Salibchilar qo`shini. Katta qo`shinsiz salib yurishini amalga oshirib bo`lmas edi. Shuning uchun ham Rim Papasi va feodallar shunday qo`shin tuzishga kirishdilar. Qo`shinning asosini ritsarlar va dehqonlar tashkil etdi.
Ritsarlar feodallarning ota merosi tegmagan kichik farzandlari edilar.
Yodda tuting G’arbiy Yevropada mayorat deb ataluvchi qoida o 'rnatilgan edi. Unga ko 'ra otadan qolgan mol-mulk faqat katta o 'g 'ilgagina meros bo 'lib o 'tgan. Mol-mulkka ega bo`lmagan kichik farzand qo`shinda xizmat qilgan. Urushlarda qo`lga kiritilgan boyliklar ular daromadining asosiy manbai bo`lgan.
Ritsariar salib yurishlarida bajonidil ishtirok etganlar. Ularning maqsadi Sharqda yer-mulkka ega bo`lib olish edi.
Yodda tuting Salib yurishining tub maqsadi o 'zga yurtlarni bosib olish va boyliklarini talash edi. Salib yurishida ishtirok etishga rozi bo`lgan dehqonlarning asosiy maqsadi - tinkamadorni qurituvchi krepostnoy qaramligidan ozod bo`lish, qarzlardan qutulish hamda Sharqda yerga ega bo`lib olish edi.
Salib yurishlarida Yevropa mustaqil shaharlari xalqaro savdoda yetakchi mavqega ega bo`lib olish uchun ishtirok etgan.
Qulay xalqaro vaziyat.Bu vaziyat -Yaqin Sharqda salibchilar hujumini qaytarib qolishga qodir kuchning yo`qligi edi.
Salibchilar hujumini qaytarishi mumkin bo`l-gan Arab xalifaligi 1055- yilda amalda barham topgan edi.
Beshinchi kuch - Vizantiya imperiyasi saljuqiy turklar tomonidan qiyin ahvolga solib qo`yilgan edi. Saljuqiy turklar xavfi Vizantiya imperatorini hatto Rim Papasi va Germaniyaga yordam so`rab murojaat etishga majbur etgan. Bora-bora saljuqiy turklar davlati ham mayda-mayda bekliklarga bo`linib, zaiflashib qolgan. Salib yurishi tashkilotchilarining bunday qulay xalqaro vaziyatdan foydalanmasliklari mumkin emas edi.
Urushga da'vat.Maqsad urush boshlash bo`lgach, bahona har doim topiladi. o`tgan butun tarix bunga guvoh. Bu safar ham shunday bo`ldi. Falastin xristianlar uchun ham muqaddas joy hisoblanadi. Xristianlikka ko`ra u yerda Iso pay-g`ambarning qabri joylashgan.
Falastin bu davrda musulmonlar hukmronligi ostida edi. Aynan shu omil salib yurishini boshlash uchun bahona bo`ldi.
1095- yilda Rim Papasi Urban II Klermon shahri (Fransiya)da xaloyiq oldida nutq so`zladi. U o`z nut-qida Falastinni va Iso qabrini g`ayridin musul-monlardan tozalashga da'vat etdi. Shu tariqa salib yurishining tub maqsadi niqoblandi.
Yurish qatnashchilari-ga boyliklar va'da qilindi. Da'vatdagi: „o`z yeringiz kam va unumsiz bo`lgani-dan o`zaro birodarkushlik qilmoqdasiz. „Injil"dayozi-lishicha, u yerlarda sut va asal daryo bo`lib oqadi. Falastin - yerning kindigi. U jannatsifat, hosildor yerli o`lka", - xitoblari yig`ilganlarni befarq qol-dirmagan. Bundan tashqari, Papa yurishda halok bo`lganlarning gunohini kechirishga, ularning narigi dunyoda jannatga tushishlarini kafolatlashga, dehqonlarni qarzdan ozod etishga, oilasi va mol-mulkini cherkov himoyasiga olishga va'da bergan.