Verden shartnomasi. Oxir-oqibatda Buyuk Karlning uch nabirasi (Lotar, Lyudovik Nemis va Karl) 843- yilda Verden shahrida imperiyani bo`lish haqidagi shartnomani imzolaganlar. Buning natijasida imperiya amalda bir-biridan mustaqil uch davlatga bo`lingan. Bular: Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari edi. Buyuk Karl tuzgan imperiya shu tariqa parchalangan.
Yodda tuting 843- yilda imperiya bir-biridan mustaqil uch davlatga bo 'lindi. Karolinglar sulolasining Fransiyadagi hukmronligi 987-yilgacha davom etgan. 987- yilda Parij viloyatining birinchi grafi bo`lgan Robert Zo`rning avlodi Gugo Kapet Fransiya taxtini egallagan. Shu tariqa Fransiyada yangi sulola - kapetinglar sulolasi hukmronligi boshlangan.
Bu sulola vakillari yana bir necha asrlardan so`nggina Fransiyani to`la birlashtira olganlar va markazlashgan davlat barpo etganlar.
Atama mazmunini bilib oling Immunitet yorlig`i - feodallar yer-mulkining daxlsizligi ha-qidagi hujjat.
4-§. Muqaddas Rim imperiyasi Tayanch tushunchalar: Germaniya imperiyasining tashkil topishi. Muqaddas Rim impe-riyasi. Imperatorlar va Rim Papasi o`rtasidagi kurash. Vorms konkordati. Karolinglar hukmronligi davri.Muqaddas Rim imperiyasi deyilganda Germaniya imperiyasi tushuniladi. Verden shartnomasiga ko`ra, „Sharqiy franklar yerlari" (Germaniya) Buyuk Karlning nabirasi Lyudovik Nemisga tekkan edi. Karolinglar sulolasi Germaniyada 919-yilgacha hukmronlik qildi. Garchand kechroq bo`lsa-da, Germaniyada ham feodal tartiblar qaror topgan.
Gersog va graflar yirik feodallardan bo`lib, ular qirol hokimiya-tining zaiflashuvidan birinchi navbatda manfaatdor edilar. Oxir-oqibatda ular shunga erishganlarki, karolinglar sulolasi hokimiyati Germaniyada hech qanday ahamiyatga ega bo`lmay qolgan.
Saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi.919- yilda Germaniya feodallari Saksoniya gersogi Genrix I ni qirollik taxtiga o`tqazganlar. Shu tariqa Germaniyada saksoniyaliklar sulolasi hukmronligi davri boshlangan.
Genrix I hukmronligi davrida qirol hokimiyati kuchaydi. Bunga uzluksiz istilochilik urushlari olib borilganligi sabab bo`ldi. Bu urushlar feodallarni o`z kuchlarini birlashtirishga majbur etardi. Qirol feodallar uchun qo`shin sarkardasi sifatida zarur edi. Bu hol ularni istasa-istamasa qirol hokimiyatiga bo`ysunishga majbur etardi.
Qolaversa, Germaniyada qirol hokimiyati ko`p sonli, uyushgan ritsarlarga tayanardi. Genrix I ning bosqinchilik urushlari natijasida qirollik hududlari yanada kengaygan.