Kirish,,0'rta asrlar tarixi haqida


Diniy-ritsarlik ordenlari



Download 448 Kb.
bet47/97
Sana06.02.2023
Hajmi448 Kb.
#908550
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97
Bog'liq
Kirish,,0\'rta asrlar tarixi haqida

Diniy-ritsarlik ordenlari. Birinchi salib yurishidan keyin Falastinda ritsarlar oz qoldi. Shunday sharoitda ularni saqlab qolish muhim masala edi. Chunki salibchilar o`z davlatlarini mudofaa qilishga ham majbur edilar.
Ritsarlarni saqlab qolish zarurati diniy-ritsarlik ordenlari tashkil etilishiga olib kelgan. Bular Tamplif, Ioannit ordenlari edi. Uchinchi salib yurishidan so`ng Tevton ordeni ham tashkil etilgan.
Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlarida ordenlarga yer-mulk ajratib berilgan. Ular shu yer-mulklardan kelgan daromad hisobiga yashaganlar. Bundan tashqari, dindorlar ham katta xayr-ehsonlar qilganlar.
Ordenlarga salibchilar davlatini va yevropalik ziyoratchilarni himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Rim Papasi yeretiklarga qarshi kurashda Tamplif ordeni xizmatidan bir necha marta foydalangan.
Ordenlar bora-bora Yaqin Sharqda va G’arbiy Yevropada yirik mulkdorlarga aylangan, keyinchalik salib yurishlari muvaffaqiyatsiz-likka uchragach, Tamplif ordeni Fransiyaga, Ioannitlar ordeni Malta oroliga ko`chirilgan.
Tevton ordeni XIII asr boshlarida Shimoli-sharqiy Yevropaga o`rnashib olgan.
Tamplif ordeni Fransiyada hatto qirol hokimiyatiga ham xavf sola boshlagani uchun 1312- yilda butunlay tugatilgan.
Tevton ordeni esa XVI asrda o`z qudrati va ahamiyatini yo`qotgan.
Salibchilarga qarshi kurash. Salibchilar o`tkazgan zulm mahalliy aholining qattiq noroziligiga sabab bo`lgan. Ular zulmga qarshi bir necha marta qo`zg`olon ko`tardilar. Tez orada Quddus qirolligida separatchilik harakati yuz bergan. Qolaversa, turli musulmon turk bekliklari salibchilarga zarba bera boshladilar. Bu omillar Quddus qirolligini ancha zaiflashtirgan. Oqibatda Quddus qiroli Rim Papasidan yana ritsarlar yuborishini so`ragan.
Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. 1147- yilda ikkinchi salib yurishi uyushtirildi. Unda Fransiya qiroli va Germaniya imperatori shaxsan ishtirok etdi. Biroq bu yurish tamomila barbod boidi.
Salibchilar Quddus qirolligiga xavf solayotgan Damashq bekligini bosib ololmadilar. Bu orada turklar Salohiddin Ayyubiy (1171- 1193) boshchiligida Misr davlatini tuzishga muvaffaq boidilar.
1187- yilda Misr qo`shini Quddusni zabt etdi. Salibchilar shahardan quvib chiqarildi. Quddusni qaytarib olish maqsadida 1189- yilda uchinchi salib yurishi uyushtirildi. Bu yurishda Fransiya, Germaniya va Angliya dav-latlari qatnashdi. Har bir davlat hukmdori o`z qo 'shinlariga shaxsan rahbarlik qildi. Biroq bu yurishdan ko`zlangan asosiy maqsadga erishilmadi.
1192- yilda salibchilar va Salohiddin Ayyubiy o`rtasida shartnoma tuzildi. Unga ko`ra, yevropaliklar xristianlar uchun muqaddas hisob-lanuvchi Quddus va boshqa shaharlarga bemalol ziyoratga kelib-ketishlari mumkin edi.
Uchinchi salib yurishining yevropaliklar uchun muhim ahamiyati Kipr orolining egallanishi boidi. Salibchilarbuyerda Kipr qirolligini tuzganlar.
Atamalar mazmunini bilib oling

Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish