonidan Uchquduqdagi uran konida razvedka ishlari tugatildi. 1958 yili ulkan Muruntav oltin koni ochildi. Natijada nafaqat O‘zbekiston balki, xorijda ma’lum bo‘lgan qator olimlar yetishib chiqdi. Akademik V.R.Raximov uzoq yillar davomida konchilik ishlab chiqarishining turli jabhalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Konchilik ilmining turli sohalarida olimlar yetishib chiqishdi va O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishdi. Bug‘ilash-portlatish ishlari sohasida texnika fanlari doktori professor Norov Yu.D ning ishlari o‘zining mukammalligi bilan ajralib turadi.