Fransiyada mutlaq monarxiyaning qaror topishi. XV asr oxiriga kelib Fransiyani birlash-tirish asosan nihoyasiga yetdi. Bu tarixiy voqea mashhur siyosatchi qirol Lyudovik XI hukm-ronligi davrida (1461- 1483) yuz berdi. U o`ta oqilona siyosat yuritdi. Mamlakatda doimiy qo`shin tuzdi.
Fransiya toifaviy monarxiyadan mutlaq monarxiyaga aylandi.
Qirol davlatning ichki va tashqi siyosatini yakka o`zi belgilagan. Davlat rShlarini xohlaganicha boshqargan. Urush e'lon qilish yoki sulh tuzish masalasini ham shaxsan o`zi hal etgan. Maosh olib ishlaydigan davlat amaldorlari unga so`zsiz itoat etganlar.
Mamlakatni birlashtirishning oqibatlari.Mamlakatni birlash-tirish avvalo qirolning kuchli hokimiyatini vujudga keltirdi.
Feodal tarqoqlikka butunlaiy chek qo`yildi.
Feodallarning qurolli guruhlari shahar va qishloqlarni vayron eta olmaydigan bo`ldi. Chunki endilikda ularda bunday guruhlarning o`zi yo`q edi.
Savdogarlar butun mamlakat bo`ylab erkm savdo qilish imko-niga ega bo`ldi. Qaroqchilar hujumiga barhajn berildi. Qirolning o`zi shaharlarning o`sishi, savdo-sotiqning yanada kengayishiga homiylik qildi. Mamlakatda yagona pul, o`lchov va og`irlik birlik-lari joriy etildi.
Mamlakatning katta savdo floti tashkil topdi. Bu esa chet davlatlar bilan olib boriladigan savdoning yanada o`sishini ta'minladi. Shu tariqa mamlakat yagona iqtisodiy makonga aylandi. Uning bir qismi ikkinchi qismisiz rivojlana olmaydigan bo`ldi.
Atamalar mazmunini bilib oling Mutlaq monarxiya - huquqi mutlaqo cheklanmagan yakka hukmdor - qirol hokimiyati.
Partizan - dushman bosib olgan hududlarda yurt ozodligi va mustaqilligi uchun kurashuvchi kishi.
26-§. Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi Tayanch tushunchalar Normand gersogligi. Kuchli qirol hokimiyati. „Buyuk erkinlik xartiyasi". Parlament. Normandlar istilosi oqibatlari.Sizga malumki, Fransiyaning Normandiya gersogligi 1066- yilda Angliyani istilo qilgan edi. Shu yili gersog Vilgelm Vilgelm I nomi bilan Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Istilodan so`ng aksariyat mahalliy angl-caks feodallarining yer-mulki tortib olindi. Ular ritsarlarga bo`lib berildi. Cherkov yepiskoplari ham almashtirildi.
Angliya yerlarining 1/7 qismini Vilgelm I o`z mulki qilib oldi. Istilochilarning Angliyani itoatda tutishlari uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Buni tushungan barcha yer egalari Vilgelm I ga sodiqlik haqida qasamyod qilganlar.
Istilo shu tariqa Angliyada kuchli qirol hokimiyatini vujudga keltirdi. Bu esa o`z navbatida markazlashgan davlat barpo etish uchun asos bo`ldi.
1086- yilda Angliyada aholini ro`yxatga olish tadbiri o`tkazildi. Aholi bu tadbirni qo`rqinch bilan qarshi oldi. Shu tufayli ro`yxat varaqalarini „Dahshatli sud kitobi" deb atadilar. Vilgelm I ning bu tadbirdan ko`zlagan asosiy maqsadi - mamlakatda haqiqatda qancha yer maydoni borligini aniqlash orqali xazinaga tushadigan daromadni ko`paytirish edi. Vilgelm I Daniyaning uzluksiz hujumlariga butunlay chek qo`ydi. Feodallarning o`zaro urushlariga barham berdi.